Dasturning maqsadi .
|
“Oshpazlik taomlarini tayyorlash ishlab chiqarish amaliyoti” fani “Oshpaz-qandolatchi“ kasbi bo‘yicha ta’lim oluvchi talabalarga mo‘ljallangan. Bu fanning asosiy maqsadi pazandachilik va o’zbek milliy pazandachiligi texnologiyasi asosida taom va mahsulotlarni ishlab chiqarish sharoitida tayyorlashni texnologik jarayonlarini o‘rganadi. Davlat standartiga ko‘ra pazandalik mahsulotlarining sifati uning ishlov berishga va ovqat sifatida istemol qilishga yaroqligini, istemolchining salomatligi uchun xavfsiz, mazali taom mustaqil tayyorlashni o‘rgatishdan iborat. Shuningdek dastur turli pazandachiligi mahsulotlarini tayyorlashda texnologik jihozlar va asbob uskunalarni hozirlash. Texnologik jarayoniga ish o‘rnini ratsional tashkil etishga tayyorlash; o‘zbek milliy va xorijiy mamlakatlar pazandachiligi taomlarini retsepturalari asosida mustaqil tayyorlay olishni o‘rgatish.Sardak va qaynatmalarni tayyorlay olish.Pazandachilik va o’zbek milliy pazandachiligi asosida suyuq taom turlarini, sabzavot, baliq,go‘sht,parranda go‘shtlaridan quyuq taomlarni tayyorlash;turli sovuq taomlarini , tuxum,tvorog va un mahsulotlaridan turli taomlarini, turli issiq va sovuq shirin taomlarini ,issiq va sovuq ichimliklarni tayyorlashda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish. Taom tayyorlashda texnologik yo’riqnomalar va ma’lumotnoma hujjatlardan to’g‘ri foydalana olish. Pazandachilik taomlarini tayyorlash ,tarqatish va xizmat ko’rsatishdagi malakalarini va kasbiy kompetensiyalarini umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlab
chiqarish sharoitida shakllantirish.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari.
|
Pazandachilik va o‘zbek milliy taomlarni tayyorlashda xom-- ashyolarni,texnologik jihozlar va asbob-uskunalarni,ish joyini ratsional tashkil etish va jarayonga mustaqil tayyorlaydilar.Ish joyini ratsional tashkil etadilar. Pazandachilik va o‘zbek milliy yaxna, suyuq, quyuq taom va ichimliklarini mustaqil tayyorlaydilar. Taomlarni bezashni va tarqatish qoidalariga rioya qiladilar.Taom tayyorlashda ish joyida texnika xavfsizligi, sanitariya-gigiena qoidalariga va shaxsiy gigiena qoidalariga
qat’iy rioya qiladilar.
|
Malakalar.
|
Qaynatmalarni turlarini tayyorlashni; Sardak va garnirlarni turlarini tayyorlashni;
Pazandalik, o‘zbek milliy oshpazlik suyuq taomlarni turlarini tayyorlashni;
Pazandalik, o‘zbek milliy oshpazlik quyuq taomlarni turlarini tayyorlashni;
Pazandalik, o‘zbek milliy oshpazlik sovuq taomlarni turlarini tayyorlashni;
Pazandalik, o‘zbek milliy oshpazlik shirin taomlarni
|
|
turlarini tayyorlashni;
Pazandalik, o‘zbek milliy oshpazlik tuxum,tvorogli taomlarni turlarini tayyorlashni;
Pazandalik, o‘zbek milliy oshpazlik shirin taom va ichimliklarni turlarini tayyorlashni;
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |