Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti «Elektr energetika»


– MA’RUZA. Avtomatik boshqarish tizimining dinamik zvenolari va tuzilma sxemalari. Namunaviy dinamik zvenolari haqida umumiy tushunchalar



Download 5,7 Mb.
bet16/71
Sana01.01.2022
Hajmi5,7 Mb.
#291173
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71
Bog'liq
ABT OMK 2 metrolog UZB

5– MA’RUZA. Avtomatik boshqarish tizimining dinamik zvenolari va tuzilma sxemalari. Namunaviy dinamik zvenolari haqida umumiy tushunchalar
Avtomatik boshqaruv tizimida bo‘ladigan o‘tkinchi jarayon xususiyati tizimni tashkil etgan elementlarga bog‘liqdir. Avtomatik tizimning qayerda qo‘llanishiga, uning vazifasi, konstruktiv bajarilishi, ishlash prinsipi va sh.o‘. qarab elementlar tarkibi har xil bo‘ladi. Ular mashina, mexanizm, apparat, asbob, har xil harakatli qurilma (masalan mexanik, elektrik, gidravlik, pnevmatik va sh.o‘) ko‘rinishida bajariladi. Ammo ABTni tashkil etuvchi elementlarning vazifasi, konstruktiv ijro etilishiga qaramasdan, ular cheklangan sonli zvenolarga ajratilib, bir xil dinamik xususiyatlarga ega bo‘ladi, shu sababli ularni namunaviy dinamik zvenolar deb atashadi.

Har bir dinamik zveno- bu yo‘nalgan harakatli elementdir. Bu degani elementda bir qiymatlarning boshqasiga o‘zgarishi ma’lum bir yo‘nalishda (masalan, elementni ishdan chiqishiga qarab) bo‘lib o‘tadi. Dinamik zveno kirishiga beriladigan o‘zgaruvchan fizik qiymat – kirish qiymati xk, zveno tashqarisida olinadigan o‘zgargan qiymat - ych chiqish qiymati deb yuritiladi.



Zvenoning statik xarakteristikasi deb, o‘rnatilgan holatdagi chiqish va kirish qiymatlarning bog‘lanishiga aytiladi. Dinamik zvenolarning statik xarakteristikasi analitik (ya’ni tenglama ko‘rinishida) yoki grafik ych=f(xk) funksiya ko‘rinishida, nochiziq zvenolarning esa ko‘proq grafik ko‘rinishda taqdim etiladi.

CHiziqli zvenoning statik xarakteristikasi (5.1-rasm) tenglamasi chiziqli funksiyadir:



ych= x0+kxk
Bunda x0 –chiqish qiymatining xk=0 bo‘lgandagi boshlang‘ich miqdori; k- xarakteristikasini absissa o‘qiga og‘ish tangens burchagi. CHiqish qiymati orttirmasininng kirish qiymat orttirmasiga bo‘lgan nisbatidan aniqlanadigan k qiymat, zvenoning statik kuchaytirish koeffitsienti (uzatish koeffitsienti) deb ataladi, agar x0=0 bo‘lsa, k=ych/xk.

Zvenoning dinamik xususiyatlari differensial tenglama bilan aniqlanadi va bu tenglama o‘tkinchi jarayon o‘zgarishini ifodalaydi. Differensial tenglamani yechimi tufayli dinamik zvenoning o‘tkinchi (yoki boshqachasiga – vaqtga bog‘liqli chiqish) xarakteristika, ya’ni chiqish qiymatining kirish ta’siriga bog‘liqligini vaqt bo‘yicha o‘zgarishini olish mumkin.

Oldin ko‘rsatilganidek, o‘tkinchi jarayonda zveno ob’ekt xususiyatini o‘rganish uchun uni kirishiga namunaviy ta’sirlar (pog‘onali, impulsli garmonik va sh.o‘.) beriladi.

O‘tkinchi jarayonni o‘tish xususiyatiga qarab namunaviy dinamik zvenolarni inersiyasiz, nodavriy, tebranma, differensiallovchi, integrallovchi va kechikuvchi zvenolarga ajratiladi.


5.1-rasm CHiziqli zvenoning statik xarakteristikasi




Download 5,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish