Fanlar sistemasi.
. Sistema nima? Bu savolga hozirga qadar turlicha javoblar
beriladi. Sistema nima ekanligiga javob berishdan oldin buning qanday muhim
belgilardan iborat ekanligiga e'tibor bermoq lozim. Avvalo, har qanday sistema
ichki bo`linuvchanlik xususiyatiga ega. Demak, sistema muayyan ichki tuzilishga
ega bo`lib, ikki va undan ortiq qismlarning o`zaro munosabatidan tashkil topali.
Masalan, bir tup daraxtni olsak, bu daraxt sistema sifatida ichki tuzilish
birliklarining o`zaro munosabatidan iborat. Uning ichki tuzilish birliklari ildiz, tana
va shox hamda ularning munosabatidan tashkil topgan. Sistemaning ikkinchi jihati
shundan iboratki sistemani tashkil etgan uzvar o`zaro shartlangan, bir-birini taqozo
etuvchi ko`p pog`onali munosabatda bo`ladi. Masalan, ildizsiz tananint, tanasiz
shoxning bo`lishi mumkin emas. Ularning har qaysisi bir-birini taqozo etadi, bir-
biri bilan shartlangan. Sistemaning uchinchi jihati shundaki, har qanday sistema
ichki bo`linuvchanlik xususiyatiga ega bo`lganligi tufayli, sistemani tashkil etgan
qismlar bilan sistema o`rtasida ham munosabat bo`ladi. Bu munosabatni
D.Nabiyeva: "...dan tashkil topadi", "...ning tarkibiga kiradi" ifodasi bilan
ko`rsatadi,
9
boshqacha aytganda, u butun va bo`lak, tur va jins munosabatini o`z
ichiga oladi. Masalan, daraxt va uning ildizi, tanasi, shoxi, barglari o`rtasida butun
va bo`lak munosabati bo`lsa, daraxt bilan olma, o`rik, shaftoli o`rtasida tur va jins
munosabati mavjud. Sistemaning to`rtinchi jihati uning ichki tuzilishining
pogonaviyligidir. Ya’ni butun va bo`laklik, tur va jinslik munosabati nisbiy
harakterga ega. Ma'lum jinslarga nisbatan tur, bo`laklarga nisbatan butun bo`lgan
qism boshqa butun yoki tur tarkibiga kirib bo`lak yoki jins bo`lishi mumkin.
Masalan, olma bir necha navlarning umumlashmasi sifatida navlarga nisbatan tur,
har qaysi nav esa jins bo`lib kelsa, daraxtga nisbatan olma jins rolini o`ynaydi.
Sistemaning beshinchi jihati substansionalligidir. Ya'ni substansiya va uni bevosita
kuzatishda tazohirlar orqali voqelanishi, umumiylik - xususiylik, mohiyat - hodisa,
imkoniyat - voqelik dialektikasining o`zida namoyon qilishidir. Shunday qilib, bir-
birini taqozo etuvchi ikki va undan ortiq unsurlarning o`zaro shartlangan
munosabatidan tashkil topgan butunlik sistema sanaladi. Bu jihatdan fan ham
sistemadir. Chunki u ham ichki bo`linuvchanlik xususiyatiga ega. Shu bilan fanni
tashkil etgan har bir uzv o`zaro shartlangan munosabatda. Bir fan turining mavjud
bo`lishi ikkinchi fanning bo`lishini taqozo etadi. Masalan, geometriya arifmetika
bilan uzviy aloqada. Geometriya va arifmetikasiz astronomiyaning bo`lishi
mumkin emas va h. k. Fan sistema (butunlik) sifatida ichki bo`linish xususiyatiga,
ya’ni ichki tuzilishga ega. Uning ichki tuzilishi pog`onalidir. Fan avvalo,
yo`nalishlarga, yo`nalish tarmoqlarga, tarmoqlar yana kichik ixtisosliklarga
9
Набиева Д. Турли сатҳларда умумийлик ва хусусийликнинг намоён бўлиши. –Т., 2010. –Б.14
bo`linadi. Bu bo`linishning har biri bir pog`onani hosil qilib, keyingi bo`linishlar
uchun kichik sistema vazifasini o`taydi. Masalan, avvalo, tabiiy fanlar, ijtimoiy-
gumanitar fanlar, texnika fanlari kabi yo`nalishlarga bo`linadi. Tabiiy fanlar fanlar
sistemasida o`zaro munosabatda bo`lgan bir necha bo`laklarning bittasi sifatida
sistema elementi sanalsa, keyingi bosqichida, tabiiy fanlarning o`zi fizika-
matematika, kimyo, biologiya, mexaniqa, texnika kabi fan tarmoqlarini o`z ichiga
olib, bu fanlar uchun sistema rolini o`taydi. Fizika-matematika fanlari fizika va
matematika fanlariga bo`linadi. Fizika va matematika o`zi ham yana ichki
bo`linishga ega. Masalan, matematika: matematik tahlil, geometriya, ehtimollar
nazariyasi, algebra va sonlar nazariyasi kabi ixtisosliklarga bo`linadi. har bir
bo`linishda bo`linuvchi sistema bo`lsa, bo`linma uning a’zosi vazifasini bajaradi.
Sistema tarkibidagi har bir a’zo shu sistema doirasida o`zaro shartlangan, bir-birini
taqozo etuvchi munosabatda bo`ladi. Masalan, matematika tarkibiga kiruvchi
barcha ixtisosliklar o`zaro ana shunday munosabatdadir. Fanlar sistemasida
ma'lum fan tarmoga bilan munosabatda bo`lmagan biror bir tarmoq mavjud emas.
Bir obyekt hozirgi kunda bir necha fanlarnish oralig`ida o`rganlilishi lozim
bo`ladi.
10
Demak, ma’lum bir fan boshqa tutash fanlarsiz to`laqonli
muvaffaqiyatga erisha olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |