Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti


Oraz  Aristotel  falsafasidagi  aksidensiyani  bildiradi



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/78
Sana16.01.2022
Hajmi0,85 Mb.
#374177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
tilshunoslik va tabiiy fanlar

Oraz  Aristotel  falsafasidagi  aksidensiyani  bildiradi.

  Farobiyning 

tushuntirishicha, orazni besh sezgi organlari yordamida his etamiz. Xususan, rang 

ko`rish  sezgi  organi  orqali;  ovoz  eshitish  organi  orqali;  maza-ta’m    maza  sezgi 

organi  orqali,  predmetlarning  holati:  sovuq-issiqligi,  qattiq-yumshoqligi  tana 

sezgisi  orqali,  hid  hidlash  organi  orqali  his  etiladi.  Bu  sezgi  organlari  insondan 

tashqari  hayvonlarda  ham  mavjuddir.

6

  Demak,  yuqoridagi  sezgi  organlari  barcha 



jonzodlarga  xos.  Ular  orqali  har  qanday  jonzod  o`zini  qurshab  turgan  olamni 

amaliy  biladi, unga moslashadi. Insonning  sezgi organlari  yordamida  hosil  qilgan 

bilimi  hissiy  yoki  amaliy  bilim  sanaladi.  Bo`lardan  tashqari  inson  xayol  surish, 

nutq  yordamida  ham  bilimga  ega  bo`lishi  mumkin.  Bilishning  bu  yo`li  quvvai 

notiqa va quvvai mutaxayila deyiladi. Notiqa quvvati boshqa barcha quvvatlarning 

(sezgilarning)  yetakchisi,  raisasidir. Hissiy  bilim  bilishning asosi, tayanch nuqtasi 

sanaladi.  U  insonni  qurshab  turgan  olam  uzvaridan  har  birini  alohida  ko`rish, 

ushlash,  eshitish,  mazasini  tatish,  xidlash  orqali  hosil  qilinadi.  hissiy  bilim  bilish 

jarayonining  markaziy  nuqtasi  sanalsa  ham,  lekin  u  ko`pincha  aldab  qo`yishi 

mumkin.  Masalan,  quyosh  yer  atrofida  aylanayotganday  ko`rinadi.  Aslida  esa 

aksincha.  Shuning  uchun  bizning  ajdodlarimiz  hissiy  bilish  bilan  idrokiy  bilishni 

ajratganlar. Idrokiy bilish hissiy bilimlarni solishtirish, qiyoslash, umumlashtirish, 

hissiy  bilimlarning  hosil bo`lishiga  asos  bo`lgan  orazlar  (aksidensiyalar)  zamirida 

yashiringan  mohiyatni-jovharni  aniqlash  orqali  hosil  qilinadi.  Masalan,  tanada 

isitmaning  ko`tarilishini  aniqlash  hissiy  bilim  sanaladi.  Lekin  har  qanday  harorat 

o`z-o`zidan  ko`tarilmaydi.  Uning  ma’lum  ichki  sabablari  bor.  Ana  shu  sababni 

aniqlash  isitmaga  o`xshash,  u  bilan  bog`liq  bo`lgan  bir  qancha  hissiy  bilimlarni 

solishtirish, qiyoslash, umumlashtirish orqali amalga oshiriladi va isitma nimaning 

tashqi alomati ekanligi aniqlanadi. Solishtirish, qiuoslash, mantiqiy umumlashtirish 

                                                                 

5

 

Нурмонов А., Йўлдошев Б. Тилшунослик ва табиий фанлар. –Tошкент: Шарқ, 2001.



 

6

 



Форобий. Фозил одамлар шаҳри. –Tошкент: Шарқ, 1984.

 



orqali hosil qilingan bilim idrokiy, nazariy bilim sanaladi. Bu bilim orqali orazlar 

zamiridagi  javhar  belgilanadi.  Har  qanday  fan  ana  shu  bilimlarni  keltirib  chiqara. 

Bundan  ko`rinadiki,  hissiy  (fahmiy)  bilim  tajriba,  amaliyot,  bevosita  kuzatish 

bosqichi  sanalib,  xaqiqiy  nazariy  (idrokiy)  bilim  amaliy  bilimlarning  o`zaro 

munosabatini  o`rganlish,  umumlashtirish  orqali  hosil  qilinadi  va  bu  bilimga  ega 

bo`lish  har  qanday  fanning  bosh  maqsadi  sanaladi.  Bilishning  bu  ikki  bosqichi 

hozirgi davrda barcha fan vakillari tomonidan e’tirof qilinadi. Ana shu ikki bosqich 

haqida  ilk  marta  ma’lumot  bergan  bobokalonimiz  Abu  Nasr  Farobiy  bilan  har 

qancha faxrlansak arziydi. 

 Har  bir  fan  kishilarning  amaliy  ehtiyoji  tufayli  vujudga  keladi.  Buyuk 

ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy ham "Geodeziya" asarining kirish qismida har bir 

fanning  inson  hayotidagi  zaruriy  ehtiyojlar  talabi  bilan  vujudga  kelishini  aytadi.

7

 

Fanlarning  kelib  chiqishli  haqida  ilk  ma'lumot  Abu  Nasr  Farobiy  tomonidan 



beriladi. Uning fikricha, har bir fan javhar (substansiya) va oraz (aksidensiya)larni 

o`rganlish  asosida  kelib  chiqadi.  Xususan,  sonlar  to`g`risidagi  ilmning  paydo 

bo`lishi haqida quyidagilarni yozadi: "...birliklardan vujudga keluvchi sanoqsiz va 

juda  ko`p    miqdorni  tashkil  qiluvchi  son  substansiyaning  turli  usullar  bilan 

qismlarga ajratish va uning turli birliklardan iboratligi natijasida kelib chiqqandir. 

Substansiya o`z tabiati jihatidan cheksiz darajada bo`laklarga ajratib keta olishligi 

sababli,  son  ham  o`z  tabiati  jihatidan  cheksizdir.  Son  to`g`risidagi  ilm  -  bu 

substansiya  bo`laklarini  bir-biriga  ko`paytirish,  birini  ikkinchisiga  bo`lish,  birini 

ikkinchisiga  qo`shish,  birini  ikkinchidan  ayirish,  agarda  bu  bo`laklarning  negizi 

bo`lsa,  negizini  topishga  va  ularning  muvozanatini  aniqlashga  qaratilgan  ilmdir. 

Sonning  qanday  kelib  chiqqanligi,  uning  vujudga  kelishi  va  ko`payishi,  uni  u 

mavjudlik  darajasiga  olib  kelgan,  imkoniyatdan  voqelikka  hamda  yo`qlikdan 

borliqqa  aylantirgan  sabab  nimadan  iborat  ekanligi  yuqorida  aytilganlardan  aniq 

ko`rinib  turibdi.  Bu  ilmni  yunon  donishmandlari  arifmetika  deb  ataydilar." 

8

Substansiyaning ko`p bo`laklarga ajrala boshlashi va ulardan har birining ma'lum 



figuralarga  (uchburchak,  to`rtburchak  va  h.  k)  ega  bo`lishi  va  figuralarni 

o`rganlaligan  ilmga  ehtiyoj  tug`dirdi.  Ana  shu  ehtiyoj  tufayli  geometriya  fani 

vujudga  keldi.  Substansiyaning  harakatchanligi  ta’kidlanishi  bilan  birga,  osmon 

harakatini  o`rganluvchi  ilm  vujudga  kelganligini  aytadi.  Bu  yil  oldingi  ikki  ilm: 

arifmetika  va  geometriyaga  asoslanishi,  bu  ilmlarsiz  mavjud  bo`lmasligi 

ta'kidlanadi  va  bu  ilmning  nomi  astronomiya  ekanligini  yozadi.  Substansiya 

harakatdan  tashqari  ovozga  ham  ega  bo`lishi  va  bu  belgini  o`rganluvchi  musiqa 

fani  vujudga  kelganligini  aytadi.  Substansiya  qizarish-oqarish,  uzayish-torayish, 

ko`payish-kamayish,  tug`ilish-o`lish,  kasallanish-sog`ayish  kabi  belgilarga  ham 

ega  bo`ladi.  Substansiyaning  bunday  o`zgarishlarini  o`rganishga  ehtiyoj  tufayli 

tabiat to`g`risidagi  fan paydo bo`lganligini bayon qiladi.  Bo`lardan so`ng ilohiyot 

ilmining, undan keyin til haqidagi ilm va grammatikaning, shuningdek, mantiq  va 

poetikaning  qanday  amaliy  ehtiyoj  bilan  vujudga  kelganini  asosli  dalillar  bilan 

ko`rsatib  beradi.  Ilohiyot  ilmi  haqida  fikr  yuritar  ekan,  "bu  ilmning  tabiatdan 

                                                                 

7

 



Нурмонов А., Йўлдошев Б. Тилшунослик ва табиий фанлар. –Tошкент: Шарқ, 2001.

 

8



 

Н.А.Кондрашов. История лингвистических учений. М., Просвещение. 1979.

 



yuqori turgan ilm - metafizika ilmi" ekanligi va u barcha ilmlarning yakuni va oxiri 

ekanligi,  undan  so`ng  biror  narsani  tekshirishga  zaruriyat  qolmasligi  aytiladi. 

Ko`rinadiki,  barcha  fanlar  obyektiv  borliqdagi  javhar  (substansiya)  va  uning 

orazlari (aksidensiyalari)ni o`rganlish asosida vujudga kelganligi ta'kidlanadi va til 

haqidagi  ilm  bilan  grammatika  fanlar  ichida  alohida  o`rin  tutishi  ko`rsatiladi.  Bu 

fikrlar bundan ming yillar oldin bayon qilingan bo`lsa ham, lekin hano`zgacha o`z 

qimmatini yo`qotgani yo`q. 


Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish