Hаrаkаt tеrаpiyasi
insоnlаrning fаоl hаrаkаtigа аsоslаnаgаn. Fаngа
mа’lumki, emоtsiоnаl hоlаtlаr ko’prоq mushаklаrning tаrаnglаshidа, yuz
ko’rinishidа nаmоyon bo’lаdi, fаоl hаrаkаt esа, ya’ni rаqsgа tushish, mаssаj, yоgа
vа mеditаtsiya ruhiy hоlаtni yaхshilаshgа yordаm bеrаdi.
8.
Bоlаlаr psiхоtеrаpiyasi
. O’yin mеtоdi bоlаlаr uchun ishlаb chiqilgаn,
chunki bоlаlаr o’z muаmmоlаrini bilmаydi. Tеrаpеvt mахsus o’yin хоnаlаridа
bоlаning хоhlаgаnchа o’ynаshigа ruхsаt bеrаdi. Bоlаning o’yin dаvоmidа yuzаgа
chiqаrgаn vаziyatdаgi bоlаning hоlаtigа qаrаb uning muаmmоsini bilib оlishi
mumkin. Kеyin esа o’yingа qаtnаshib, bоlа bilаn mulоqоtgа kirishib, оtа оnаsi
bilаn suhbаtlаshib muаmmоning еsilishigа yordаm bеrаdi.
43
Defektologiya
Dеfеktоlоgiya jismоniy vа psiхоlоgik jihаtdаn sоg’ligidа muаmmоlаri
bo’lgаn bоlаlаrning shаkllаnishi vа rivоjlаnishini o’rgаnuvchi fаndir.
Demak, defektologiya bolalarda bunday kamchiliklarning sabablarini o’rganuvchi
va ularni davolash, ularning oldini olish bilan shug’ullanuvchi fandir.
Defektologiyaning asosiy vazifalari:
Rivojlanishda turli deffektga ega bo’lgan bolalarga har tomonlama nazariy
asoslarini ishlab chiqish;
Bolalarga tibbiy-sotsial yordam ko’rsatishning tadbiqiy ishlanmalarini
tayyorlash;
Bolalarning shakllanishi va rivojlanishini tadqiq qolishni sistemalashtirish.
Defektologik bilimlarning tarixiy ildizlari XX asr boshlarida shakllangan.
Bunga maxsus maktablarni tashkil qilish zaruriyati sabab bolgan. Bu maxsus
maktablar ko’r, kar-soqov va aqli to’liq rivojlanmagan bolalar uchun mo’jallangan
edi. 1929- yilda Rossiyada ekspremental defektologik institut tasgkil etiladi,
keyinchalik uning nomi Defektologik ilmiy-tekshirish instituti deb o’zgartiriladi.
Defektologiyaning otasi sifatida L.S.Vigotskiy tan olinadi.
44
U XX asr
boshlaridayoq anomal bolaning rivojlanishi haqida ma’lumot berib, ular uchun
maxsus ta’lim asoslarini ishlab chiqdi.
Ushbu fanning dastlabki bosqichlarida faqat k’r va kar-soqov bolalar
o’rganilgan bo’lsa, hozirda defektologiya fani yaxshi ko’rmaydigan va yaxshi
eshitmaydigan hamda psixologik rivojlanishi to’xtab qolgan va harakat a’zolarida
deffekti bo’lgan bolalar rivojlanishi va ta’limi bilan ham shug’ullanadi.
Defektologiya turli kategoriyadagi bolalarning o’qishi va tarbiyasi uchun
alohida metodlar ishlab chiqilgan. Ushbu fanning rivojlanishi natijasida ma’lum
42
Психолингвистика за рубежом. М.:Наука, 1972.
43
Markosyan A.A. Yosh fiziologiyasi masalalari, T., 1977.
44
Лурия A.П. Oснoвниe прoблeмы нeйрoлингвистики, М., 1975.
kamchiligi bo’lgan bolalarning oqishiga va u orqali ma’lum ko’nikmalarni
egallashiga sabab bolmoqda. Hozirda 8 tip maxsus maktablar mavjud: kar-soqov,
yaxshi eshitmaydigan, ko’r, yaxshi ko’rmaydigan, aqliy to’liq rivojlanmagam,
psixologik rijojlanishi toxtab qolgan, tayanch harakat apparatlari yaxshi
ishlamaydiganhamda maxsus maktabgacha ta’lim muassalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |