Tayanch so’z va iboralar: xalqaro savdo, xalqaro ayirboshlash nazariyalari, mutlaq afzallik nazariyasi, nisbiy afzallik nazariyasi, omillar nazariyasi
Xalqaro savdoni rivojlantirishning ob’ektiv va sub’ektiv sabablari nimalardan iborat?
A. Smitning «Mutlaq afzallik» nazariyasi kamchiligi nimada ko’rinadi?
«Nisbiy afzallik» nazariyasining mohiyatini tushuntirib bering.
Xeksher-Olinning neoklassik kontseptsiyasini izohlab bering.
Rossiya 360 ekskavator va 2400 traktor, Ukraina esa 160 ekskavator va 800 traktor ishlab chiqarishadi. Agar Rossiya faqat ekskavator ishlab chiqarganda, ularning hajmi yiliga 600 donani, agar faqat traktor ishlab chiqarganda, ularning hajmi yiliga 6000 donani tashkil etardi. Mos ravishda Ukraina yo 200 ekskavator yoki 4000 traktor ishlab chiqarishi mumkin. Bu mahsulotlar ishlab chiqarishda qaysi mamlakat mutloq va nisbiy afzallikka ega? Ikkala mamlakat uchun ixtisoslashuv qanday manfaatlarni beradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |