Nazorat savollari
Pul taklifining mohiyati qanday?
Bank multiplikatori qanday aniqlanadi?
Rezerv normasi nima uchun xizmat qiladi?
Deponentlash koeffitsienti nimani ifodalaydi?
Pul bazasi tarkibi qanday?
Pul bozoridagi muvozanat nimani aks ettiradi?
Mavzuga oid masalalar
Iqtisodiyotda pul bazasi 300, majburiy zahiralar 130, pul massasi 960, depozitlar 790. Berilgan ma’lumotlar asosida pul multiplikatorini aniqlang.
* * *
Agar rezerv me’yori 0,35 ga, deponentlash koeffitsienti esa 0,3 ga teng bo’lsa:
pul multiplikatori miqdorini aniqlang;
agar Markaziy bank ochiq bozordagi operatsiyalar orqali pul taklifini 350 mln. so’mga oshirmoqchi bo’lsa, davlat obligatsiyalarini qanday miqdorda sotib olishi kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |