chizma. Ishlab chiqarishning haqiqiy va potentsial hajmi o’rtasidagi inflyatsion uzilish
Grafikda bu jarayon jami muvozanatli yalpi daromad hajmidagi (ΔU) qisqarishni anglatadi va u quyidagicha bo’ladi:
ΔU= -Inflyatsion uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli yalpi talab- yalpi taklif modelini qisqa muddatli makroiqtisodiy siyosat maqsadlarida aniqlashtirgan bo’lib, uning xususiy holi hisoblanadi. Yalpi talab va yalpi taklif modelidan farqli o’laroq bu modelda narxlar darajasi va ish haqi o’zgarmas miqdorlar hisoblanadi.
Ayni shu sababga ko’ra tovar moddiy zahiralarining o’sishi qisqa muddatda makroiqtisodiy muvozanatga erishishni belgilovchi omil bo’ladi.
Tayanch so’z va iboralar: tovar va xizmatlar bozori,
rejalashtirilgan xarajatlar,
haqiqiy xarajatlar,
muvozanat,
Keyns xochi,
qisqa muddatli muvozanat, tovar moddiy zahirasi.