Maqsad turlari -
Umum jamiyat miqyosidagi
| |
munosabatlarni aks ettirishiga
qarab.
|
iqtisodiy maqsadlar
sotsial maqsadlar
|
|
ma’rifiy – ma’naviy maqsadlar
|
|
xalqaro munosabatlar soxasidagi maqsadlar va boshq.
|
Boshqarish pogʻonalari
|
Xududiy boshqarish maqsadlari:
|
(darajalari)ga qarab.
| |
| |
| |
| |
|
ishlab chiqarish maqsadlari;
|
|
xalq xoʻjaligi maqsadlari;
|
|
tarmoq (sektor) maqsadlari;
|
|
korxona (firma) maqsadlari;
|
| |
Amalga oshirish muddatiga qarab.
|
joriy maqsadlar;
istiqboldagi (perspektiv) maqsadlar;
|
Boshqarishning sodir boʻlishiga qarab.
|
uzluksiz (kundalik) maqsadlar;
fursatli maqsadlar;
bir martalik maqsadlar;
|
Kutiladigan natijalarga qarab.
|
Pirovard maqsadlar;
oraliqdagi maqsadlar;
|
Murakkablik darajasiga qarab.
|
oddiy, an’anaviy maqsadlar;
muammoli maqsadlar;
innovatsion maqsadlar;
|
Mazkur turkumlanishdan koʻrinib turibdiki, maqsadlar oʻzaro bogʻliq boʻlib, muayan ierarxiyaga, ya’ni yuqori va quyi maqsadlarga ega boʻlishi, bir maqsad esa boshqa bir maqsadga boʻysinishi mumkin.
Joriy maqsadlar deganda bir yil ichida, kvartal, bir oy mobaynida va undan xam kamroq muddat ichida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, korxona boʻlimlari oldida bir yil ichida quyidagi funktsional joriy maqsadlar qoʻyilgan boʻlishi mumkin.
Joriy maqsadlar -
Ishlab chiqarish boʻlimlari.
|
Korxona maxsuloti tarkibiga “x” nomli yangi maxsulotni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish;
|
Texnologiya boʻlimi.
|
“x” maxsulotini ishlab chiqarish boʻyicha yangi texnologiyani joriy qilishni yakunlash;
|
Tadqiqot boʻlimi.
|
“x” KVT quvvati ega boʻlgan maxsulot modelini ishlab chiqarish;
|
Mexnat boʻlimi.
|
“A” maxsulot turini bitta ishchiga toʻgʻri keladigan ishlab chiqarilishini “x” donaga koʻpaytirish;
|
Marketing, sotish boʻlimi.
|
Maxsulot sotish xajmini “A” soʻmga koʻpaytirish;
|
Moliya boʻlimi.
|
Foydani “x” soʻmga koʻpaytirish;
Qarzdorlikni “x” soʻmgacha kamaytirish;
Aktsiyadan olinadigan daromadni “x” soʻmga koʻpaytirish;
|
|
Sotsial boʻlim.
|
Maxalliy xokimiyatga “n” soʻmlik mablagʻ ajratish.
|
|
|
Ekologiya boʻlimi.
|
Atmosferaga chiqarib tashlanadigan chiqindilarni “x” m3 ga kamaytirish.
|
|
Maqsadlarni belgilashga joriy maqsadlar nuqtai nazaridan yondoshuv, ya’ni xar bir boʻlinma maqsadlari, ularni bajarish muddatlari, aniq ijrochilar, aniq maqsadli tadbirlar, resurslar manbalari, belgilangan tadbirlar bajarilishining asoslab berilishi barcha boʻgʻinlar va darajalarda boshqarish ishonchliligini oshirish uchun kafolat beradi, butun boshqarish apparati xarakatlarining puxta boʻlishini belgilaydi.
Istiqboldagi (perspektiv) maqsadlar deganda besh yillik yoki undan koʻproq davr mobaynida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, respublikamizda ishlab chiqilgan “Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi”ni roʻyobga chiqarishdek ulugʻvor maqsad qoʻyidagi uch bosqichdagi muddatni oʻz ichiga oladi:
1997-2001 - Mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy saloxiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni islox oʻilish va rivojlantirish uchun xuquqiy kadrlar jixatdan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish.
2001-200 - Milliy dasturni toʻliq roʻyobga chiqarish, mexnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni xisobga olgan xolda unga aniqliklar kiritish.
200 va undan keyingi yillar - toʻplangan tajribani taxlil qilish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish14.
Uzluksiz maqsadlar deganda xar kuni qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan odatiy maqsadlar tushuniladi. Masalan, mexnat unumdorligini oʻstirish, intizomni mustaxkamlash, maxsulot tannarxini pasaytirish, maxsulot sifatini oshirish kabilar muntazam, kunda talab qilinadigan maqsadlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |