2-jadval. "Tizimli" yoki zamonaviy menejment
№
|
Boshqarishga yondoshuv
turlari
|
Izoh
|
1.
|
Tizimli yondoshuv
|
- Tizim-bu bir-biri bilan oʻzaro bogʻlangan qismlar majmuidir. har bir qism yaxlit tizimning oʻzgarishiga oʻz hissasini qoʻshadi. Tashkilot-bu yaxlit ochiq tizimdir. Uning taqdiri tashqi va ichki muhitga bogʻliq. Tashkilotni boshqarishga tizimli yondoshuvda asosan uning ichki muhitiga (iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy-siyosiy), e'tibor
beriladi.
|
2.
|
Vaziyatli yondoshuv
|
Garchi tizimli yondoshuvda yaxlit tashkilot qanday qismlardan tashkil topgan degan savolga javob topolsak-da, bu oʻrinda qismlarning qaysi biri muhim, qaysi biri ikkinchi yoki uchinchi darajali degan savol koʻndalang turmaydi.
Yaxlitning qaysi bir qismi oʻta muhim degan savolga vaziyatli tahlil javob beradi. Bunda tashkilotning ichki tarkibidagi oʻzgarishlar tashqi muhitning ta'siri bilan bogʻlab oʻrganiladi. Ammo turli darajadagi vaziyat turli darajadagi
bilimni talab qiladi.
|
3.
|
Funktsional yondoshuv
|
Boshqaruvga tashkiliy mexanizmlarning eng oqilona yoʻllarini ishlab chiqish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan boshqarish quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
rejalashtirish;
tashkillishtirish;
rahbarlik qilish;
muvofiqlashtirish;
nazorat qilish va hk.
|
4.
|
Miqdorli yondoshuv
|
- Bunday yondoshuvda asosan:
-menejmentning operatsion printsipiga;
-qaror qabul qilish nazariyasi printsiplariga;
-matematik yoki ilmiy menejment kabilarga e'tibor qaratiladi. Miqdorli yondoshuvdagi boshqarish jarayonida nafaqat matematik; statistika, kibernetika, muhandislik fanlari bilan sotsiologiya birga ruhshunoslik, tizimlar nazariyasi kabi fanlardan ham keng foydalaniladi.
|
Zamonaviy menejmentning maqsadi qaror qabul qilish jarayonini elektron hisoblash texnikasi hamda eng yangi matematik usul va vositalarni qoʻllagan holda tadqiq qilishdir. Tizimli menejment qarorlarning oqilonaligini ta'minlashni oʻz oldiga vazifa qilib qoʻyadi. Menejmentdan uzoq davrlardan foydalanishgan. Tashkil qilingan korxonalar rejalashtirish, tashkilashtirish, raxbarlik qilish va nazorat qilishga masul odamlar tomonidan boshqarilgan, bunday faoliyat ming yillardan buyon mavjud.
Keling eng qiziqarli misollarga toʻxtalaylik.
Misr piramidalari va buyuk Xitoy devori buning isbotidir, ular ulkan miqiyosdagi loyiha bo’lib, minhlab yollangan ishchilar ularni qadimda barpo etganlar. Bitta piramidani qurish uchun 100000 ishchi qatnashib, 20 yil vaqt ketgan piramida qurish uchun qancha toshlar yetarli bo’lishi, ishchilarni ishlab turishlari uchun kim ishontirgan? Javobi-bu boshqaruvchilardir. Kimdir nima ish qilinishi kerakligini rejalashtirgan, odamlarni yollagan, materiallarni rejalashtirgan, yollangan ishchilarni ish bajarilishiga ishontirgan hamda barcha ish rejalashtirilgandek ketayotganini
Qadimgi 18 asrda odam kuchidan ko’ra mashina kuchi ustun bo’lib rivojlanayotgandi, sanoat revolyutsiyasi tarixi boshlangan. Bu davrda endi mahsulotlar uyda emas balki fabrikalarda ishlab chiqarila boshlagan. Bundan fabrikalarga talabni prognoz qila oladigan, kerakli hom ashyoni ayta oladigan har kunlik ishlarni boshqarib, nazorat qila oladigan kishiga muhtoj bo’lgan. O’sha “kimdir” bu - ish boshqaruvchidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |