Klassik maktablar
Ilk menejerni asosan ishlab chiqarishning samarasi masalasi qiziqtirgan edi (texnikaviy yondoshuv). Ular oʻz faoliyatlarini ishchilarni moslashishiga qaratgan edilar. Shu maqsadda ish joylarni dizayni ishlab chiqilgan har xil turdagi operatsiyalarga vaqt sarflanishi oʻrganilgan edi.
Oʻsha davrning koʻpgina tadqiqotchilari menejmentni san’at deb hisoblashgan. Bundan kelib chiqadiki, har qanday ishchi ham rahbarlik lavozimiga toʻgʻri kelavermaydi. Etuk menejer boʻlish uchun ma’lum fazilatlar va qobiliyatlarga ega boʻlish kerak. Shuning uchun koʻpgina tadqiqotchilar shaxsning xarakterini oʻrgana boshladilar, ya’ni menejerlikka xos boʻlgan, shuningdek shunday fazilatlarga ega boʻlgan odamlarni topish kerak edi. Lekin tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, bunday toifalali odamlarni aniqlash oson emas.
Ilmiy boshqaruv maktabi menejmentni ilmiy maktabi ekan. XIX asrning 80-90 yillarida AQShda vujudga kelgan. Menejmentni ilm tariqasida ilk bor amerikalik mutahassis F. Teylor (1861-1911) koʻrib chiqdi, u ilmiy boshqaruvning harakatiga rahbarlik qildi. U inson samadorligi bilan emas, tashkilot faoliyatining samaradorligi bilan qiziqdi. Ilmiy boshqaruv kontsepsiyasini yaratish bilan menejment mustaqil ilmiy tadqiyoqot sohasi deb tan olindi. Teylor tizimning mohiyati quydagi uchta muhum shartga boʻy sunib ular keyinchalik boshqaruv nazariyasining rivojlanishiga asos boʻlib hizmat qiladi:
ratsional tashkilot mehnati, “ish oʻrganishi”ni asosida, ya’ni alohida operatsiya hisobga olish va oʻlchash, ishchilarini oʻqishiga va mashgʻulotiga qarab, toʻgʻri qoʻyib chiqish;
tashkilotini rasmiy tuzilmasini ishlab chiqish, ya’ni mehnat ijro va taqsim mehnatlariga ajratish;
ishchi va boshqaruvchi hamkorligi boʻyicha me’yorlarni belgilash. Bu antoganistik munosabatlar oʻzaro yordamga asoslangan.
F. Teylor oʻzining ishlarida mehnatni ilmiy tashkilashtirishning xronometraj, qabul qilish standartlari va mehnat qurollarini oʻrganib chiqishga asoslangan bir qator usullarini ishlab chiqdi.
Uning asosiy tamoyillari quydagilardan iborat: agar men ilimga asoslanib odamlarni tanlab ularni tayorlasam, qiziqtirsam va ish bilan odamni bir biriga muvofiqlashtirsam yagona ish kuchi tomonidan qilingan ishdan ortiqroq ishlab chiqarishning hamkorligiga erishishimiz mumkin. U ishlab chiqarishning asosiy mehnat normalarini, ish, operatsiya, standartlashtirilish, saralashning ilmiy yondoshuvini amaliyotda tadbiq etdi va ularni mehnatga qiziqtirdi.
Boshqaruv toʻgʻrisidagi ilmni rivojlanishi F.Djilbert va L.Djilbert ismlar bilan ism bogʻliq. Ular mehnat harakati sohasida tadqiqotlar olib bordilar, xronometraj usullarini mukammalashtirdilar, ish joyini tashkillashtirishning ilmiy tamoyillarini ishlab chiqishdi. Shuningdek, 1916 yilga kelganda ushbu tadqiqotlarda bir butun yoʻnalish shakllandi: bir necha nom bilan ataladigan – “ilmiy menejment”, “klassik”, “traditsion” birinchi ilmiy maktab.
“Ma’muriy maktab” klassik maktabning yuqori pogʻonasi hisoblanadi. U menejmentning roli va funksiyalariga boʻlgan savollar bilan shugʻullanadi. Boshqaruvchining ish ma’nosi aniqlangach, boshqaruvning samarali usullarini aniqlab olishimiz mumkin edi.
Yevropa ilmiy menejment maktabi yoʻnalishida XIX asr oxirida-20 yilda XX asrda eng mashhur shaxs A.Fayol (1841-192) boʻlgan. A.Fayol ilmiy menejment kontsepsiyalarini rivojlantirdi va chuqur oʻrganib chiqdi.
Ulardan birinchishi – boshqaruv funksiyalarga tegishli masala, ularni 6 guruhga ajratdi:
Ma’muruy faoliyat: rejalashtirish, tashkil qilish, rahbarlik va muvofiqlashtirish.
Tadbirkorlik bilan bogʻliq faoliyat: sotib olish, sotish, almashish.
Texnik-ishlab chiqarish faoliyati.
Moliya faoliyati.
. Muhofaza qilish bilan bogʻliq faoliyat ya’ni, havfsizlik texnikasi.
6. Nazorat faoliyati.
Ikkinchisi – ishchilarda ijtimoiy, texnik, tashkiliy optimal bogʻlanish toʻgʻrisida vaziyat
Uchinchi – menejmentni tashkiliy va ijtimoiy – psixologik funksiyalarini aniqlovchi 14 ta ketma-ketlikdagi tamoyillarni ishlab chiqarish.
Toʻrtinchi – u ishlab chiqarishda ijtimoiy masala va ma’muriyatning shaxsiy fazilatlariga katta ahamiyat berar edi. Bu gʻoyani ishlab chiqarishda A.Fayolni (1841– 1927) xissasi kattadir. U butun boshqaruv jarayonini ta asosiy funksiyalarga boʻldi, ulardan biz xanuzgacha tashkilotni boshqarishda foydalanib kelamiz: rejalashtirish, tashkil etish, saralash, kadrlarni tanlash, rahbarlik va nazorat.
A.Fayol ta’minoti asosida 20 yillarda firmani tashkiliy tuzilmasi tushunchasi shakllandi, oʻzaro bogʻlangan tizim elementlari aro oʻzaro bogʻlangan harakatlar majmui boshqaruv funksiyalaridan iborat.
Ishlab chiqilgan tamoyillar boshqaruvining mohiyati quyidagilardan iborat: mehnat - boʻlinishi; obroʻ va hokimlik ma’suliyati; tartib; rahbariyat birligi; ehtiyotkorlik birligi; alohida qiziqishni umumiyga boʻysundirish; mehnatga mukofot; markazlashtirish va markazlashtirilmaganlik oʻrtasidagi balans; bir pogʻonadagi menejerlarni muvofiqlashtiruvchi tartib; adolat; mehr va tartib; personal muqimligi; tashabbus.
Menejmentga ilmiy yondoshuvdagi yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar boʻlgani bois insoniy munosabatlar maktabi vujudga keldi. (30-0 yy. XX asr). Bu maktabning asoschisi amerikalik psixolog E.Mayo (1880-1949 y.) boʻlgan. Uni kontsepsiyasining mazmuni shundan iborat: ish, ishlab chiqarish jarayoni ishchi uchun ishlab chiqarishda ijtimoiy va psixologik oʻrniga nisbatan kamroq ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqadiki barcha ishlab chiqarish va boshqaruv muammolari odamlar munosabatlari pozitsiyasidan koʻrib chiqilishi lozim.
“Xulq-atvor ilm maktabining” faoliyati 1950–60 yillarga toʻgʻri keladi. Ushbu maktab oʻz nomini psixologik atamalar bixeyvia, bixeyviorizm (xulq-atvor) orqali topdi. Bu nazariyaning mohiyati shundan iborat: menejment va ishchi oʻrtasidagi munosabat, ishlovchi ishlagani uchun mukofot olib va samaradorli ish bilan javob qaytarish munosabatidir.
“Inson munosabatlari maktabi”ning asoschisi E. Meyo boʻlib hisoblanadi. U ishchilar guruhini – ijtimoiy tizimi deb aniqladi, ular oʻzining nazorat tizimiga ega. Bunday tizimga ta’sir qilib, mehnat natijalarini yaxshilasa boʻladi.
1940 – 60 yillarda “Inson munosabatlari maktabi”ga bixeyvioristlar oʻz xossalarini qoʻshdilar. Ular bir qator dalillar nazariyasini ishlab chiqdilar. Ulardan biri A. Maslouning ierarxik iste’mol nazariyasi hisoblanadi.
U quyidagi shaxsiy iste’mol tasnifini tavsiya qildi:
Fiziologik.
Mavjudlik xavfsizligi.
Ijtimoiy (kollektivga tegishli, muloqot, oʻziga e’tibor, boshqalar toʻgʻrisida qaygʻurish va boshqalar).
Prestij (obroʻ, xizmat statusi, izzat - hurmat).
. Oʻz fikrini bildirish, maqsadlarga erishish va shaxsiy oʻsishda oʻz imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish.
A. Maslouning iste’mollarga bergan bahosi asosida ishchilarning ishlab chiqarish faoliyatini qondirish mumkin. Shu maktabning faol vakillaridan biri amerikalik olim D. Makgregorni (1906-1964) aytib oʻtishimiz lozim. Uning ta’limoti “Inson munosabatlari” maktabida mashhur. Uning nazariyasi (X va Y) asosida ishchilarning quyidagi tasniflari yotadi:
nazariyasi – oʻrtacha shaxs befahm ishdan qochadi, shuning uchun uni doimo majburlab, nazorat qilib va yoʻnaltirib turish kerak. Bunday toifadagi odamlar ragʻbatlantirishni xoxlaydilar, mas’uliyatdan qochadilar, oʻz xavfsizligi toʻgʻrisida qaygʻuradilar.
nazariyasi – tabiatan passiv odamlar emas. Ular tashkilotdagi ish natijasida shunday boʻlib qolganlar. Bunday toifadagi odamlarda huddi dam olish zarur boʻlganidek oʻz jismoniy va aql mehnatini tabiiy sarflaydilar. Shunday odam nafaqat mas’uliyatni oʻz zimmasiga oladi, balki unga intiladi. U nazoratga muhtoj emas, chunki u oʻzini nazorat qila oladi.
davr – axborot davri (1960 yildan hozirgi vaqtgacha (40-60 yillar). Miqdoriy yoki boshqaruv maktabi. Boshqaruv kontsepsiyalari. Empirik boshqaruv maktabi.
Bu maktabning asosida firmalarninf, hukumatning, harbiy tashkilotlarning boshqaruvini oʻrganib va keyinchalik tarqatish, shu bois menejment mukammallashtirish asosiy maqsad qilib olingan. Empiric maktab tarafdorlari nazariy tamoyillarning ahamiyatini rad etmagan lekin boshqaruv tajribasining tahlili muhimligini ta’kidlab oʻtganlar. Konkret boshqaruv holatlar asosida maxsus boshqaruv ta’limi metodologiyalari ishlab chiqildi.
Texnokratik menejment nazariyasi (1940-1960 y.) Bu yoʻnalishdagi mashhur maktablar:
tabaqalar nazariyasi: bu kontsepsiyaning tarafdorlari jamiyatni kuchli tabaqalarga va unga boʻy sunuvchi toʻdaga boʻladilar.
texnokratiya nazariyasi: kontsepsiya gʻoyasi – kelajak menejmenti bu menejment texnokratiyasi – fan va texnika vakillari.
sanoat jamoasi nazariyasi: boshqaruv faoliyati texno tuzilma samaradorlik masalalarini tadqiq etish.
Bu maktab vakillari boshqaruvni mantiq jarayoni sifatida koʻrib chiqadi, matematik koʻrinishda ifodalangan boʻlishi mumkin. Hozirgi zamonda matematik usullar boshqaruv ilmining barcha yoʻnalishlarida foydalaniladi.
Jarayon sifatida boshqaruv tadqiqotlari tahlilni tizim usullaridan keng foydalanishiga olib keladi. Menejmentda tizim yondoshuv ishlatilishi boshqaruv masalalarini echishda umumiy tizimlar nazariyasi bilan bogʻliqdir. U tahmin qiladiki, rahbarlar tashkilotni oʻzaro bogʻlangan elementlar birligiday koʻrib chiqishlari lozim, ular: odamlar, tuzilma, texnoligiya, resurslardir.
Tizim nazariyasining asosiy gʻoyasi hech qanday harakat boshqalarga nisbatanalohida qabul qilinmaydi. Ularning echimi bir-biri bilan bogʻliq. Tizimni yondoshuvi bitta sohadagi echim ikkinchisiga ta’sir qilishidan qoʻrqardi.
70-yillarda Zamonaviy menejment ochiq tizim gʻoyasi patdo boʻldi.
XX asr 60-80 yillari boshqaruvda bir necha yondoshuvlar vujudga keladi, nazariyalar va maktablar paydo boʻladi. Ular oʻzaro bogʻlangan holda yoki qaysidir darajada mustaqil yoki alohida yoʻnalishning rivojlanayotgan gʻoyalaridir. Bu davrda vujudga kelgan kontsepsiyalar va nazariyalar boshqaruv ilm maktabi umumiy nomi bilan nomlangan.5
Do'stlaringiz bilan baham: |