Oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Download 1,4 Mb.
bet94/159
Sana29.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#415864
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   159
Bog'liq
Ro`yxatga olindi №

Qo‘shimcha topshiriqlar


  1. Aksiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitalini oshirish yoki kamaytirish jarayonida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilang.

Ustav kapitalini oshirish

Ustav kapitalini kamaytirish

1.

1.

2.

2.

...

...




  1. Oddiy va imtiyozli aksiyalar hamda korporativ obligatsiyalarning qo‘llanish va joylashtirish xususiyatlari bo‘yicha quyidagi jadvalni to‘ldiring.

Oddiy aksiya

Imtiyozli aksiya

Korporativ obligatsiya

1.

1.

1.

2.

2.

2.

...

...

...




  1. Aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyalarni joylashtirish va qaytarib sotib olish amaliyotini aniq ketma-ketlik asosida tizimlashtiring.

Aksiyalarni joylashtirish

Aksiyalarni qaytarib sotib olish

1.

1.

2.

2.

...

...

XIV bob. AKSIYALARNI OCHIQ OBUNA TARTIBIDA JOYLASHTIRISH OPERATSIYALARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH





    1. Aksiyalarni ochiq obuna tartibida joylashtirishning iqtisodiy mohiyati, afzalliklari va kamchiliklari

Bugungi kunda mamlakatimizda korporativ moliyaviy munosabatlarni samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunki korporativ moliyaviy munosabatlar natijasida ham davlat, ham uy xo‘jaligi bevosita daromadlarga ega bo‘ladilar, shuningdek xalqaro mehnat taqsimotida mamlakatning egallab turgan o‘rni mustahkamlanadi. Shundan kelib chiqqan holda bu borada qonunchilik hujjatlari muntazam ravishda takomillashtirililib, korporativ tuzilmalar faoliyatini rivojlantirish masalasiga jiddiy yondashilmoqda. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganlaridek “korporativ yoki aksiyadorlik birlashmalarimizning faoliyati samaradorligini tanqidiy baholash, ularni xorijiy davlatlardagi ana shunday korxonalar bilan taqqoslab ko‘rish zarur. Chunki, bugungi kunda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda, ayniqsa, sanoat sohasida mulkchilikning bunday shakli muhim o‘rin tutadi.”71
Ma’lumki, aksiyadorlik jamiyatlari qimmatli qog‘ozlar bozori emitenti sifatida o‘z aksiyalarini ochiq va yopiq obuna tartibida joylashtirishlari mumkin. Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining xalqaro darajada raqobatbardoshligini oshirishda xorijiy kapital jalb qilish masalasi muhim ahamiyatga ega. Bu masala aksiyalarni ochiq obuna tarzida xalqaro fond birjalarida joylashtirish orqali ham amalga oshiriladi hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sifatining o‘sishiga bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shu boisdan quyida aynan shu masala xususida to‘xtalib o‘tamiz.
Aksiyalarni ochiq obuna tartibida joylashtirish amaliyoti qisqacha IPO (ing.
«Initial Public Offering») deb yuritiladi. IPO emitent tomonidan aksiyalarni bozorda birlamchi ochiq obuna usulida joylashtirish bo‘lib, bu jarayon davomida ular investorlarning keng doirasiga kirib boradilar va fond birjasida erkin savdoni amalga oshiradilar. Boshqacha qilib aytganda IPO deganda emitent kompaniyaning aksiyalarini ochiq bozorda birinchi marta sotuvga chiqarishi tushuniladi. Shu yo‘l bilan kompaniya «yopiq»dan «ochiq»ga o‘zgaradi, ya’ni shu kompaniya aksiyalariga qiziqib qolgan investorlar ularni fond birjasida erkin sotib olishlari mumkin. Kompaniya qimmatli qog‘ozlarining birjada muomalaga chiqishi natijasida ularni erkin savdo-sotiq predmeti bo‘lishiga, likvidliligi oshishiga va ularning bozor bahosining maksimal o‘sishiga olib keladi. IPO yordamida kompaniyada joriy xarajatlarni qoplashga va yirik loyihalarni amalga oshirish uchun uzoq muddatli tashqi moliyaviy resurslarni jalb qilish imkoni tug‘iladi. IPO uchun talab qilinadigan jarayonlar va ularning amalga oshirilishi kompaniyaning



71 Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish – ustuvor vazifamizdir. O‘zbekiston Prezidenti I.Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasidan. www.uza.uz
shaffofligini oshiradi va uning moliyaviy holatini ob’ektiv baholash imkonini beradi. Umumiy holda oddiy aksiyalar emissiyasi hisobiga moliyalashtirish IPO operatsiyalarining afzalliklari va kamchiliklari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin (14.1-jadval).
14.1-jadval

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish