Oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Sug‘urtachilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlari



Download 1,4 Mb.
bet88/159
Sana29.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#415864
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   159
Bog'liq
Ro`yxatga olindi №

Sug‘urtachilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlari


ming evro ekvivalentida

Sug‘urta faoliyati turlari

2012 yil
1 iyuldan

2014 yil
1 iyuldan

Umumiy sug‘urta sohasida

1125

15
00

Hayotni sug‘urtalash sohasida

1500

20
00

Majburiy sug‘urtalash bo‘yicha

2250

30
00

Faqat qayta sug‘urtalash
bo‘yicha

5000

60
00

Yangidan tashkil etilayotgan tijorat banklari ustav kapitalining eng kam miqdori 100,0 milliard so‘m qilib belgilandi. Ilgari bu talab aksiyadorlik tijorat banklari va xususiy banklar uchun alohida-alohida belgilangan bo‘lib, 10 million evro va 5 million evro ekvivalentida edi.


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda 2019 yilning 19 yanvariga kadar tijorat banklarining ustav kapitali miqdorlari 100,0 milliard so‘mga etkazilishini ta’minlashi lozimligi belgilangan.
Shu o‘rinda aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalidagi ulushi kamida 15 foizni tashkil etishi lozim bo‘lgan chet ellik investorlar ishtirokida tashkil qilinishi belgilanganli, lekin bundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan hollar mustasno ekanligini ham ta’kidlash lozim.
Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirilishi mumkin. Qo‘shimcha aksiyalar faqat jamiyat ustavida belgilangan, e’lon qilingan aksiyalarning soni doirasida jamiyat tomonidan joylashtiriladi. Ustav kapitalini ko‘paytirish to‘g‘risidagi va jamiyat ustaviga tegishli o‘zgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan yoki, agar jamiyat ustaviga yoxud aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq kuzatuv kengashiga shunday qarorlar qabul qilish huquqi berilgan bo‘lsa, kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi. Ustav kapitalini ko‘paytirish to‘g‘risidagi qarorda joylashtiriladigan qo‘shimcha oddiy aksiyalarning va imtiyozli aksiyalarning soni, ularni joylashtirish muddatlari hamda shartlari belgilanadi.
Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini ko‘paytirish joylashtirilgan qo‘shimcha aksiyalarning nominal qiymati miqdorida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunda jamiyat ustavida ko‘rsatilgan, e’lon qilingan muayyan turdagi aksiyalarning soni ushbu turdagi joylashtirilgan qo‘shimcha aksiyalarning soniga kamaytirilishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning dastlabki chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda emitent mazkur chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar nominal qiymatining 0,01 foizi miqdorida respublika byudjetiga yig‘im to‘laydi. Ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati oshirilgan taqdirda, emitent mazkur chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar nominal qiymati oshgan summasining 0,01 foizi miqdorida respublika byudjetiga yig‘im to‘laydi.
Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini ko‘paytirish jalb qilingan investitsiyalar, jamiyatning o‘z kapitali va hisoblangan dividendlar hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin. Ustav kapitalini o‘z kapitali hisobidan ko‘paytirishda qo‘shimcha aksiyalar barcha aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanadi. Bunda har bir aksiyadorga qaysi turdagi aksiyalar tegishli bo‘lsa, ayni o‘sha turdagi aksiyalar unga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Jamiyatning ustav kapitali ko‘paytirilishi natijasida ko‘paytirish summasining bitta aksiyaning nominal qiymatiga muvofiqligi ta’minlanmaydigan bo‘lsa, ustav kapitalini ko‘paytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali aksiyalarning nominal qiymatini kamaytirish yoki aksiyalarning umumiy sonini qisqartirish yo‘li bilan, shu jumladan aksiyalarning bir qismini keyinchalik bekor qilgan holda jamiyat tomonidan aksiyalarni olish yo‘li bilan kamaytirilishi mumkin. Lekin bu amaliyotga aksiyadorlik jamiyati ustavida nazarda tutilgan holdagina yo‘l qo‘yiladi. Shuningdek ustav kapitalini kamaytirish ustav kapitalini kamaytirish bo‘yicha minimal chegaradan pasayb ketmasligi lozim. Ustav kapitalini
kamaytirish to‘g‘risidagi va jamiyat ustaviga tegishli o‘zgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Qaror qabul qilish jarayonida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi ustav kapitalini kamaytirish sabablarini ko‘rsatadi va uni kamaytirish tartibini belgilaydi.
Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay o‘z kreditorlarini bu haqda yozma shaklda xabardor qiladi. Kreditorlar jamiyatning ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risida o‘zlariga bildirish yuborilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay jamiyatdan o‘z majburiyatlarini muddatidan oldin bajarishini va ustav kapitali kamaytirilishi bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini qoplashini talab qilishlari mumkin.
Hozirgi kunda mamlakatimizda aksiyalarning nominal qiymati 5000 so‘mdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. 2014 yilgacha aksiyalarning nominal qiymati 100 so‘mdan past bo‘lmasligi shartligi amalda edi.
Quyidagi jadvalda aksiyadorlik jamiyatlari misolida aksiyalar soni, nominal qiymati va ustav kapitali haqida ma’lumotni keltiramiz (13.3-jadval).
13.3-jadval

Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan muomalaga chiqarilgan aksiyalar to‘g‘risida ma’lumot57


Ak


Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish