Oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Download 1,4 Mb.
bet87/159
Sana29.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#415864
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   159
Bog'liq
Ro`yxatga olindi №

Qo‘shimcha topshiriqlar


  1. Korporativ moliyaviy siyosatda moliyaviy strategiya va moliyaviy taktikada qo‘yiladigan va amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha T-sxemani to‘ldiring.

Moliyaviy strategiyada

Moliyaviy taktikada

1.

1.

2.

2.

...

...




  1. Korporativ moliyaviy siyosatda moliyaviy ta’minot va investitsion faoliyatni samarali tashkil etish yo‘nalishlarini belgilang.

Moliyaviy ta’minotda

Investitsion faoliyatda

1.

1.

2.

2.

...

...

XIII bob. AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA QIMMATLI QOG‘OZLAR MUOMALASINI TASHKIL ETISH


    1. Aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlar muomalasining nazariy va tashkiliy jihatlari

Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini qimmatli qog‘ozlar muomalasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati asosini qimmatli qog‘ozlar, birinchi navbatda aksiyalar tashkil qiladi. Qarz kapitali jalb qilish maqsadida korporativ obligatsiyalar muomalasi tashkil etiladi. Bunda aksiyalar va obligatsiyalarning bir necha xil turlari qo‘llanilishini ham qayd etib o‘tish lozim. Shuningdek aksiyalar va korporativ obligatsiyalar bo‘yicha hosilaviy qimmatli qog‘ozlar muomalasi ham amal qiladi. Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida aksiyadorlik kompaniyalari o‘z faoliyatlarini moliyaviy ta’minlan uchun qimmatli qog‘ozlardan keng foydalanadilar. Shundan kelib chiqqan holda quyida mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarning nazariy va tashkiliy jihatlari xususida to‘xtalib o‘tamiz.
Mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlar muomalasi O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 6 maydagi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va 2015 yil 3 iyundagi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunlari asosida tashkil etiladi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitali bevosita oddiy va imtiyozli aksiyalar hisobiga shakllantiriladi. Aksiyadorlik jamiyati o‘zi chiqarayotgan aksiyalarni ommaviy tarzda ochiq obuna o‘tkazish orqali yoki ustavda belgilab qo‘yish orqali yopiq obuna o‘tkazish orqali joylashtirishlari mumkin. Ayni paytda amaldagi qonunchilikda aksiyadorlik jamiyatlarining ochiq va yopiq turlari mavjud bo‘lmasada aksiyalarni ochiq yoki yopiq joylashtirish iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra ochiq hamda yopiq aksiyadorlik jamiyatlari shakllanishiga olib kelmoqda.
Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali aksiyadorlar olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi va O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida ifodalanadi. Chiqariladigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi kerak.
Har bir aksiyadorlik jamiyati oddiy aksiyalarni joylashtirishi shart, shuningdek imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haqli hisoblanadi. Bunda joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati ustav kapitalining 20 foizidan oshmasligi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177- sonli «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora- tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilingunga qadar aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitali bo‘yicha minimal talablar AQSh dollarida yoki evroda belgilangan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 sentyabrdagi PF-5197- sonli Farmoniga asosan aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitali bo‘yicha minimal talablar so‘mda belgilandi.
Unga ko‘ra, yangi tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari uchun ustav jamg‘armasining eng kam miqdori jamiyat davlat tomonidan ro‘yxatga olingan
sanada kamida 1 600 million so‘mni tashkil etishi kerak. Oldin bu talab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha 400 ming AQSh dollari so‘m ekvivalentida edi.
Sug‘urta sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi aksiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitali miqdori quyidagicha belgilandi (13.1-rasm):


13.1-rasm.Sug‘urta kompaniyalari ustav kapitaliga qo‘yiladigan minimal talablar, milliard so‘mda


Faoliyat yurituvchi sug‘urtachilar 2018 yilning 1 iyuliga qadar ustav kapitali miqdorlarini yuqorida keltirilgan talablariga muvofiqlashtirishlari lozim.


Ilgari amalda bo‘lgan sug‘urta kompaniyalari ustav kapitali eng kam miqdori quyidagi jadvalda keltirilgan (13.2-jadval):
13.2-jadval

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish