Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida qimmatli qog‘ozlar muomalasining ob’ektiv zarurligini qanday izohlaysiz?
Aksiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitalini shakllantirish tartibini aniq ketma-ketlik asosida tavsiflang.
Aksiyalarni chiqarish, joylashtirish bo‘yicha davlat tomonidan o‘rnatilgan shartlarni sanab o‘ting.
Ustav kapitalini oshirish yoki kamaytirishda e’tibor qaratiladigan jihatlarga to‘xtaling.
Imtiyozli aksiyalarning qo‘llanish xususiyatlarini izohlang.
Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan aksiyalarni qaytarib sotib olish amaliyoti bo‘yicha belgilangan talablar haqida fikr bildiring.
Korporativ obligatsiyalar muomalasini tashkil etish bo‘yicha talablarga to‘xtalib o‘ting.
Qo‘shimcha aksiyalar emissiyasida imtiyozli huquqning qo‘llanilishi haqida fikr bildiring.
Sug‘urta, tijorat banklari va real sektor bo‘yicha aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitali minimal miqdoriga qo‘yilgan talablarni bilasizmi?
Mamlakatimizda aksiyalar va korporativ obligatsiyalar muomalasini kengaytirish bo‘yicha qanday takliflar berasiz?
Testlar
Mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqarilishi mumkin bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar turlari qaysi javobda berilgan?
oddiy va imtiyozli aksiyalar, korporativ obligatsiyalar;
davlat obligatsiyalari, ijtimoiy obligatsiyalar;
oltin aksiya, veksellar;
xazina majburiyatlari va qisqa muddatli obligatsiyalar.
Mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqarilishi mumkin bo‘lgan aksiyalarning maksimal qiymati qaysi javobda berilgan?
a) 5000 so‘m;
b) 100 so‘m;
c) 50000 so‘m;
d) alohida talab belgilanmagan.
Mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlar muomalasi qaysi qonunlar bilan tartibga solinadi?
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlar;
“Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar” va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlar;
“Investitsiya faoliyati to‘g‘risida” va “Xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonunlar;
“Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar” va “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlar.
Aksiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitali nima hisobiga shakllantiriladi?
oddiy va imtiyozli aksiyalarni joylashtirish;
korporativ obligatsiyalar joylashtirish;
amortizatsiya ajratmalari;
sof foyda.
Chiqariladigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bo‘yicha talabni belgilang.
barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi kerak, lekin 5000 so‘mdan oshmasligi kerak;
imtiyozli va oddiy aksiyalar nominali o‘zaro farqlanishi kerak;
korporativ obligatsiyalar daromadliligi ta’minlanmaganda aksiyalar nominali belgilanishi mumkin emas;
imtiyozli va oddiy aksiyalar nominali har xil bo‘lishi mumkin, lekin 5000 so‘mdan oshmasligi kerak;
Yangidan tashkil etilayotgan tijorat banklari ustav kapitalining eng kam miqdori necha so‘m qilib qilib belgilangan?
100,0 milliard so‘m;
10 million evro so‘m ekvivalentida;
5 million evro;
10 million dollar so‘m ekvivalentida;
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning dastlabki chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda emitent tomonidan qancha miqdorda respublika byudjetiga yig‘im to‘lanadi?
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar nominal qiymatining 0,01 foizi miqdorida;
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar nominal qiymatining 1,00 foizi miqdorida;
joylashtirilgandan so‘ng jalb qilingan kapitalning 0,01 foizi miqdorida;
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar joylashtirilgan qismining 1 foizi miqdorida.
Ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati oshirilgan taqdirda respublika byudjetiga to‘lanadigan yig‘im miqdori qaysi javobda berilgan?
nominal qiymati oshgan summasining 0,01 foizi miqdorida;
qimmatli qog‘ozlar joylashtirilgan qismining 1 foizi miqdorida.
nominal qiymati oshgan summasining 0,05 foizi miqdorida;
nominal qiymati oshgan summasining 0,1 foizi miqdorida.
2014 yilgacha mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining nominal qiymati bo‘yicha chegara to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
100 so‘mdan past bo‘lmasligi;
5000 so‘mdan yuqori bo‘lmasligi;
1000 so‘mdan past bo‘lmasligi;
100 so‘mdan past, 5000 so‘mdan yuqori bo‘lmasligi.
Aksiyalarni ommaviy tartibda birlamchi va ikkilamchi joylashtirish amaliyoti xalqaro tajribada qanday nomlanadi?
IPO va SPO;
FIFO va LIFO;
AVECO va LIBOR;
PIBOR va LIFO.
Xususiy kapital tarkibi qaysi javobda to‘g‘ri belgilangan?
ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda;
asosiy va qo‘shimcha kapital;
zayom kapital va uzoq muddatli kapital;
moliyaviy lizing, oddiy aksiyalar, korporativ obligatsiyalar, kredit.
Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kapital bahosini aniqlashda e’tiborga olinadigan jihatlar quyidagilar:
foiz stavkasi, emissiya xarajatlari, nominaldan past bahoda joylashtirilganda o‘rtadagi salbiy farq;