Xorijiy davlatlarda va O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitali bo‘yicha belgilangan miqdorlar
№
|
Davlatlar M
|
inimal
talab
|
AQSh dollarida
28.05.2017 yil
holatiga
|
1.
|
Buyuk Britaniya
|
£ 50 00060
|
64900
|
2.
|
Germaniya
|
€ 50 00061
|
56150
|
3.
|
Fransiya
|
€ 37 00062
|
41551
|
4.
|
Yaponiya
|
¥ 10 000
00063
|
89 380
|
5.
|
Rossiya
|
RUB 10000064
|
1782,3
|
6.
|
O‘zbekiston
|
UZS 1 600 000
000
|
200 000
|
Yuqoridagi 1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, xorijiy davlatlarda atsiyadorlik kompaniyalari ustav kapitalining minimal miqdori bo‘yicha beligangan talablar O‘zbekistonda belgilangan talabga nisbatan ancha past. Jumladan, aksiyadorlik kompaniyalari tashkil etish uchun Buyuk Britaniyada 50 ming funt sterling, Germaniyada 50 ming evro, Frantsiyada 37 ming evro, Yaponiyada 10 million iena, Rossiya Federatsiyasida 100 ming rubl miqdoridagi ustav kapitalga ega bo‘lish talab etiladi. Keltirilgan miqdorlarni o‘zaro solishtirish uchun yagona valyutada, AQSh dollarida ifodaladik va uni quyidagi diagrammada aks ettirdik (13.2-rasm).
60 http://www.investopedia.com/ask/answers/073015/what-are-requirements-being-public-limited-company.asp
61 http://www.taitwalker.co.uk/wp-content/uploads/2014/10/Doing-Business-Guide-Germany.pdf
62 http://www.companyformationfrance.com
63 https://lawstrust.com/ru/registratsiya-kompanii/jp
64 http://www.consultant.ru/document/cons_doc_LAW_8743/00b760115572795d7920c45b910ba539527d0736/
13.2-rasm. Xorijiy davlatlarda va O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitali bo‘yicha belgilangan minimal miqdorlar solishtirma tahlili, AQSh dollarida65
Keltirilgan -rasm ma’lumotlari asosida ta’kidlash mumkinki, O‘zbekistonda belgilangan talab Buyuk Britaniyadagidan 3,08 baravar, Germaniyadagidan 3,56 baravar, Frantsiyadagidan 4,81 baravar, Yaponiyadagidan 2,24 baravar, Rossiyadagi talabdan 112,21 baravar yuqori. Shu nuqtai nazardan bu bo‘yicha O‘zbekistonda belgilangan talabni jiddiy pasaytirish lozim.
Mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan amalga oshirilayotgan aksiyalar emissiyasi hajmi oxirgi yillarda o‘sish tendentsiyasiga ega va 2016 yilga kelib 16113,5 milliard so‘mni tashkil etgan (13.3-rasm).
13.3-rasm. Mamlakatimizda ro‘yxatdan o‘tkazilgan aksiyalar emissiyasi hajmi dinamikasi, mlrd. so‘mda66
65 1-jadval ma’lumotlari asosida tuzildi.
66 Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi ma’lumotlari asosida tuzildi.
Lekin oxirgi yillardagi birja savdo aylanmasi aksiyalar emissiyasi hajmiga nisbatan nihoyatda past. Buni quyidagi rasmdan ham ko‘rish mumkin (13.4-rasm).
13.4-rasm. 2013-2016 yillarda birja savdo aylanmasi hajmi, mlrd so‘mda67
Keltirilgan ikkinchi va uchinchi rasm ma’lumotlari ikkilamchi bozorning nihoyatda past darajada ishlayotganligi, emissiya qilingan aksiyalar asosan yopiq tarzda joylatirilayotganligidan dalolat berib turibdi. Chunki 2016 yilning o‘zida aksiyalar emissiyasi hajmi 16113,5 milliard so‘mni tashkil qilgan holatda birja savdo aylanmasi bu ko‘rsatkichdan 53,7 baravar kam miqdorni tashkil etmoqda. Bunga davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan amalga oshirilayotgan aksiyalar emissiyasi ham sabab bo‘lmoqda. Chunki respublika bo‘yicha muomalaga chiqarilgan jami 16113,5 milliard so‘mlik aksiyalarning 91 foizi 10 ta davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyati hissasiga, qolgan 9 foizi esa boshqa aksiyadorlik jamiyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi (13.5-rasm).
67 “Toshkent” respublika fond birjasi ma’lumotlari asosida tuzildi.
13.5-rasm. 2016 yilda respublika bo‘yicha aksiyalar emissiyasida aksiyadorlik jamiyatlari ulushi68
Aksiyalar emissiyasining asosiy qismi davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari hissasiga to‘g‘ri kelayotgani yopiq obuna hajmining yuqori bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda (13.6-rasm).
13.6-rasm. 2016 yilda respublika bo‘yicha aksiyalar emissiyasida ochiq va yopiq obuna ulushi69
Mamlakatimizda moliya bozorini rivojlantirish maqsadida strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitalini oshirish maqsadidagi aksiyalar emissiyasida ma’lum foizdagi aksiyalarni ochiq tartibda joylashtirish amaliyotini majburiy tartibda kiritish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Navbatdagi masala sifatida korporativ obligatsiyalar muomalasiga to‘xtalib o‘tamiz. Mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan 2007-2014 yillar davomida amalga oshirilgan korporativ obigatsiyalar emissiyasi hajmi 352,774 milliard so‘mni tashkil etgan (13.7-rasm).
13.7-rasm. 2007-2014 yillarda korporativ obligatsiyalar emissiyasi hajmi70
68 Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi ma’lumotlari asosida tuzildi.
69 Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi ma’lumotlari asosida tuzildi.
70 http://csm.gov.uz/ru/deyatelnost/registratsiya/29-i-kvartal-2014-g-korporativnye-obligatsii ma’lumotlari asosida tuzildi.
2014 yildan keyingi o‘tgan vaqt mobaynida korporativ obligatsiyalar emissiyasi kuzatilmagan. Aynan 2007-2014 yillar davomida emissiya qilingan korporativ obligatsiyalar 2022 yilgacha qoplanadi. Bu holat korporativ obligatsiyalar bozori ko‘lamining qisqarib borishiga olib keladi. Shu boisdan mamlakatimizda korporativ obligatsiyalar bozorini rivojlantirish, korporativ obligatsiyalar orqali aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy ta’minotni yaxshilash, korporativ obligatsiyalarni aholi o‘rtasida ham joylashtirish maqsadida bunda rag‘batlantiruvchi vosita sifatida korporativ obligatsiyalar bo‘yicha foizli daromadlarini soliqqa tortish bo‘yicha pasaytirilgan stavkani qo‘llash lozim, deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |