Korporativ birlashmalarning tashkil etilishi keskin raqobat sharoitida yangi bozorlarga kirib borishda, ishlab chiqarishni modernizatsiyalashda, yangi loyihalarni o‘zlashtirishda, davlat bilan soliq munosabatlarini samarali tashkil etishda va hokozolarda muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqqan holda korporativ tuzilmalar ma’lum birlashmalar tarkibiga kirish orqali ham faoliyatni tashkil etishga e’tibor qaratadi.
Mamlakatimizda quyidagi asosiy tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etiladigan xo‘jalik birlashmalari xo‘jalik boshqaruvi organlari hisoblanadi:
tarkibiga kiruvchi korxonalarning xo‘jalik birlashmasiga tegishli bo‘lgan aksiya paketlari orqali ana shu korxonalarning xo‘jalik boshqaruvini amalga oshiruvchi aksiyadorlik kompaniyalari, shu jumladan davlat-aksiyadorlik kompaniyalari;
muassis-korxonalar tomonidan ular faoliyatiga ko‘maklashish uchun muassis-korxonalarning aksiyalari paketlarini boshqarish huquqisiz ayrim umumiy vazifalarni ularga topshirish yo‘li bilan ixtiyoriylik asosida tashkil qilinadigan uyushmalar.
Xo‘jalik birlashmalarining asosiy vazifalari va funktsiyalari quyidagilar hisoblanadi:
tarmoq va iqtisodiyot sohalarini barqaror rivojlantirishning istiqbolli strategiyasini belgilash;
marketing tadqiqotlarini tashkil etish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni (ishlar, xizmatlarni) o‘zlashtirish, ularning jahon bozorlariga kirib borishiga ko‘maklashish;
korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta qurollantirish, ushbu maqsadlarga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishda yordam berish;
ular tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarga axborot xizmatlari ko‘rsatish;
kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil
qilish.
Xo‘jalik birlashmalarining asosiy shakllari sifatida xoldinglar, moliya-sanoat
guruhlari, kontsernlar, kontsortsiumlar, sindikat, kartel kabilar amaliyotda keng qo‘llaniladi.
Xoldinglar aktivlari tarkibiga boshqa korxonalarning aksiyalari nazorat paketlari kiradigan aksiyadorlik jamiyatlari hisoblanadi. Bunda xolding yuridik shaxs bo‘lib bevosita ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirmaydi, lekin ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari nazorat paketiga egalik qiladi. Xoldinglarning sof xolding, ma’muriy xolding, moliyaviy xolding kabi turlari mavjud. O‘z navbatida xolding kompaniyasining o‘zi ham boshqa
xoding kompaniyaning tarkibiy qismi bo‘lishi mumkin. Mamlakatimizda xoldinglar amaliyoti keng qo‘llaniladi. Bunda sho‘’ba korxonalar faoliyatini markazlashgan tartibda boshqarib boshrish amaliyotiga jiddiy e’tibor qaratilgan.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida korporativ birlashmalar kompleks korporativ tuzilmalar deb ataladi. Kompleks korporativ tuzilmalarning eng asosiy turi sifatida xolding kompaniyalar faoliyati ko‘p ko‘zga tashlanadi. Bunda xolding kompaniyalarida piramida shaklidagi boshqaruv amalga oshiriladi. “Xolding kompaniyalar boshqa kompaniyaning ovoz beruvchi aksiyalari yirik paketiga ega kompaniya hisoblanadi. Ovoz beruvchi aksiyalarining yirik paketi xolding kompaniyaga tegishli kompaniyalar sho‘’ba kompaniyalar hisoblanadi” 75.
Piramida shakldagi oddiy kompleks korporativ tuzilmani quyidagi shaklda ifodalash mumkin (15.2-rasm).