reyestr…” deb tushuntiriladi. Ushbu izohni bir necha marta eshitgan, biroq hech narsani tushunmagan bo‘lishingiz mumkin. Blokcheyn — bir-biri bilan internet orqali bog‘langan ko‘plab kompyuterlarda bir vaqtning o‘zida saqlanuvchi ma’lumotlar bazasi. Uning nega kerakligini misol yordamida tushuntirish osonroq. AQSh dagi akangizga bank jo‘natmalari orqali 100 dollar yubordingiz deb tasavvur qiling. Jo‘natma shaklini to‘ldirganingizdan so‘ng bank xodimi shaxsiy hisobingizdan pulni yechib olib, uni xalqaro o‘tkazmalar uchun bankning yagona hisobiga o‘tkazadi. Shundan so‘ng boshqa xodim bu pullarni agent bankning hisobiga o‘tkazadi, u esa, o‘z navbatida, pullarni AQSh ga o‘tkazadi. U yerda o‘tkazmangiz aynan shu taxlit akangizning shaxsiy hisobiga tushadi. Jo‘natma davomida hech kim xatoga yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, uch kun o‘tib akangiz 97 dollarni oladi (barcha banklarning komissionlari olingandan so‘ng). Biroq eng qo‘rqinchlisi, shu uch kun ichida na siz va na sizning akangiz, qolaversa, bankirlardan hech biri ayni vaqtda pullaringiz qayerda ekanligi va ularning hisobini kim yuritayotganligini bilmaydi. Serverning kutilmaganda buzilib qolishi, bank xodimining insofsizligi yoki xakerlik hujumi uzoq surishtiruvlarning boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Axir bu kabi hodisalar hisobingizdagi pullar bilan ham sodir bo‘lishi ham mumkin. Demak, siz har kuni tizimga umid qilasiz va bankingizga ishonasiz, bu esa katta muammo. Hozirda blokcheynlardan asosan kriptovalyuta jo‘natmalari uchun foydalanilmoqda. Biroq u turli tashkilotlarning turli maqsadlari uchun ham faol joriy etilmoqda. Blokcheynning afzalligi uning shaffof, tezkor, soddaligi va qiymatida. Siz kriptovalyuta yoki biror ma’lumotni blokcheyn orqali jo‘natgan bo‘lsangiz, bunday jo‘natma haqidagi ma’lumotni o‘zgartirish yoki qalbakilashtirishning imkoni yo‘q. Chunki u butun dunyo bo‘yicha yuz minglab kompyuterlar tomonidan tasdiqlanadi. Aynan ushbu kompyuterlarda ushbu ma’lumotning ko‘plab nusxalari saqlanadi — ular bilan istalgan foydalanuvchi istalgan vaqtda tanishishi mumkin. Jo‘natma jarayoni bor- yo‘g‘i bir necha daqiqa vaqt oladi va bank jo‘natmasidan bir necha o‘n marta arzondir. Agar siz pullar yoki biror bir ma’lumotni blokcheynda saqlasangiz, ushbu qaydlar hech qachon yo‘qolib ketmaydi yoki soxtalashtirilmaydi. Bozorning
istalgan ishtirokchisi istalgan daqiqada moliyaviy ahvolingizga ishonch hosil qilishi mumkin. Hech qanday uchinchi tomon yoki vositachi ishtirokisiz, to‘liq shaffoflik va hisoblar aniqligining matematik kafolati ta’minlab beriladi.
Endi ICO (Initial Coin Offering - kriptovalyutani birlamchi joylashtirish)) nimaligi haqida qisqacha ma’lumot berishga harakat qilamiz. Buni tushunish uchun attraksionlar parkini tasavvur qiling. Uning kirish qismida park emblemasi tushirilgan jetonni harid qilasiz va turli ko‘ngilochar o‘yinlar va attraksionlar uchun u orqali to‘lov qilasiz. Blokcheynlar bilan ishlovchi turli loyihalar (masalan, ma’lumotlarni saqlashga ixtisoslashganlar) ham ana shunday jetonlar chiqaradilar. Ular tanga yoki token deb ataladi. Haridor ana shunday token harid qilib, uning yordamida loyihaning biror xizmati, aytaylik, ma’lumotlar bazasidagi o‘z saqlash joyi hajmini oshirish uchun to‘lovni amalga oshiradi. Agar bunday loyiha ommalashsa, tokenlarning ham qiymati oshadi. Blokcheyn-loyihalar tokenlar chiqarganda, ularni odamlar harid qila olishi uchun bozorga joylashtiradi. Bu tanga
tokenlarni birlamchi joylashtirish — ICO - Initial Coin Offering dir. ICO lar tashkil qilishdan asosiy maqsad – qandaydir loyiha uchun investitsiyalar jalb qilishdir (bu esa innovatsion rivojlanish yo’nalishiga o’tayotgan mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun juda muhimdir). Quyida bunga bir qancha misollarni keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |