Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,6 Mb.
bet37/67
Sana13.01.2022
Hajmi1,6 Mb.
#356100
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   67
Bog'liq
Kichik biznes va tad. innov 82df3

Partnership PwC tomonidan tashkil etilgan so’rov natijalariga ko’ra, texnologik ekspertlar va biznes-menejerlarning 58% i “o’qituvchi” deb javob berishgan. Bu yerda eng kam foiz olganlar – doktorlardir:


Shunday qilib, “Smartfondagi elektron o’qituvchilar” paydo bo’lishi ta’limning eng asosiy muammolarini hal qilib berishi mumkin. Dunyodagi ma’lumotsiz kishilarning soni 2015 yil boshiga kelib 780 million bo’lganini hisobga olsak, sun’iy intellect asosida ta’lim beruvchi elektron tizimlar xuddi shu savodsizlar sonini kamaytirish uchun yordam berishi mumkin. Xozircha esa virtual o’qituvchilar real o’qituvchilarga qo’shimcha tarzda hayotimizga kirib kelayapti. Bill Geyts fondining izlanishlarida keltirilishicha AQSH dagi 17 maktabning 50% o’quvchisigina ta’lim jarayonida elektron yordamchilardan foydalanar ekan (2017 yilda). Buning sababi, ko’pchilik insonlar xozircha ta’lim algoritmlari orqali o’qishga ma’naviy jihatdan tayyor emaslar. Lekin ta’lim sohasidan asta-sekin insonning siqib chiqarilishi va ularning o’rnini sun’iy intellect egallashi ko’z o’ngimizda amalga oshayapti. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda va bizning fikri-ojizimizcha, mamlakatimizdagi ta’lim jarayoniga innovatsion usullarni tezkorlik bilan va keng miqyosda tadbiq qilishni amalga oshirish uchun zudlik bilan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim:

  • Ta’lim tizimiga eng layoqatli, iqtidorli va aqlli yoshlarni jalb qilish hamda iqtidorli yoshlarning chet ellardagi o’quv yurtlariga ketib qolishining oldini olish uchun abiturientlarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishning

butunlay yangi tizimini (masalan, kreditli o’quv tizimini talaba yoki magistr oily o’quv yurtini bitiganidan so’ng, davlat muassalarida kridit qarzi u’zilmaguncha ishlab berishi) zudlik bilan ishlab chiqish va tadbiq qilish kerak. Buning uchun barcha viloyatlarda DTM ning filiallarini tashkil qilish hamda ushbu filiallarda barcha potentsial abiturientlardan ular istagan vaqtda va istalgan fanlardan to’lov asosida testlar topshirib, tegishli sertifikatlar olish imkoniyatini yaratish. Keyinchalik esa iyun-avgust oylari davomida abiturientlar ushbu olingan sertifikatlar asosida tegishli oliy o’quv yurtlariga xujjat topshrish va oliy o’quv yurtining yetakshi professor- o’qituvchilari jalb etilgan predmet komissiyalaridan iborat qabul komissiyasidan suhbatdan o’tish huquqini oladilar. Abiturientlarni oliy o’quv yurtiga qabul qilish ularlarning tegishli fanlar bo’yicha DTM filiallaridan olgan sertifikatidagi ballari miqdori, maktab, kollej yoki litseydagi tegishli fanlar bo’yicha olgan baholari va oliy o’quv yurti professor-o’qituvchilari bilan qilgan og’zaki suhbatlari natijalari (ballari) asosida amalga oshiriladi;

  • Ballari oliy o’quv yurtining kunduzgi bo’limida o’qish uchun yetarli bo’lmagan abiturientlar ta’lim dargohining kechki, sirtqi yoki distantsion (masofaviy) bo’limlarga kontrakt to’lovi asosida taklif etiladilar. Bu esa o’z navbatida davlat mablag’larini jalb qilmagan xolda oliy o’quv yurti rivojlanishi uchun kattagina daromad manbai va o’qituvchilar uchun yangi ish o’rinlarini yaratishga olib keladi. Demak, xozirgi davrda barcha oliy o’quv yurtlarining kechki, sirtqi va (yoki) distantsion (masofaviy) bo’limlarini tashkil qilish mamlakat ta’lim tizimi, ta’lim dargohlaring rivojlanishi va yoshlarning bilim olishi uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi;

  • Turli xil ko’rinishdagi ta’lim turlarining xosil bo’lishi ta’lim vazirliklari qoshida malakali professor-o’qituvchilarni (shu jumladan, nafaqaga chiqqanlarni ham) jalb qilgan holda interaktiv electron kitoblar, electron o’quv qo’llanmalari va alohida fanlar bo’yicha masofaviy ta’lim kurslari

tayyorlash zaruriyatiga olib keladi (bu ish hozigiga o’xzhab tekinga emas, balki professor-o’qituvchilar bilan shartnomalar tuzish asosida amalga oshiriladi). Bu esa ushbu ishlarni amalga oshirish bo’yicha respublika ishchi kengashini (tashkilotini yoki kompaniyasini) tashkil qilish vazifasiga olib keladi. Uning zimmasiga respublika miqyosida zamonaviy hamda sifatli interaktiv electron kitoblar, electron o’quv qo’llanmalari va masofaviy ta’lim kurslari tayyorlash (yoki ularni chet tillardan o’zbek tiliga o’girish) vazifasi yuklanadi;

  • Bu ishga majburiy tarzda mamlakatda information texnologiyalarning tadbiqi bilan shug’ullanadigan barcha tashkilotlarni, ta’lim muassasalari, kompaniyalarni va yetakchi institut hamda universitetlarni jalb qilish;

  • Vazirlar mahkamasi va Prezident devoni qoshida eng malakali mutahassislarni jalb qilgan holda bu ishlarni koordinatsiya qiluvchi ishchi guruhlar tuzish;

  • Barcha ta’lim muassasalari uchun interaktiv elektron kitoblar va o’quv qo’llanmalar ishlab chiqish yoki ulardan foydalanish kerakligini ustuvor vazifa sifatida ko’rsatish hamda bu ishlarni bajarish bo’yicha reyting ko’rsatgichlarini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish;

  • Chet ellarda ishlab chiqilgan va aprobatsiyadan o’tgan biz uchin muhim bo’lgan interaktiv electron kitoblar, qo’llanmalar, ta’lim sohasiga oid komp’yuter o’yinlari, intellectual ta’lim platformalari, masofaviy ta’lim tizimlari, dasturlar va saytlari o’zbek tiliga o’girib, ularni mahsus respublika fondiga jamlab, internetdagi ta’lim portaliga joylashtirish hamda barcha ta’lim muassasalariga foydalanish uchun tarqatish;

  • Har yili eng yaxshi interaktiv kitoblar, o’quv qo’llanmalar, ishga tushirilgan masofaviy ta’lim platformalari hamda ta’lim bilan bog’liq komp’yuter o’yinlari tanlovini o’tkazish va g’oliblarni munosib taqdirlash va erishilgan natijalarni respublika fondiga jamlab, internetdagi ta’lim portaliga joylashtirish hamda ularni barcha ta’lim muassasalariga foydalanish uchun tarqatish;

  • Har yili bir marta respublikada yaratilgan interaktiv kitoblar, o’quv qo’llanmalar, masofaviy ta’lim platformalari hamda ta’lim bilan bog’liq komp’yuter o’yinlari bo’yicha anjuman va seminarlarni respublika va viloyatlar miqyosida tashkil qilish;

  • O’zbekistondagi turli sohalarda o’rta va oliy ta’lim olishni istagan fuqarolarning ishlab chiqarish va boshqa kundalik yumushlardan ajralmagan holda to’laqonli ta’lim olishiga imkon beradigan masofaviy ta’lim (distance education) tizimini rivojlangan chet ellarning “distance education MOOC

massive open online cources” platformalari andozalari asosida tashkil qilish va ularni zudlik bilan ishga tushirish. Bu – birinchidan barcha ta’lim olishni istovchilar uchun teng imkoniyatlar yaratsa, ikkinchidan, ta’lim tizimi uchun sarflanayotgan mablag’larni ancha kamaytirishga imkon beradi va uchinchidan, yosh yigit-qizlar uchun davlat tomonidan sarf-harajat talab qilmaydigan juda ko’p miqdordagi yangi ish joylarini yaratadi;

  • Ta’lim muassasalaridagi professor-o’qituvchilarning ish faoliyati monitoringi ba baholovida ularning interaktiv electron kitoblar, interaktiv o’quv qo’llanmalar hamda ta’lim bilan bog’liq komp’yuter o’yinlarini ishlab chiqishlari va ulardan foydalanishlarini ham hisobga olish;

  • Ta’lim dargohlari o’qituvchilarining ilmiy, uslubiy, tarbiyaviy, tashkiliy va ma’naviy ishlar bilan to’laqonli shug’llanishlarini ta’minlash uchun ta’lim muassasalaridagi asosiy shtatda to’liq bir stavkada (va undan ortiq stavkalarda) ishlaydigan barcha professor-o’qituvchilar uchun kuniga 6 soat, haftasiga 6 kunlik ish kuni joriy qilish va buni qat’iy nazorat qilishni o’quv va monitoring bo’limlariga yuklash. Chunki ish vaqti aniq bo’lmagani tufayli ko’pchilik professor-o’qituvchilar ta’lim muassasasidagi o’z ishlarini ikkilamchi deb hisoblab, asosan boshqa joylarda ishlaydilar (firmalarda, kompaniyalarda, biznesda, dalada, ichki va tashqi bozorlarda va shunga o’xshash joylarda). Bu esa ularning ish sifatiga, bilimiga, ish unumdorligiga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatayapti. Xuddi shuning uchun ham innovatsion

ta’lim usullarini joriy qilish va ularni qo’llash o’qituvchilar uchun ortiqcha tashvish bo’lib hisoblanadi, albatta;

  • Agar yuqoridagi tartib amalga oshirilsa, boshqa joylarda asosiy ish joyi sifatida faoliyat ko’rsatadigan barcha professor-o’qituvchilar yarim (yoki chorak) stavkaga ishga o’tishga yoki soatbay ishlashga yoki ishdan bo’shashga majbur bo’ladilar. Bular o’rniga esa ta’lim maskanlariga yoshligidan qat’iy nazar malakali, bilimdon, kuchga to’lgan, chet tillarni biladigan, zamonaviy komp’yter dasturlarida bemalol ishlay oladigan, ilg’or fikrli, iste’dodli va tashabbuskor pedagoglarni ishga olish mumkin bo’ladi. Xuddi shular innovatsion ta’lim usullarini ta’lim muassasalariga olib kirish va keng miqyosda tadbiq qilishda jonbozlik ko’rsatishlari mumkin;

  • Respublika miqyosida ishlab chiqarilgan (yoki tarjima qilingan, moslashtirilgan) interaktiv electron kitoblar va o’quv qo’llanmalardan barcha talabalar va o’qituvchilar foydalana olishlari uchun ularni mahsus ta’lim portaliga (shu jumladan, vazirliklar va ta’lim muasasalari saytlariga, kutubxonalarga, resurs markazlariga) joylashtirish maqsadga muvofiq bo’lar edi;

  • Interaktiv kitoblar, masofaviy ta’lim platformalari va elektron o’quv qo’llanmalar yaratgan kimsalarni yaxshilab moddiy va ma’naviy taqdirlash ham ularning soni va sifati oshishiga ijobiy ta’sir qilgan bo’lar edi.

    1. Download 1,6 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish