WeToken
kriptotokenlarida
keladi va ular bu tokenlarni real pullarga yoki kriptovalyutalarga almashtirib
oladilar.
World Wi-Fi
loyihasini 2017 yil oxirida Yan Sepiashvili va Il’ya Yashin
taklif qilib, uning demoversiyasini ishga tushirganlar. Tizim to’liq ravishda 2018
yilning uchinchi kvartalida ishga tushurilishi rejalashtirilgan.
Hulosalar
Pullarni har kim va har kuni ishlatishiga qaramay, pul nima o’zi degan savolga
ko’pchilik insonlar to’g’ri javob bera olmaydilar. Pulni absolyut ko’pchilik
qandaydir intuitiv ravishda tushunadi va bu ularning pullar bilan foydalanishiga
unchalik xalaqit bermaydi. Pul o’zi nima? Nimaga uning bunaqa ko’plab turlari
mavjud va ularning xususiyatalari qanday? Pullarning bulardan ko’ra yaxshiroq
ko’rinishlari bormi va qaysi birlari yaxshiroq? - degan savollarni mutaxassislardan
boshqa insonlar to’liq tushunmaydilar va ularga bu kerak ham emas. Ularni
ko’proq “
Pullarni qanday qilib ko’proq topish va saqlash mumkin?”
degan savol
qiziqtiradi xolos. Agarda tarixga nazar solsak, dunyoning barcha davlatlarida
pullarni chiqarish va uni boshqarish masalalari bilan tegishli davlat organlari
shug’ullanadilar. Bunday yondoshuvning o’z ijobiy va salbiy tomonlari mavjud,
albatta. Agarda bunday salbiy tomonlar kimlargadir yoqmasa, ular umumiy xolatni
o’zgartirib va yaxshilab ololmaydilar, chunki bu ish qonunga hilof amal bo’ladi.
Shuni ham aytish kerakki, eng avvalo qandaydir xolat yuzaga keladi, shundan
so’nggina uni tartibga soladigan qonunlar yaratiladi. Xuddi shunday holat radio
sohasi bilan ham, internet tizimi bilan ham, avtomobil texnologiyasi bilan ham va
171
shunga o’xshash boshqacha texnologiyalarda ham kuzatilgan. Endi esa xuddi
shunday hodisa kriptovalyutalar bilan ham kuzatilmoqda. Umuman aytganda,
kriptovalyutalar iqtisod, kriptografiya, komp’yuter texnologiyasi va siyosat
masalalari kesishuvida paydo bo’lgan. Ilk kriptovalyuta – bitkoin esa pastdan
(
halqdan
) chiqqan innovatsiya bo’lib, yuqoridagilarning (
davlat organlarining
)
bunga hech qanday aloqasi yo’q. Ya’ni, kriptovalyutalar davlatning emas, balki
halq tomonidan ulaning xohish-istaklarini hisobga olgan xolda yaratilgan yechim
hisoblanadi. Shuning uchun ham bu innovatsion g’oyaning yaratilish tarixi va
uning rivojlanishini o’rganib chiqish diqqatga sazovordir. Ushbu g’oya asosida
pul muomalasining markazlashmagan usuli taklif qilingan va u amaliyotga tadbiq
etilgan. Bunday pul aylanish modelida komissiyalar minimal bo’ladi yoki umuman
bo’lmaydi. Unda ikki kelishuvchi tomon xohishisiz hech qanday uchinchi tomon
ularga halaqit ham bera olmaydi, o’z pullik hizmatlarini taklif ham eta olmaydi,
kelishuni to’xtata ham olmaydi hamda birovlarning mulkini musodara qila ham
olmaydi. Bu tizimda pul emissiyasi miqdori oldindan dasturlab qo’yilgan va bu
siyosiy manipulyatsiyalarni hamda pul chiqarilishi bilan bog’liq bo’lgan
qalbakichiliklarning oldini oladi. Tizim birorta nozik tomoni bo’lmagan trasmilliy
tizim bo’lib, hech kim uni foydalanuvchilarning roziligisiz boshqara olmaydi.
Tizim qandaydir darajadagi ishonchni ham talab qilmaydi – uning to’g’ri ishlashi
aniq matematik formulalar va kriptografiya usullari bilan to’liq kafolatlanadi. Bu
esa inson tomonidan boshqarilishi mumkin bo’lgan xuquqiy kelishuvlarni chetga
surib qo’yib, insoniy faktorni yo’qqa chiqaradi. Bitkoin kriptovalyutasi
blokcheynga asoslangan tizimlar ishlatilishining birinchi amaliy isboti bo’ldi.
Ammo, blokcheyn texnologiyasi kriptovalyutalarga nisbatan ancha keng
miqyoslidir, chunki uning yordamida istalgan turdagi taqsimlangan hisob
tizimlarini yaratish mumkin. Masalan, yer maydonlari reestrlari, notarial servislar,
shahsni tasdiqlash tizimlari, aktsiyalarni hisobga olish tizimlari, depozitariylar va
boshalar. Ishonchi taqsimlangan ma’lumotlar bazalaridan tashqari, blokcheyn
texnologiyasi avtomatik tarzda bajariladigan smart-kontraktlarni yaratish imkonini
ham beradi, kontraktlarga esa multiimzolar qo’yishga yordam beradi. Albatta,
172
yangi imkoniyatlar yangi turdagi tavakkalchiliklarga ham sabab bo’ladi.
Anonimlilik, istalgan miqdordagi pul mablag’larini dunyoning istalgan joyiga
o’tkazish imkoniyati, hisob raqamlarini blokirovka qilish mumkin emasligi va
kriptovalyutalarning boshqa xususiyatlari davlat organlari oldiga jinoyatchilik
bilan kurashish, terrorizmga qarshi turish va noqonuniy pul oborotiga qarshi
kurashish bo’yicha yangidan-yangi masala va muammolarni hal qilish masalasini
qo’yadi. Shuning uchun ham davlat organlari oldida bu muammolarni qanday hal
qilish yo’llarini topish, yangi kriptovalyuta va blokcheyn texnologiyalarini qanday
ishlatish, uning ijobiy va salbiy tomonlarini bilgan xolda tavakkalchilik miqdorini
minimallashtirish va qanday qilib bu yangi texnologiyalarni joriy moliyaviy
tizimga optimal ravishda joylashtirish masalalari ko’ndalang bo’lib turibdi. Bu
texnologiyalarni butunlay rad qilish yoki ularga to’liq ruxsat berish javobgarlikdan
qochish kabi tushunilishi mumkin. Biror bir mamlakatda bu texnologiyalarni to’liq
boshqarish mexanizmi hali-xamon kuzatilmagan va shuning uchun ham
kimlardandir nusha olish imkoniyati ham yo’q darajada. Barcha ijobiy va salbiy
fikrlarga qaramasdan, kriptovalyutalar va blokcheynlar texnologiyasi mavjud va u
baholi-qudrat ishlab turibdi. Boshqacha so’zlar bilan aytganda, kriptovalyuta jini
Aloviddining sehrli chiroqchasidan allaqachon chiqib ketgan va uzoq vaqt
davomida bu jin hali ham ko’za ichida deb o’zimizni ovuntirishimiz maqsadga
ham, aqlga ham muvofiq emas. Biznes esa kriptovalyutalarni ish jarayoniga tadbiq
qilish uchun tayyor bo’lib bo’lgan, dunyo miqyosidagi katta-katta halqaro banklar
esa kriptovalyutalarni va blokcheyn texnologiyalarni qanday qilib ishlatishni faol
o’rganmoqdalar. Moliyaviy texnologiya (
Fintex
) industriyasi blokcheynni
zamonaviy iqtisodiyotning eng perspektiv trendlaridan biri deb hisoblashgacha
bordi. Faqat bu texnologiyalarning huquqiy jihatdan aniqlamaganligi ularga keng
miqyosda rivojlanishga imkon bermayapti. O’z navbatida, blokcheyn hamjamiyati
barcha istovchilarga bu yangi tizimlarni o’rganishga yordam berishga tayyordir
(
adabiyotlar ruyhatidagi saytlar ruyhatiga qarang
). Biz ham sizni bu
jarayonlarning passiv kuzatuvchisi emas, balki aktiv ishtirokchisi bo’lishga
chaqirib, dunyoni yaxshi tomonga o’zgartirish tarafdorimiz.
173
Oxirgi hulosa sifatida shuni aytishimiz lozimki, o’zbek milliy valyutasi – so’mni
ham qisman yoki qandaydir chegaralangan optimal nisbatlarda kriptovalyutali
ko’rinishga va uni bu bilan bog’liq bo’lgan blokcheynga o’tkazish
mamlakatimizdagi bir qancha moliyaviy muammolarni muvaffaqiyatli ravishda hal
qilish imkonini berar edi. Shu jumladan
:
Joriy bank operatsiyalarining shaffofligini va tezkorligini oshirish;
Davlat sektori samaradorligini va uning ishlash tezligini oshirish;
Ikkilamchi va yashirin bank sektorini yo’q qilish yoki uni nazorat ostiga
olish;
Davlat apparatidagi byurokratiyani yengish va korruptsiyaga qarshi
samarador kurashish;
Soliqlar to’lash jarayonini mukammallashtirish orqali, soliq to’lamaslik
xolatlariga qarshi samarador kurashish;
Kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishiga yangi innovatsion
imkoniyatlar yaratish;
Kriptovalyutalar va
ICO
mexanizmlari yordamida halqaro valyuta-kredit
resurslarini O’zbekiston iqtisodiyotiga keng miqyosda jalb qilish;
Iqtisodiyotga bo’lgan dollar va boshqa valyutalar bosimini kamaytirish va
shu asosda so’mning raqobatbardoshligini oshirish;
ICO
vositasida korxona, tashkilot, xususiy tadbirkorlar hamda jismoniy
shaxslar uchun yangi, qulay va samarador kredit mexanizmlarini ishga
tushirib yuborish;
Moliya-kredit muassasalarining ishini yanada takomillashtirish;
Kriptovalyuta,
ICO
va blokcheyn infratuzilmalarini yaratish orqali yangi ish
o’rinlarini hosil qilish va zamonaviy information texnologiyalarni
respublikamizga jalb qilish;
Innovatsion jarayonlarni jadallashtirish;
Ichki moliyaviy resurslarni ishlatishda mobillilikni ta’minlash va boshqalar.
Yana bir imkoniyat sifatida
Do'stlaringiz bilan baham: |