174
Bu platforma “
Efir” (Ethereum
) kriptovalyutasi blokcheyniga asoslangan.
World
Wi-Fi
platformasida uch tomon bo’ladi: internet foydalanuvchisi, router egasi va
reklama beruvchi. Ularning har qaysisi ham tizimdan o’z foydasi ulushini oladi.
Uyida router bor bo’lgan va internetga ulangan oddiy insonlarni tekin
Wi-Fi
o’ziga
jalb qila oladi, chunki ular internetga qo’shimcha ulanish nuqtasini hosil qilib,
unga boshqalarni jalb qiladilar va shu orqali pul ishlay oladilar.
Ularga ish haqqi
WeToken
kriptotokenlarida keladi va ular bu tokenlarni real pullarga yoki
kriptovalyutalarga almashtirib oladilar.
Kriptovalyutalar olamidagi yuqorida tavsif etilgan strategik va taktik xatti-
harakatlarning muvaffaqiyatli ravishda amalga oshishi va rivojlanishi uchun,
bizning fikri ojizimizcha, hozirgi kunda mamlakatimizda to’rt xildagi asosiy
yo’nalishlar taklif etish mumkin:
Birinchi stsenariyda
bit so’m
kriptovalyutasi
muomalaga chiqarilishi
mumkin. O’zbek milliy valyutasini blokcheynga va raqamli formatga
o’tkazish unga bir qancha afzalliklar berishi mumkin, ammo bu holda bir
qancha muammolarni qonunchilik asosida to’g’ri hal qilish kerak bo’ladi.
Masalan, ushbu blokcheynni kim boshqaradi va unga davlat maqomi
beriladimi yoki u korporativ maqomga ega bo’ladimi. Bit so’m ichki va tashki
bozorda qanday ishlatiladi va kim tomonidan
nazorat qilinadi - degan
savollarga ham bank-moliya-kredit sohalari mutaxassislarini jalb qilgan holda
konkret, ishonchga sazovor hamda aniq javob topish lozim bo’ladi.
Ikkinchi yo’nalishda O’zbekistonning suveren davlat blokcheyn tizimi
tashkil qilinadi va u o’zida turli moliyaviy institutlarning funktsiyalarini
qamrab oladi. Bunday institutlar jumlasiga banklar, depozitariylar, pensiya
fondlari, soliq idoralari va boshqalarni kiritish mumkin. Bu amal soliq to’lash
va mablag’larni fondlarga o’tkazish ishlarini nisbatan osonlashtirish va to’liq
avtomatlashtirish imkonini beradi.
Uchinchi imkoniyat esa kriptovalyutani
alohida tashkilotlarda yoki
hududlarda hayotga tadbiq qilinadi va bu sohada yetarlricha amaliy tajriba
to’planganidan so’ng, bu ish respublika miqyosida amalga oshiriladi
175
(
masalan, O’zbekiston Respublikasidagi ochiq iqtisodiy xududlarda yoki chet
ellik mutaxassislar ishlaydigan innovatsion qo’shma korxonalarda
).
Oxirgi, to’rtinchi imkoniyat esa Rossiya Federatsiyasidagidek Markaziy
bank tomonidan raqamli kriptovalyutalar bilan ishlashni amalga oshiradigan
pilot loyihani ishga tushirishdir (
mastercheyn loyihasi
).
Ushbu platforma
bozor ishtirokchlarining elektron usulda o’zaro ma’lumot almashinishi va
blokchenlarda identifikatsiya qilinishi uchun mo’ljallangandir. Bu tizim asta
sekin, kritpovalyutalar bilan ishlash tajribasi oshib borgan sari bir qancha
davlat interaktiv hizmatlarining ham navbatma-navbat blokcheynga
o’tkazilishini ta’minlashi mumkin.
Respublikamizda kriptovalyuta bo’yicha malakali mutaxassislarning juda
kamligi va bu sohadagi tajriba ozligini hisobga olgan tarzda bu yo’nalishda
malakali mutaxassislar tayyorlashni ham amalga oshirish zamona talabi bo’lib
qolmoqda (
bu taklif oily va o’rta mahsus ta’lim vazirligiga, iqtisodiyot
universitetiga, moliya institutiga hamda bank-moilya akademiyasiga tegishlidir
).
Lekin blokcheyn texnologiyalarni hayotga tadbiq qilish va o’zbek kriptovalyutasini
chiqarich innovatsion g’oyasini qadam ba qadam amalga oshirish hozirdanoq
boshlab yo’lga qo’yilishi kerak bo’lgan hayot taqozosidir. Chunki dunyodagi
ko’pchilik rivojlangan mamlakatlar o’zlarining milliy yoki korporativ
kriptovalyuta loyihalarini amalga oshirmoqdalar
va ular keyinchalik barcha
raqamli kriptopullarga egalik qilib, boshqa mamlakatlarni bu jarayondan siqib
chiqarishga harakat qiladilar. Davlatning monetar siyosatidagi eng muhim
amallardan biri pul emissiyasini nazorat qilish bo’lgani uchun, kriptovalyutadan
voz kechish mamlakatdagi moliya-kredit tizimini va uning jahon moliya kredit
tizimi bilan aloqalarini sezilarli ravishda chegaralashga va uni izdan chiqishiga olib
kelishi mumkin. Respublikaga innovatsion iqtisodiyotni
tezkorlik bilan
rivojlantirish hamda turli xildagi innovatsion loyihalarni moliyalashtirsh uchun
yuqoridagi tegishli bo’limda (
5-Bo’lim. Raqamli valyutalar bozoridagi
innovatsion texnologiyalar
) tavsif etilgan
ICO
(Initial Coin Offering)
mexanizmini
ham qonuniylashtirish va joriy qilish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bunda
176
O’zbekistonda ishlab chiqariladigan mahsulotlar va hizmatlar bilan ta’minlangan
tokenlar chiqarish va ularni ichki hamda tashqi bozorda realizatsiya qilib, yig’ilgan
mablag’lar tegishli loyihalarni moliyalashtirish uchun ishlatilar edi. Loyiha
amalga oshirlib bo’linganidan so’ng, tokenlar ko’rinishidagi kriptovalyutalar
egalariga ularning tokenlari miqdoriga teng bo’lgan tegishi mahsulotlar yetkazilib
beriladi yoki ular uchun tegishi hizmatlar amalga oshiriladi. Masalan,
gipotetik
Do'stlaringiz bilan baham: