MEHNAT MUHOFAZASIDA QONUNCHILIK ASOSLARI VA HUQUQIY
ME’YORLAR
Mehnat muhofazasida qonunchilik asoslari va huquqiy me’yorlar
Bizning davlatimizda ishchi va xizmatchilarning mehnat jarayonida sogʻliqni
saqlash, ya’niy kasb kasalliklari va tasodifiy jarohatlanish kabi baxtsiz xodisalarni
oldini olish davlat nazorati ostiga olingan.
Mustaqil Oʻzbekistan Respublnkasi Oliy kengashi 8 dekabr 1992 yildagi XIII
chaqiriq X sessiyasida tasdiqlangan yangi Bosh Qomusida Oʻzbekiston
fuqarolariga oʻzlariga ma’qul va jamiyatga foydali boʻlgan mehnat bilan
shugʻullanish, hunar oʻrgannsh, ilm olish, dam olish, sogʻliqni muhofaza qilish,
davolanish va boshqa huquqlar kafolatlangandir.
Respublikamiz qonunlaridan yana biri Oʻzbekiston Respublikasining "Mehnat
kodeksidir”, bunda mehnat muhofazasiga taalluqli barcha masalalar qonun asosida
tasdiqlangan. Bu qonun keng qamrovli boʻlib, oʻz tarkibida jamoa va shaxsiy
mehnat shartnomalarini tuzish (35-56 va 77-113 moddalar), mehnat qilish va dam
olish vaqtlari ( 114-125 va 126-152 moddalar ), ish haqqi va toʻlov qoidalari (153-
164 va 165-173 moddalar), mehnat va intizom va uning muhofazasi (174 - 184 va
211 - 223 moddalar), ayollar va yoshlar mehnati (224-238 va 239-257 moddalar),
mehnatkashlarning ijtimoiy sugʻurta ta’minoti (282 - 294 moodalar) va boshqa shu
kabilar inson hayotini osoyishtaligini va xavfsizligini ta’minlovchi tartib va
qoidalarni oʻzida mujassamlashtiradi.
1996 yil apreldan buyon amalda qoʻllanib kelinayotgan yana bir qonun
Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksidir [3].
Bunda mehnatkashlarning sogʻligʻi va mehnatni muhofaza qilish maqsadida
ma’muriy huquqbuzarliklarga nisbatan majburiy javobgarlik jazo choralari
tayinlangan.
Bu qonunlar mehnatkashlarimizni ish jarayonida xavfvsizliklarini muhofaza
qilish, ularni haq-huquqlarini himoya qilish, mehnat sharoitlarini sanitariya va
85
xavfsizlik talablariga javob bera oladigan saviyada ta’minlanishini nazorat qilishga
xizmat qiladi.
Shu boisdan qurilish tashkilotlarining ma’muriyati xavf-xatarsiz ish sharoitini
ta’minlay oladigan zamonaviy texnika vositalari, ilgʻor qurilish uslublarini joriy
qilishga masgʻuldir. Buning uchun belgilangan tartibda mablagʻ ajratiladi va u
aynan mehnat xavfsizligini ta’minlovchi chora-tadbirlarni oʻtkazish uchungina
sarflanmogʻi kerak.
Sanoat korxonalari va fuqaro binolarini loyihalash, qurish va ularni
foydalanishda albatta mehnat muhofazasi tartib qoidalariga rioya qilinmogʻi shart.
Loyihalarda qurilish jarayonidagi mehnat xavfsizligi toʻla ta’minlanmagan boʻlsa,
bunday loyihalar ishlab chiqarishga ruxsat etilmaydi va qurilayotgan biror sanoat
korxonasi, yoki jamoat binolari qurilishida inson salomatligi xavfsizlik qoida va
me’yorlarida koʻrsatilganidek ta’minlanmagan boʻlsa, bunday binolar ham
foydalanishga qabul qilinmaydi.
Bu qonunlardan tashqari qurilishda mehnat muhofazasini boshqaradigan bir
qator xavfsizlik me’yorlari mavjudki, ularga quyidagilar misol boʻla oladi:
-SNiP SH-4-80 - Mehnat xavfsizligi boʻyicha qurilish me’yorlari va qoidalari;
-San PnN 0029-94 - Radiatsiya xavfsizligi boʻyicha sanitariya qoidalari va
me’yorlari:
-GOST 12.1.001-12.1.002-78 SSBT (mehnat xavfsnzligi megʻzonlari tizimi I.
GOST 12.4.011-87. 12.4.087-84, 12.4.089-86, NRB-76 va boshqalar sanoat
korxonalaridan chiqayotgan zararli moddalar va xavfli omillardan himoya qiluvchi
shaxsiy vositalar megʻzonlari;
-mehnat muhofazasini boshqarish qoidalari (qurilish sanoati va qurilish-
montaj tashkilotlarida mehnat xavfsizligi xizmati haqida umumiy qoidalar);
-xotin-qizlar, yoshlar va ish faoliyati sust boʻlgan shaxslar mehnatini maxsus
muhofazasi haqida qoida va me’yorlar;
-mehnat muhofazasi borasida davlat va jamoa nazorati tashkilotlari faoliyatini
boshqaradigan qoidalar (Davlat togʻ-texnik nazorati qoʻmitasi - Gosgortexnadzor);
86
-mehnat muhofazasiga taalluqli qonunlarni buzganligi uchun javobgarlik va
h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |