4. «Biz quvnoq bolalar» o‘yin
. O‘ynovchilarning hammasi maydonchaning
bir tomonidagi chiziqning orqasida turib quyidagi so‘zlarni gapiradilar: «Biz
quvnoq bolalar yugurish va o‘ynashni sevamiz, qani bizga yetib ko‘ringchi». Bu
so‘zlarni aytib bo‘lganlaridan keyin hamma bolalar qarama-qarshi tomondagi
xonaga yugurib o‘tadilar, onaboshi esa maydonchaning o‘rtasida turib ularni
«tutishga» harakat qiladi. «Tutilganlar» onaboshiga yordamchi bo‘lib qoladilar.
Hamma o‘yinchilar tutib bo‘lingandan so‘ng, o‘yin tugaydi. Chiziqdan tashqarida
ushlash mumkin emas. O‘yinchilarning maydonchadan tashqariga yugurib
chiqishlari man etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |