177
tayyorlash uchun), o‘gʻil bolalarga “Aylanadan tashqarida” (futbol o‘yiniga
tayyorlaydigan).
Yoki o‘gʻil bolalrga chidamlilikni, kuchni rivojlantirishni tarbiyalash uchun
qizlarga-koordinatsion qobiliyatni tarbiyalaydigan o‘yin beriladi. O‘yinga ma’lum
vaqtni belgilash shartdir. Chunki uni o‘ynovchilarni charchashi, o‘yinni yetarli
darajada o‘zlashtirmaganligi va boshqa sabablar bilan bogʻliq bo‘lishi mumkin.
Darsda o‘yin o‘quvchilarni sogʻlomlashtirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Shuning uchun hammadan ko‘ra uni maydonchada o‘tkazilgani yaxshi. Agarda
o‘yin bino ichida o‘tkaziladigan bo‘lsa, unda ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan gigiyenik
sharoit yaratilishi kerak.
Tibbiy ko‘rikdan keyin asosiy guruhga kiritilgan, bolalar ularni sinf uchun
jismoniy tarbiya bo‘yicha dasturda berilgan, barcha harakatli o‘yinlarda
qatnashishlari mumkin. Maxsus tibbiy guruhga ajratilgan bolalra o‘yinda faol
qatnashish istaklarini bildirganligini hisobga olmasdan, ularni harakatini
chegaralash zarur. Ularga harakat qilishni talab qilmaydigan yoki o‘yin vaqtini
qisqartirish nafsoniyatiga tegmaydigan shunga o‘xshash rollarni berish kerak.
Shuningdek ularni hakamni yordamchisi, ochkolarni hisoblaydigan sifatida jalb
qilish mumkin. Shu bilan bir vaqtda zaif bolalarni ularni salomatligini
mustaxkamlash uchun ularni kuchlari yetadigan o‘yinlarga jalb qilish kerak.
Jismoniy tarbiya darslarda harakatli o‘yinlar o‘quv yilini har bir choragiga
o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan mavsum va vazifalarini hisobga olgan xolda butun
o‘quv yili bo‘yicha rejalashtiradi.
Rejalashtirishda o‘quv yili bo‘yicha
dasturda taklif qilingan, o‘yin ro‘yxatiga
amal qilish kerak. O‘qituvchi maktabda ishlash sharoitida kelib chiqqan xolda bu
o‘yin ro‘yxatiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishi mumkin: bolalarning milliy
tarkibi, geografik sharoitiga, shugʻullanuvchilarning tayyorgarligiga mashgʻulotni,
jixozlar va boshqalar uchun binolar bo‘lishi zarur.
O‘yin uchun soat miqdori dasturda berilgan. Biroq ishni sharoitidan va
o‘rgatish vazifalaridan kelib chiqqan xolda ayrim o‘zgarishlar kiritish mumkin.
O‘quv yiliga mo‘ljallangan o‘yinni, barcha o‘quv materialini rejalashtirishni
hisobga olish bilan ularni choraklar bo‘yicha taqsimlab chiqish kerak. O‘zbekiston
Respublikasi sharoitida maktablarda 1,2 va 4 chorakda maktab maydonchasida
o‘tkaziladi, shuning uchun rejaga koptokni uzoqqa uloqtirish, har xil masofalarga
yugurish, o‘yin-estafetalari kiritilishi mumkin.
3-4 sinfdan boshlab 1 va 4 choraklardan o‘quv materialini asosi yengil
atletika mashqlaridan tashkil topgan, harakatli o‘yinlar faqat aloxida yengil atletika
malaklarini mustaxkamlaydi va takomillashtirishga yordam beradi. Ana shu
maqsadda tez yugurish, to‘siqlardan oshib o‘tish, sakrash va uloqtirish bilan
estafetalar o‘tkaziladi.
O‘yin davom etishi va ularni vazifalariga bogʻliq bo‘lgan xolda o‘yinni
choraklar bo‘yicha taqsimlanadi. Yangi o‘yinlar asosiy 1-2-3 chorak oxirida
o‘rganib oladilar 1-chorakni boshida o‘tgan o‘quv yilida o‘rganilgan o‘yinlarni
o‘zgartiradilar va mustaxkamlaydilar 4-chorakda esa ushbu o‘quv yilida o‘tilgan
o‘yinlarni asosan murakkablashtiriladi va mustaxkamlaydilar.
Choraklar bo‘yicha rejalashtirilganda, xuddi shunday darslar ham o‘yinni
178
o‘tishi va takrorlanishi ketma-ketligi ham nazarda tutish kerak. O‘quv yilining
boshida har bir sinfda ko‘proq yengil o‘yinlar o‘tkaziladi, oxirida esa uni
murakkablashtiriladi. O‘qituvchi o‘quv yilining oxirida o‘quv materialini
o‘zlashtirilishini sifatini hisobga oladi va kelgusi o‘quv yilida uni rejalashtirish
uchun tegishli xulosalar qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: