7. «Do‘ngdan-do‘ngga sakrash» o‘yini.
o‘yinchilar bir necha jamoaga
bo‘linib, bir kishilik kolonnaga saflangan holda start chizigʻi oldida turadilar.
Startdan finishgacha bo‘lgan to‘gʻri yo‘nalishda bir-biridan 60-80 sm oraliqda,
diametri 25-30 sm 10-12 ta aylana (do‘ng) chiziladi. O‘qituvchining signali bilan
komanadalarning dastlabki o‘yinchilari startdan finishgacha do‘ngdan-do‘ngga
sakrab boradilar va orqaga yugurib kelib, o‘zlarining kolonnasi orqasiga o‘tib
turadilar. Birinchi yugurib kelgan o‘yinchiga 5 ochko, ikkinchi o‘yinchiga 4
ochko, uchinchisiga 3 ochko beriladi. Shundan so‘ng poygachilar yugurishni
davom ettiradilar. O‘yin ohirida eng ko‘p ochko to‘plagan jamoa gʻolib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |