Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Ochiq raketka nakati (oʻng tomondan). Oʻng tomondan top-spin



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/400
Sana23.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#405762
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   400
Bog'liq
fayl 1815 20210915

Ochiq raketka nakati (oʻng tomondan). Oʻng tomondan top-spin
 
Oʻng tomondan nakat hujumga oʻtuvchi usullarning asosiylaridan biridir. Bu 
holda  raketka  tepaga  va  oldinga  harakatlanadi  va  koptokning  tepa  yon  qismiga 
uradi. Koptokka urish tartibi quyidagicha: oyoqlar yelka kengligida, tizzalar biroz 
bukilgan.  Chap  oyoq  bir  oz  oldinga  qoʻyilgan.  Tana  ogʻirligi  ikkala  oyoqqa  bir 
maromda  boʻlingan.  Tananing  tepa  qismi  stol  tarafga  bir  oz  chaproq  egilgan, 
raketka  ushlagan  qoʻl  zarba  uchun  orqaga  uzatilgan.  Raketka  ushlagan  qoʻl 
oyoqlar, raketka va yaqinlashib kelayotgan koptok teng tomonli uchburchak hosil 
qilganda  harakatga  keladi.  Koptok  stolga  tegib,  sakrab,  eng  baland  nuqtaga 
yetganida zarba beriladi va raketka ushlagan qoʻl chapga-tepaga qaytadi. Raketka 
koptokka  tekkanida  qoʻlning  yelkaoldi  qismi  koptokdan  oldinga  harakatlanadi. 
Raketka yoy shaklida harakatlanib, sekin-asta egilish burchagini oʻzgartirib boradi 
va  natijada  koptokni  tepadan  aylantirish  sodir  boʻladi.  Qoʻl  kafti  tezkor  harakat 
bilan koptokni aylantiradi. Zarba berish vaqtida tana ogʻirligi chap oyoqqa oʻtadi. 
Zarbadan soʻng tezda avvalgi holatga qaytish zarur.  
Bu  zarba  usulining  maqsadi  koptokni  tepadan  kuchli  aylantirishga 
erishishdir.  U  katta  tezlikda  bajariladi,  shu  sababli  zarbani  qaytarishda  raqibga 
qiyinchilik  tugʻdiradi.  Birinchidan,  koptokni  stolga  tegib,  sakrashi  har  vaqt 
kutilmagan  holdir.  Ikkinchidan,  raketka  bilan  qabul  qilingan  koptok  ham 
boʻysunmasligi mumkin, shu sababli uni kerakli yoʻnalishda harakatlantirish juda 
va  juda  murakkab.  Top-spinning  yaxshi  tarafi  shundaki,  aylantirib  zarba  berilgan 
koptok toʻr ustidan baland uchib oʻtadi va zarba bergan oʻyinchiga ustunlik beradi. 
Top-spinni har doim  qoʻllash mumkin, deb hisoblanadi, lekin bunday emas. Top-
spinda  uzatilgan  qoʻl  bilan  keng  va  kuchli  zarba  beriladi.  Harakat  boshlanishida 
qoʻlni tekislab olish raketka tezligini va zarbani qoʻlning kaft va yelkaoldi qismlari 
bilan kuchaytirish imkoniyatini beradi. Nakat zarbasidan farqli oʻlaroq, top-spinda 
qoʻl harakati tepaga yoʻnaltiriladi, koptokka zarba berish sirpanma tarzda boʻladi. 
Boshlangʻich holat: chap oyoq bir oz oldinga qoʻyilgan, oʻng qoʻl tekis holda oʻng 
tarafdan  orqaga  yoʻnalgan.  Tana  zarbani  kuchaytirish  uchun  oʻng  tomonga 
burilgan.  Tizzalar  bukilgan,  tana  tinch  holatda.  Top-spin  zarba  tomoniga  tezkor 
harakat qilish bilan boshlanadi. Oʻng qoʻl oldinga-chapga-balandga harakatlanadi. 
Tana ogʻirligini oʻng oyoqdan chap oyoqqa oʻtkaziladi. Inertsiya natijasida tana va 
qoʻl  chap  tarafga  ketib  qolishi  mumkin.  Koptokka  urilganda  raketka  undan 


296 
sirpanib oʻtishi zarur. Bu holda koptokning raketkaga urilish kuchi juda past. Lekin 
qoʻl  kafti  unga  soʻnggi  tezlanish  beradi. Bundan  tashqari  top-spinning  oʻng  taraf 
varianti ham bor, u yonbosh top-spin deb ataladi. Toʻgʻri top-spin va yonbosh top-
spinning  farqi  raketka  ushlagan  qoʻlni  koptokka  yonboshdan  yoʻnaltirib,  qoʻl 
kaftini koʻproq pastga tushirishdadir. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   400




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish