Bosh orqasidan chapdan “smesh” zarbasi:
bosh orqasidan chapdan
amalga oshiriladigan “smesh” zarbasi ham eng samarali hujum zarbalardan biridir.
Volan chapdan va baland bo‘lmagan holda uchganida, chapdan to‘g‘ri zarba bilan
javob berish lozim. Raketkani ushlab turgan qo‘l o‘ngdan harakatni boshlab,
boshning orti chapga o‘tadi, tananing og‘irligi chap oyoqqa o‘tkaziladi. O‘ng
oyoqning uchida turgan holda sportchi qoladi, tanasi ko‘krak qismi chapga
egiladiva zarba yelka-tirsak, ya’ni butun qo‘l bilan bajariladi. Bu zarbalarni o‘ng
yon chiziq bo‘ylab amalga oshirish yoki yon chiziqqa nisbatan chapga bajarish
lozim. Juda baland uchayotgan volanlarni sakragan holda chap yelkadan 180°
burilgan holda bajarishni o‘rganish afzal. Bunda volanni uzoqdagi chap burchakka
yuborish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |