O‘yinni tamomlash
O‘yin davom etishi, shugʻullanuvchilarning tarkibiga mashgʻulotni shartiga
va o‘yinni xarakteriga bogʻliq bo‘ladi.
O‘yin o‘z vaqtida tamomalsh juda muhimdir. O‘yinni olindan tugatib
qo‘yish va uni cho‘zib borish ham mumkin emas.
O‘yinni davom etishi o‘yin qatnashchilari soniga (o‘ynovchilarni soni
qancha kam bo‘lsa, o‘yin shuncha qisqa bo‘ladi), ularni yoshiga (kichik maktab
yoshidagi bolalar uzoq vaqt davomida zo‘riqishi mumkin emas), o‘yinni
mazmuniga (katta zo‘riqishni talab qiladigan o‘yinlar, qisqa bo‘lishi kerak),
o‘yinni o‘tkazish joyiga rahbar tomonidan taklif qilingan me’yorda, rahbarni
tajribasiga (kam tajribaga ega bo‘lgan rahbarni o‘yini uzoq davom etmaydi) va
boshqa sabablarga bogʻliq bo‘ladi.
Rahbar o‘yini tamom bo‘lish vaqtini aniqlash shart. Agar o‘yinda
charchashni birinchi alomatlari paydo bo‘lishi bilan, (e’tibor bermaydigan bo‘lsa,
qoidani buzganda, harakatni to‘gʻri bajarishi, maqsadaga erishishda qa’ttiyatlikni
yetarli darajada namoyon qilmaslik, qizikishni pasayishi ko‘pchillik o‘yin
qatnashchilarida nafas olishni tez-tez bo‘lishi) o‘yinni to‘xtatish kerak.
Rahbar o‘yin oldidan belgilangan vaqitda ya’ni o‘yinni ma’lum vaqit
o‘tishidan keyin to‘xtatishi mumkin. Bularni hisobga olagan xolda, o‘yin
qatnashchilarini o‘zlarini kuchlarini mos ravishda taqsimlaydilar vaqtini tomom
bo‘lishiga 1-3 daqiqa qolganda o‘yin qatnashchilari ogoxlantiriladi.
Jamoa bo‘lib o‘ynaladigan o‘yin oldidan iloji boricha o‘yin qatnashchilariga
uni necha marta qaytarishini aytish kerak.
Agar o‘yin ma’lum vaqtda tomom qilishni bilmasalar rahbar uni qachon
tomom bo‘lishi to‘gʻrisida ogoxlantiradi masalan, “O‘yin boshi almashmaguncha,
o‘ynaymiz”, “Ya’ni 1-2 daqiqa o‘ynaymiz” va x.k. O‘yinni tomom bo‘lishi o‘yin
qatnashchilari uchun kutilmagan xolat bo‘lmasligi kerak. chunki bular bolalar
o‘rtasida salbiy kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi.
Shuningdek o‘yinni davom etishi mashgʻulotni shakliga bogʻliq. Jismoniy
tarbiya darsida o‘tkaziladigan, o‘yin vaqti chegaralarngan bo‘ladi. Agarda u
sinfdan tashqari vaqtda o‘tkaziladigan bo‘lsa, unda u uzoq davom etishi mumkin
va bolalarda ko‘proq chidamlilikni tarbiyalashga yordam beradi. Bunday o‘yinlar
o‘quvchilarni yana ham yuqori kuchlanishlarga o‘rgatadi.
Shunday qilib rahbar o‘yinni shu vaqtda ya’ni qachonki bolalar ham
charchamasdan unga yanada qiziqish ortaganda ular tetik, to‘laqonlik harakatda
bo‘lganvaqtda tomom qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |