Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Katta yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o‘yinlar



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/400
Sana23.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#405762
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   400
Bog'liq
fayl 1815 20210915

Katta yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o‘yinlar 
Katta  maktab  yoshidagi  o‘quvchilarni  o‘qitish  xarakteriga,  jamoat  ishlari 
bilan  bandligi  va  boshqa  jihatlarga  bog‘liq  ravishda,  o‘smir  va  qizlar  harakatli 
o‘yinlarga kam vaqt ajratadilar. Bunday paytda harakatli o‘yinlar amaliyotida turli 
o‘zgarish va qisqarishlarga yo‘l qo‘yiladi.  Bu hol alohida sport turlarining o‘ziga 
xos  tashqi  ko‘rinishida  ham  namoyon  bo‘ladi.  Ma`lumki,  o‘smir  va  qizlarning 
jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishida sport muhim o‘rinni yegallaydi. 
Harakatli  o‘yinlardan  umumiy  jismoniy  tayyorgarlikni  va  maxsus  sport 
tayyorgarligini oshirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal yetishda foydalaniladi.  
14-17 yoshli o‘smir  va qizlar bilan harakatli o‘yinlar o‘tkazishda (9-11 sinf 
o‘quvchilari)  shu  narsalarni  ye`tiborga  olish  kerakki,  bu  yoshda  organizmning 
o‘sishi  va  rivojlanishi  xali  davom  yetadi.  Skeletning  to‘liq  suyakka  aylanish 
jarayoni, mushak kuchining oshib borishi va ichki organlarning rivojlanishi to‘liq 
tugallanmagan bo‘ladi.  


160 
Yurak-qon  tomir  va  asab  tizimlari  faoliyatida  ta`sirlanish  yoki 
qo‘zg‘aluvchanlikning oshib ketishi ayrim narsalarga tez jahl chiqishida namoyon 
bo‘lishi  mumkin.  14-16  yoshdagi  o‘smir  va  qizlar  organizmining  chidamliligi 
kattalar organizmi bilan taqqoslashda ma`lum me`yorda chegaralanganligi ma`lum 
bo‘ladi.  
O‘smirlarda tanasi og‘irligining ortib borishi asosan mushaklar massasining 
oshishi  hisobiga  ro‘y  beradi.  Ularda  tana  og‘irligiga  nisbatan  mushak  kuchining 
rivojlanishi  ortda  qolishi  sezilmaydi.  Qizlarda  yesa  o‘smirlarga  mushak  tizimi 
nisbatan  sust  rivojlanadi  (chunonchi,  yelka  kamari  mushagi  bo‘shroq).  Biroq 
qizlarning  mushaklari  kam  rivojlanishiga  qaramay,  ular  tana  og‘irligi  o‘smirlar 
tana  og‘irligidan  orqada  qolmaydi.  Bu  tananing  uzunligi  tos  belbog‘i  va  yog‘ 
qatlamlarining rivojlanishi bilan bog‘liqdir. 
14-17  yoshli  o‘smir  va  qizlar  qo‘l,  oyoqlari  va  tanasi  uzunligining  ushbu 
o‘zaro  nisbatiga  ko‘ra,  qizlarda  ko‘proq  tana  uzun,  oyoqlari  o‘smirlarga  nisbatan 
qisqa bo‘lib, natijada qizlar qadami uzunligi kaltaroq bo‘ladi.  
Katta  maktab  yoshidagi  o‘quvchilarda  abstrakt  (mavhum)  fikrlash 
imkoniyati,  vaqt,  hodisalar,  o‘zlari  va  o‘rtoqlariga  nisbatan  ongli  munosabatda 
bo‘lish, irodani mustahkamlash qobiliyati bir muncha ortadi.  
Ko‘pchilik  o‘smir  va  qizlarda  sport  turlari  bilan  shug‘ullanishga  bo‘lgan 
qiziqishi  uzil-kesil  aniqlanadi.  Muntazam  ravishda  tashkil  qilingan  harakatli 
o‘yinlar  o‘quv-sport  ishlarining  sifatini  oshirishga,  shug‘ullanuvchilar  harakat 
qobiliyatini  takomillashtirishga  va  jismoniy  rivojlanish  dinamikasiga  ijobiy  ta`sir 
ko‘rsatishi mumkin. 
Bu 
yoshda 
suyak-mushak 
apparatining 
rivojlanish 
jarayoni 
tugallanmaganligini  nazarda  tutgan  holda,  o‘yinda  uzoq  vaqt  davomida,  bir 
tomonlama  kuch bilan  ishlashga  yo‘l  qo‘ymaslik  kerak.  O‘yinda  haddan  tashqari 
yuqori yuklamani yugurish va sakrash bilan berish o‘smir va qizlarning yurak-qon 
tomir  va  asab  tizimiga  salbiy  ta`sir  ko‘rsatishi  mumkin.  Biroq  umumiy  jismoniy 
tayyorgarligini  oshirish  yoki  harakat  malakalarini  takomillashtirish  uchun 
qatnashchilarning  uzoq  vaqt  davomida  o‘yin  kombinatsiyalarini,  faol 
harakatlanishi  va  turli-tuman  birlikda  yoki  birikuvda  ko‘p  marta  takrorlashga 
(asab-mushak  yenergiyasini  sarflash  bilan  o‘zaro  bog‘lash  mumkin)  ruxsat 
yetiladi.  Bunda  qizlarning  o‘yin  davomidagi  harakat  imkoniyati  va  yutuqlari, 
tezligi,  koordinatsiyasi  va  chidamliligi  o‘smirlarga  nisbatan  kamligini  hisobga 
olish kerak.  
Qizlar bilan  o‘yin  mashg‘ulotlarida  tananing  kuchli  silkinishi  bilan  bog‘liq 
bo‘lgan sakrash, qo‘lni keskin siltash harakatlarini, katta yuklama bilan, (ayniqsa 
yelka  kamariga)  bermaslik  zarur.  Katta  maktab  yoshidagi  o‘quvchilar  o‘rtasida 
amaliyotda  harakatli  o‘yinlarni  qo‘llashni  sport  gimnastikasi,  yengil  atletika  va 
harakatli o‘yinlar mashg‘ulotlarining vazifalari o‘zaro bog‘liq bo‘ladi.  
O‘yinda  turli-tuman  faollashtiruvchi  harakatlar  bilan  yugurish,  sakrash  va 
uloqtirishlarni birga qo‘shib bajarish yosh gimnastlarning jismoniy tayyorgarligini 
oshirishga  yordam  beradi.  Amaliyot  shuni  ko‘rsatadiki,  amaliy  harakat 
malakalarini  keng  doirada  shakllantirish  gimnastika  mashqlarini  samarali 
o‘zlashtirishda ijobiy ta`sir ko‘rsatadi.  


161 
Yengil  atletika  mashg‘ulotlarida  harakatli  o‘yinlardan  maqsadga 
yo‘naltirilgan  holda  foydalanish  keng  miqyosda  ye`tirof  yetilgan.  Chunki  yengil 
atletikaning  juda  ko‘p  yelementlari  (masalan,  tezlikni  oshirib  yugurish,  turgan 
joyidan  va  yugurib  kelib  uzunlikka  sakrash,  to‘pni  uzoqqa  uloqtirish)  harakatli 
o‘yinlarda  mujassam  va  ular  o‘yinchilar  tomonidan  yengillashgan  sharoitda 
bajariladi.  O‘yin  sharoitida  yegallangan  yugurish,  sakrash,  uloqtirish  malakalari 
nisbatan keyinroq, ko‘proq sport usullari va texnikasini chuqurroq o‘rganishda qo‘l 
keladi.  
Tajribali  trener-o‘qituvchilar  sport  o‘yinlari  mashg‘ulotlarida  turli  o‘yin 
mashqlariga  murojaat  qiladi.  Tajriba  shuni  ko‘rsatadiki,  bunday  harakatli 
o‘yinlarda soddalashtirilgan texnik usullarda va taktika harakatlarda foydalaniladi, 
bu sport o‘yinlarini yegallashda bevosita “yordamchi” ahamiyatiga yega. 
 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   400




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish