Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


O‘rta yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o‘yinlar



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/400
Sana23.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#405762
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   400
Bog'liq
fayl 1815 20210915

O‘rta yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o‘yinlar 
O‘smirlar foaliyatidagi boshqa o‘yin turlari orasida harakatli o‘yinlar kichik 
maktab yoshidagi bolalarga nisbatan kamroq o‘rin yegallaydi. O‘smirlarning didi 
yoki ko‘ngliga ma`qul harakatli o‘yinlar soni tobora kamayib borsa ham, biroq ular 
ko‘proq aniq shakllangan bo‘ladi. Bunday o‘yinlarning maqsadga yo‘naltirilganligi 
o‘smirlarning u yoki boshqa sport turiga bo‘lgan qiziqishini aks yettiradi.  
O‘qituvchi  harakatli  o‘yinlarni  o‘tkazishda  V-VIII-sinf  o‘quvchilarining 
yosh xususiyatlari, ular organizmi o‘sishi jihatlari bilan ifodalanishini unutmasligi 
va  shu  sababli  dars  mashg‘ulotlari  vaqtida  uyushtiriladigan  o‘yinlarni  asta-sekin 
murakkablashtirib, maqsadga muvofiqlashtirib borishi lozim. 
O‘smirlar  bilan  harakatli  o‘yinlarni  o‘tkazishda  11-14  yoshli  o‘g‘il  va  qiz 
bolalarda  (5-8  sinf  o‘quvchilari)ning  yoshini  hisobga  olish  kerak,  chunki  bu 
yoshda  organizm  birmuncha  tez  o‘sadi.  Bunda  suyak  sistemasi  tez  rivojlanib, 
ayniqsa  uzun  turubkasimon  yoki  naysimon  suyaklar  tez  o‘sadi  (qo‘l  va  oyoqlar), 
ichki a`zolar o‘sishda davom yetadi. 
O‘smirlar  tez  ta`sirchanligi  bilan  farqlanadilar.  Buning  sabablaridan  biri  – 
ko‘p  harakat  talab  qiladigan  o‘yinlar  o‘smirlarda  yurakning  tez-tez  qisqarishi  va 
qon  bosimining  oshishini  keltirib  chiqaradi.  Biroq  yuqorida  aytilganlardan 
chiniqqan o‘smirlarning sog‘lom yurishini to‘la sog‘lom yemas degan xulosa kelib 
chiqmaydi, albatta. A.A.Jemchujnikova, YA.A.Yagolinskiy, R.E. Moshilyanskaya 
va  boshqalarni  ishlarida  o‘smirlarning  yurak–qon  tomirlari  tizimi  tezlik  va 
chidamlilik  yuklamalariga  yaxshi  moslasha  olishi  namoyish  yetilgan.  Biroq 
o‘smirlarning  yurak–qon  tomir  tizimiga  haddan  tashqari  katta  yuklama  tushib, 
ortiqcha mashq qilingan holat yurakka salbiy ta`sir ko‘rsatishi mumkin. 
O‘smirlarning  yurak-qon  tomir  tizimlarini  rivojlantirishda  o‘ziga  xos 
xususiyatlarini  hisobga  olish,  harakatli  o‘yinlar  bilan  shug‘ullanishida  quyidagi 


158 
asosiy talablarga rioya qilinishi kerak: 
Asta-sekinlik, ketma-ketlik, izchillik, xilma-xillik, har taraflamalilik. 
O‘yinda  haddan  tashqari  katta  yuklama  berishdan  yehtiyot  bo‘lish  kerak, 
Bunda o‘yinchilarni alohida yondashishga imkon boricha, amalga oshirish muhim 
ahamiyatga yegadir. 
O‘smirlarni jismoniy rivojlantirish jarayonida o‘ziga xos xususiyatlardan biri 
–  o‘pka  tiriklik  sig‘imining  bir  muncha  o‘sishidan  iborat.  O‘sib  kelayotgan 
organizmning  kislorodga  bo‘lgan  yehtiyoji  kuchayadi.  Shu  davrda  o‘smirlarda 
nafas  olish  ko‘pincha  yetarli  tejamkor,  chuqur  yemas,  balki  yuzaki,  bo‘ladi.  Shu 
bilan  birga  harakatli  o‘yinlar  bilan  shug‘ullanish  alohida  gigiyenik  ahamiyatga 
yega.  O‘yinda  xilma-xil,  ser  harakatlanish  nafas  olishga  oshirilgan  talabini  kasb 
yetadi  va  shu  bilan  birga  ko‘proq  nafas  olishga  tejomkorlik  yo‘llarini  ishlab 
chiqarishga yordam berish tiplariga yega tez-tez chuqur nafas olish. 
Markaziy asab tizimi yuqori qo‘zg‘aluvchanligi va o‘zgaruvchan jarayonlari 
bilan  ajralib  turadi.  Shuning  uchun  o‘smirlar  harakatli  o‘yinlarini  ortiqcha 
asabiylashmay, charchashga yo‘l qo‘ymasdan, tartibli tarzda o‘tkazish lozim. 
Bosh  qobig‘ini  tartibga  solishni  borgan  sari  oshib  borayotgan  harakatlarini 
tejamkorlikka  va  aniqlikni,  koordinatsiyani  yaxshilanishiga  yordam  beradi, 
maqsadga  yo‘naltirilgan  harakatni,  ongni,  aqlni  tetiklashtirish  imkoniyatini 
oldindan  aniqlaydi.  O‘smirlarda  bosh  qobig‘ining  hissiyot  ustidan  nazoratini 
osonlashtirish,  ularga  harakatli  o‘yinlar  jarayonida  o‘zini  tuta  bilish,  intizomlilik, 
o‘yinda o‘rtoqlariga nisbatan xushmuomalalikni tarbiyalaydi. 
O‘smir  qobiliyati,  uning  yangi,  takomillashgan  harakatlari  unga  murakkab 
harakatli  o‘yinlarda  zarur  bo‘lgan  texnikani  muvaffaqiyatli  yegallash  imkonini 
beradi. Ayniqsa, o‘yin yepchillik, muvofiqlik, harakatlarning o‘zaro mos kelishini 
talab qiladi. Bunday o‘yinlar yetarli uncha ko‘p bo‘lmagan jismoniy kuchayishi va 
o‘yin qatnashchilarini kuzata olish yetarli uzoq davom yetishi mumkin.  
Ikki tomonlama o‘yin o‘smir mustaqillikka va mardonavor harakat qilishga 
undab,  uni  o‘zining  jamoasi,  jamoasining  sharafini  himoya  qilishga  qiziqishini 
orttiradi. Biroq bunda o‘smirlarning o‘zgarib turadigan xulqi, o‘zlariga to‘g‘ri baho 
bera  olmaslik  harakatli  o‘yinlarning  noto‘g‘ri  tashkil  qilinishi  oqibatida  noxush 
natijalar kelib chiqishi mumkin. 
O‘smirlarning  ko‘pchilik  o‘yinlari  o‘yinchilar  o‘rtasida  yetarlicha  darajada 
murakkab  o‘zaro  munosabatlarda  tashkil  qilinadilar.  Bu  o‘yinlar  asosan  jamoalar 
guruhlar  yoki  jamoalarga  bo‘linib  o‘ynaydigan  o‘yinlardir.  Shunga  o‘xshash 
o‘yinlarda  o‘smirlar  jamoalari g‘alabasi  uchun  bir  maqsad  yo‘lida  ongli  ravishda 
birlashib kurashadilar.  
Kichik yoshdagi bolalar o‘yinlariga nisbatan o‘rta maktab yoshidagi bolalar 
o‘yinlarining  qoidalari  murakkabroq  bo‘lib,  ular  o‘rtasidagi  o‘yin  nizolarini  hal 
yetishda  o‘yin  qatnashchilaridan  iroda  kuchi,  sabotlilik  va  chidamlilik  namoyon 
yetishni talab qiladi.  
O‘smirlarning  dramalashgan  o‘yinlarga  bo‘lgan  qiziqishi  sekin-asta  ortib 
boradi.  Dramalashgan  o‘yinlar  «turar  joylarda»  ko‘pincha  sayyohlar,  ovchilar, 
kurashni  o‘zida  aks  yettirgan  bo‘ladi.  Bunday  o‘yinlarda  ko‘proq  izquvarlik 
yelementlari,  aloqa,  sanitariya  bo‘yicha  oddiy  malakalar  qo‘llanib,  bu  ayniqsa 


159 
bolalar dam olish oromgohlarida keng qo‘llaniladi. 
Dramalashgan  o‘yinlar  ko‘pincha  musiqa  jo‘rligida  va  qahramonlarning 
raqslari bilan o‘tkaziladi. Bolalar katta yoshdagi kishilar hayoti, mehnat  faoliyati, 
tabiiy  hodisalarni,  odamlar,  hayvonlar  va  qushlarning  hatti-harakatini  kuzatib 
hamda  xalq  tomoshalarida  qatnashib,  o‘zlari  ko‘rgan  narsalarni  o‘yinlarida 
tasvirlaydilar. Hayotni tasodifiy aks yettirish mazmunli-rolli, mazmunli – harakatli 
va sport o‘yinlari uchun asos bo‘lgan. 
O‘smirlar  orasida  dramalashgan  o‘yinlarga  nisbatan  sport  yelementlarini 
ichiga  olgan  o‘yinlariga,  ya`ni  texnik  va  tashxisi  yelementlari  mujassamlashgan 
o‘yinlar, shuningdek sport o‘yinlariga ko‘proq o‘rin beriladi. 
Respublikamizda  o‘smirlar  o‘rtasida  sport  o‘yinlari  keng  ommalashib 
bormoqda.  Tabiiyki,  o‘smirlar  faqatgina  natija  uchun  o‘tkaziladigan  -  futbol, 
bastketbol, qo‘l to‘pi kabi musobaqalarni tomosha qilib qolishi bilan cheklanmay, 
balki o‘smirlar sport musobaqalari kattalar o‘yin qoidalaridan farqli, ya`ni kichik 
maydonlarda,  o‘yin  vaqti  qisqartirilgan,  o‘yin  qoidalari  soddalashtirilib,  vazni 
yengilroq to‘plarda o‘tkazilishi mumkin. 
O‘smir-qizlar  o‘yinda  o‘g‘il  bolalarga  nisbatan  kuchsizroq,  ammo  ular 
nisbatan  uzoq  davom  yetadigan,  katta  kuch  sarf  qilinadigan,  tez  harakatni  talab 
qiladigan  o‘yinlarda  ular  bilan  barobar  kurasha  oladilar,  shuning  uchun  ayrim 
jamoalarga 
bo‘linib 
o‘ynaladigan 
o‘yinlarda 
(«Arqon 
tortishish», 
«Tortishmochoq»,)  ularga  o‘zlarining  tengqurlari  o‘g‘il  bolalar  jamoasiga  qarshi 
kurashish qiziqarli kechadi. 
O‘smir-qizlar  organizmini  mustahkamlashda  umumiy  ahamiyatga  yega 
bo‘lgan o‘yinlar foydali (murakkab to‘siqlardan oshib o‘tish va muvozanat saqlash 
yelementlari  mavjud  o‘yin-  yestafetalar)  va  qo‘l-oyoqlarning  yepchil,  aniq 
harakatini,  gavdaning  yegiluvchanligini  talab  qiladigan  o‘yinlar  (to‘pni  otish  va 
ilib olish, sakrash, yugurib o‘tish bilan birga qo‘shib bajariladigan o‘yinlar). 
 O‘smir-qizlar  o‘yin  joylarida  o‘yinashni  yaxshi  ko‘radilar.  Bunday 
o‘yinlarda  ayrim  qizlar  hujumkorlik  harakatlariga,  ya`ni  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  raqibi 
bilan  yaqinlashib  borishga  qiziqsalar,  boshqalari  «aloqachi»  kabi  rollarni 
bajaradilar. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   400




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish