Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/400
Sana23.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#405762
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   400
Bog'liq
fayl 1815 20210915

Nazorat savollari: 
1. Mutaxassislik fanlari boʻyicha oʻquv faoliyatining qanday turlari mavjud?  
2. Qaysi umumkasbiy fanlarni bilasiz?  
3.  Fanlar  boʻyicha  oʻquv  faoliyatini  oʻquv-metodik  jihatdan  ta’minlashda 
eng asosiy hujjatlar qaysilar? 
4. Oʻquv-uslubiy majmualarning tarkibiga nimalar kiritiladi?  
 
2.2. Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil 
qilish 
 
Umumiy  oʻrta  ta’limning  asosiy  maqsadi  davlat  ta’lim  standartlariga 
muvofiq  har  bir  shaxsning  ta’lim  va  tarbiya  olishdagi  konstitutsiyaviy  huquqini 
roʻyobga chiqarish hisoblanadi. 
Umumiy  oʻrta  ta’lim  oʻquvchilarga  bilimlarning  zarur  hajmini  beradi, 
mustaqil  fikrlash,  tashkilotchilik  qobiliyati  va  amaliy  tajriba  koʻnikmalarini 
rivojlantiradi,  dastlabki  tarzda  kasbga  yoʻnaltirishga  va  ta’limning  navbatdagi 
bosqichini tanlashga yordam beradi. 
Umumiy oʻrta ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat: 
oʻquvchilar  tomonidan  muntazam  bilimlar  olinishini  ta’minlash,  ularda 
bilim  olish  ehtiyojini  rivojlantirish,  bazaviy  oʻquv,  ilmiy  va  umummadaniy 


12 
bilimlarni shakllantirish; 
oʻquvchilarda  milliy  hamda  umumbashariy  qadriyatlarni  uygʻunlashtirish 
asosida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, oʻz Vataniga va xalqiga 
sodiq fuqaroni shakllantirish; 
ta’limning  uzluksizligini  va  izchilligini,  umumta’lim  muassasalari  oʻquv 
dasturlarining oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari oʻquv dasturlari bilan 
uzviy bogʻliqligini ta’minlash; 
ta’lim-tarbiya jarayoniga oʻqitishning zamonaviy va innovatsion pedagogik 
uslublarini  hamda  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  keng  joriy  etish 
orqali ta’lim sifatini oshirish; 
oʻquvchilarning  individual  ijobiy  xususiyatlarini  aniqlash,  qoʻllab-
quvvatlash  va  rivojlantirish,  ularning  yuksak  darajada  ta’lim-tarbiya  olishlari, 
ijodiy  imkoniyatlarini  shakllantirish  va  rivojlantirish  uchun  shart-sharoit  yaratib 
berish;  
mehnat  qilish  va  mustaqil  ijodiy  fikrlash  koʻnikmalarini  shakllantirish, 
oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish, oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini 
ongli ravishda tanlash va kasbiy ta’lim dasturlarini oʻzlashtirishda koʻmaklashish. 
Umumta’lim  muassasalari  umumiy  oʻrta  ta’limning  maqsad  va  vazifalarini 
amalga  oshirish  uchun  zarur  tashkiliy,  oʻquv-uslubiy,  moddiy-texnik  va 
psixologik-pedagogik shart-sharoitlarni yaratib beradi. 
Umumiy oʻrta ta’limni tashkil etishga quyidagi bosqichlar kiradi. 
Umumiy oʻrta ta’lim boshlangʻich ta’lim (I-IV sinflar) hamda umumiy oʻrta 
ta’lim (I-IX sinflar) bosqichlaridan iborat boʻlib, kunduzgi ta’lim shaklida amalga 
oshiriladi. 
Umumiy  oʻrta  ta’lim  muntazam  va  tizimli  bilimlar  olinishini,  keng 
dunyoqarash  hamda  ijodiy  mustaqil  fikrlash  shakllantirilishini,  oʻquvchining 
barkamol  shaxs  sifatida  kamol  topishini,  uning  qiziqishlari  va  ijodiy 
qobiliyatlarining rivojlantirilishini ta’minlaydi. 
Umumiy  oʻrta  ta’lim  umumta’lim  muassasasi  bitiruvchilariga  yoʻnalishni 
ixtiyoriy tanlash asosida ta’limni oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida 
davom ettirish huquqini beradi. 
Umumiy  oʻrta  ta’lim  mazmuni  oʻquv  rejasi  davlat  va  maktab 
komponentlardan iborat boʻladi. 
Davlat komponentlari umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standarti bilan 
belgilanadi  va  oʻquvchilarning  oʻrta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalarida 
bilimlar  asoslarini  yanada  puxta  oʻrganish  va  kasb-hunar  egallashi  uchun  yetarli 
boʻlgan zaruriy darajani belgilaydi. 
Maktab  komponentlari  oʻquvchining  ehtiyojlari  va  qobiliyatlaridan, 
maktabning  moddiy-texnik  va  kadrlar  bilan  ta’minlanganlik  darajasidan  kelib 
chiqib belgilanadi. 
Umumta’lim muassasalarining quyidagi turlari tashkil etilishi mumkin: 
boshlangʻich maktab (oʻqitish muddati 4 yil: I-IV sinflar); 
umumiy oʻrta ta’lim maktabi (oʻqitish muddati 9 yil: I-IX sinflar); 
ayrim  fanlar  chuqur  oʻrganiladigan  ixtisoslashtirilgan  maktab  (oʻqitish 
muddati 9 yil: I-IX sinflar); 


13 
ayrim  fanlar  chuqur  oʻrganiladigan  ixtisoslashtirilgan  maktab-internat 
(oʻqitish muddati 5 yil: V-IX sinflar); 
olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-
internati (oʻqitish muddati 7 yil: V-XI sinflar); 
jismoniy  yoki  psixik  rivojlanishida  nuqsoni  boʻlgan  bolalar  uchun 
ixtisoslashtirilgan  maktab  (maktab-internat)  (oʻqitish  muddati  9  (10)  yil:  I-IX  (X) 
sinflar); 
sanatoriy  turidagi  ixtisoslashtirilgan  maktab-internat  (oʻqitish  muddati  9 
yil: I-IX sinflar); 
alohida  sharoitlarda  ta’minlash,  tarbiyalash  va  ta’lim  berishga  muhtoj 
bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab (oʻqitish muddati zaruriyatga koʻra). 
Ta’lim  turlarining  uzviyligini  ta’minlash  maqsadida  oʻquv-tarbiya 
majmualari tashkil etilishi mumkin.  

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   400




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish