139
bilan o‘rgatish va fazilatlarni rivojlantirish bir vaqtda o‘tishi kerak. Masalan, sprint
texnikasini o‘zlashtirish, odatda, kuchni, tezkorlikni va maxsus chidamlilikni
rivojlantirish bilan birga bo‘ladi. Yangi boshlovchilar bilan birinchi
mashg‘ulotlarning bosh vazifasi – oddiy va to‘g‘ri texnikani o‘rgatishdir.
Keyinchalik uni qayta o‘rganmasdan, faqat harakat yo‘nalishini aniqlab ularni
tezlashtirib, ijro doirasini oshirib, yangi elementlar qo‘shib yaxshilay borish
mumkin. Yangi boshlayotganlar o‘zlariga yoqqan yengil atletika turi bilan
shug‘ullana boshlaganlari ma’qul. Ularda birinchi mashg‘ulotdan boshlaboq sport
mashqlariga qiziqishni hosil qilish – keyinchalik sport mashqlari jarayonining
muvaffaqiyatli o‘tishi garovidir. Lekin endi boshlovchi yengilatletikachilarning har
darsiga sportcha yurish va sekin yugurish (chigal yozishda), qisqa masofaga
yugurish yoki g‘ovlar osha yugurish kiritiladi. Keyin bularga uloqtirishning bir
turi, so‘ng sakrashning bir turi qo‘shiladi va oxirida sekin sur’atda yugurish bilan
yakunlanadi. Shunday qilib, shug‘ullanuvchilar bir darsda bir necha yengil atletika
turining texnikasini bila boradilar. Asta-sekin, darsdan-darsga o‘tgan sari ular
yengil atletika asosiy turlarining hammasidagi elementar texnikani o‘zlashtira
boradilar. Bu har tomonlama jismoniy rivoj topishga yordam beradi, harakatlarni
boshqara olish qobiliyatini oshiradi va sport ixtisosini to‘g‘ri tanlash uchun imkon
beradi. Yengil atletikaning asosiy turlari elementar texnikasini o‘rgatishdagi
ketma-ketlik Yurish Yugurish Sakrash Uloqtirish 1. Sportcha yurish 1. Uzoq
masofalarga yugurish 2. O‘rta masofalarga yugurish 3. Qisqa masofalarga yugurish
4. Qisqa masofalarga estafetali yugurish 5. G‘ovlar osha yugurish 6. 3000 m ga
to‘- siqlar osha yugurish 1. Yugurib kelib uzunlikka sakrash 2. Yugurib kelib
balandlikka sakrash 3. Yugurib kelib uch hatlab sakrash 4. Langarcho‘p bilan
sakrash 1. Yadro itqitish 2. Lappak uloqtirish 3. Granat uloqtirish 4. Nayza
uloqtirish 5.
Bosqon uloqtirish
Bu avvalo yangi boshlayotgan yengil atletikachilarning boshqa jismoniy
mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarida yaxshi tayyorgarlik ko‘rganlariga
taalluqlidir. Elementar texnikani egallash, har bir yengil atletika turiga xos bo‘lgan
o‘rgatish metodi asosida amalga oshiriladi (bu metodlar yengil atletikaning alohida
turlariga bag‘ishlangan boblarda berilgan). O‘quvchilar o‘rganishga yanada ongli
va faol munosabatda bo‘lishlari uchun, avvalo ularni o‘rgatilayotgan yengil atletika
turi bilan tanishtirish sportchining organizmiga mashg‘ulotlar qanday ta’sir
ko‘rsatishini, mazkur mashqdagi rekordlar va razryad normalarini gapirib berish
tavsiya qilinadi. Birinchi mashq bilan (keyingilari bilan ham) tanishtirish uchun
uni ko‘rsatish, u haqda gapirib berish va bevosita yordam ko‘rsatish bilan bo‘lishi
mumkin. Murakkab bo‘lmagan harakatlarni o‘rgatish, odatda, ko‘rsatish bilan
boshlanadi. Masalan, o‘qituvchi bunday deydi: «...Yugurib kelib balandlikka
sakrash texnikasining «oshib o‘tish» usulini o‘zlashtirishni quyidagi mashqdan
boshlaymiz... qaranglar...» Keyin u oddiy sakrashni ko‘rsatadi. Shundan keyin
aytadi: «E’tibor qiling, tepsinish planka yaqinidagi oyoq bilan bajariladi. Demak,
kim chap oyog‘i bilan tepsinadigan bo‘lsa, chap tomondan yugurib keladi va
aksincha. Qani, hammanglar o‘zlaringga kerakli tomonga o‘tinglar. Endi qarab
turinglar, chap tomondan sakraydiganlar uchun yana bir marta ko‘rsataman».
Shundan keyin o‘qituvchi o‘ng tomondan sakrovchilar uchun ham xuddi shu
141
Yanada mukammalroq texnikani bilib olish faqat harakatlar tizilmasiga emas, balki
ularni ortiqcha
kuch sarflamasdan, erkin bajara olishni o‘rgatishga ham bog‘liq. Bu
bilan bir qatorda, irodaviy va jismoniy fazilatlarni yanada rivojlantirish talab
qilinadi. Sport texnikasini ham yakka tartibda mashg‘ulotlarda, ham guruh
mashg‘ulotlarida o‘rgatish kerak. O‘qituvchi bor yakka tartibda mashg‘ulotlarda
texnikani o‘rgatish va xususan takomillashtirish muvaffaqiyatliroq bo‘ladi. Lekin
sport seksiyalarida bir o‘qituvchi ko‘pincha 20–25 kishidan iborat guruh bilan
mashg‘ulot olib boradi, shuning uchun unga kuchli sportchilardan yordamchilar
tayinlash kerak. Guruhli o‘rgatish har doim yakka o‘rgatish bilan birga olib
boriladi.
O‘qituvchi o‘rgatilayotgan mashqni butun guruhga, kerak bo‘lgan taqdirda
esa, ayrim o‘quvchilarga tushintiradi va ko‘rsatadi. To‘g‘ri bajarilishini
kuzatayotganda, o‘qituvchi imkoniyati boricha, har bir o‘quvchiga alohida
ko‘rsatma berishi kerak. Mavzuga oid nazorat savollar 1. Yengil atletika turlari
texnikasini o‘rgatish deganda nimani tushunasiz? 2. Yengil atletika turlari
texnikasiga o‘rgatishning qanday metodlarini bilasiz? 3. So‘z metodi va undan
foydalanish jarayonini so‘zlab bering. 4. Ko‘rsatish metodi va undan foydalanish
jarayonini so‘zlab bering. 5. Amaliy bajarish metodi va undan foydalanish
jarayonini so‘zlab bering. 6. O‘rgatish bosqichlarini tahlil qilib bering. 7. Yengil
atletika turlarini o‘rgatishdagi ketma-ketlikni so‘zlab bering.
Yengil atletika sport turining oʻquv-uslubiy, ilmiy-nazariy asoslari, umumiy
va maxsus mashqlari, shu mashqlarni qoidalari va bajarish texnikasini oʻrgatishni
oʻrgatish orqali ushbu umumkasbiy fanni oʻzlashtirishga qoʻyilgan talablarni
amalga oshirishga erishish mumkin boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: