Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


To‘g‘ri bajarishni baholash, xatolarni tuzatish



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/400
Sana23.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#405762
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   400
Bog'liq
fayl 1815 20210915

To‘g‘ri bajarishni baholash, xatolarni tuzatish  
Sport texnikasini o‘rgatish va takomillashtirish jarayonida to‘g‘ri bajarilishni 
muttasil  baholab,  xatolarni  aniqlab  va  ularni  tuzatib  borish  muhimdir. 
Shug‘ullanuvchilar  o‘z  xato  va  kamchiliklarini  ko‘ra  bilishlari  muvoffaqiyatli 
o‘rgatishning  muhim  sharti  hisoblanadi.  To‘g‘ri  bajarishni  baholashda  aniq  seza 
bilishning muhim ahamiyati bor. Bu esa shug‘ullanuvchilarning mashq jarayonida 
yaxshilana  boradi.  Yengil  atletik  turlari  texnikasining  to‘g‘ri  bajarilishini  analiz 
qilishda ikkita analizator – ko‘rish va harakatlantirish analizatorlari – hal qiluvchi 
ahamiyatga  egadir.  O‘z  harakatlarini  va  texnika  elementlarini  nazorat  qilishning 
eng  yaxshi  yo‘li  ko‘zguda nazorat  qilishdir.  Kinohalqalarni  ko‘rib  chiqish  to‘g‘ri 
bajarishni  nazorat  qilishning  juda  yaxshi  vositasi  hisoblanadi.  O‘z  harakatlarini 
ekranda  ko‘p  martalab  kuzatish  natijasida  o‘quvchilar  takomillashgan  texnikaga 
tezroq  erishadilar.  Yo‘lkada  qoldirilgan  izdan  harakatning  qancha  to‘g‘ri 
bajarilganini  ma’lum  darajada  bilish  mumkin.  Masalan,  yuguruvchi,  tepsinish 
kuchi  har  xil  bo‘lishi  natijasida  qadamlar  uzunligi  o‘zgarishini,  qadamlarning 
simmetrikligini, oyoqni yerga qo‘yganda oyoq tagi qanday qo‘yilganligini aniqlay 
olishi  mumkin.  Yo‘lkada  qoldirilgan  izdan  g‘ov  osharlar  ham,  sakrovchilar  ham, 
uloqtiruvchilar  ham  ko‘p  narsalarni  bilib  olishlari  mumkin.  Ayrim  texnika 
kamchiliklarini,  ayniqsa  kuch  ko‘rsatishga  mansub  texnika  kamchiliklarini 
aniqlashda  o‘quvchi  mashqlarni  har  xil  ijro  etganda  (maksimal  kuch  berganda, 
unchalik  kuch  bermay  va  hokazo),  uning  harakati  natijalarini  (yugurish  tezligini, 
uloqtirish  uzunligini  va  hokazo)  o‘lchash  katta  rol  o‘ynaydi.  Ijro  to‘g‘riligini 
avvalo o‘quvchining o‘zi baholashi kerak. O‘z fikrini aytishi kerakligini oldindan 
bilgani  uchun,  o‘quvchi  harakatlarning  bajarilishiga  va  ularning  analiziga  e’tibor 
bilan  qaraydi.  Bu  bilan  shug‘ullanuvchilarning  faolligi  ham  ortadi.  Lekin,  hal 


137 
qiluvchi rol bari bir o‘qituvchining pedagogik mahoratida, uning o‘rgatishni tashkil 
qila olish, eng yaxshi vosita va metodlarni qo‘llash, xatolarni oldinroq bilib, ularni 
bartaraf qila olish qobiliyatidadir. O‘qituvchi ijro to‘g‘riligini 10–15 m masofadan 
kuzatib  boradi.  Bu  unga  harakatni  yaxshiroq  ko‘ra  olish  imkonini  beradi. 
O‘quvchilar  harakatining  to‘g‘riligini  aniq  baholash,  undagi  xatolarni  topish 
uchun,  ko‘p  martalab  kuzatish  kerak.  Avvalo  harakatning  umumiy  chizmasi 
to‘g‘rimi yo‘qmi ekanini aniqlab, keyingi kuzatishlarda esa, elementlarning to‘g‘ri 
bajarilishiga e’tibor berish kerak. Keyinchalik texnikaning ayrim qismlariga diqqat 
qilinadi.  Xatolarni  ko‘rganda,  ularning  sababini  aniqlash  kerak.  Xatolar  birinchi 
galda  harakat  haqidagi  tasavvur  noto‘g‘ri,  noaniq  bo‘lganidan  kelib  chiqishi 
mumkin.  Buni  aniqlash  qiyin  emas.  Buning  uchun  o‘quvchidan  noto‘g‘ri 
bajarayotgan harakatlarini qanday  tasavvur  qilayotganini so‘ralsa  kifoya.  Odatda, 
avtomatlashgan  tarzda  o‘tadigan  harakat  qismlariga  o‘quvchining  ongli  ravishda 
aralashishi  ham  xatolarga  sabab  bo‘ladi.  Shuningdek,  o‘rganuvchining  ortiqcha 
hayajonlanishi  hatto  yetarli  darajada  mustahkam  o‘zlashtirilgan  harakatda  ham 
xatoga  olib  kelishi  ma’lum.  Bu  ko‘proq  tomoshabinlar  oldida  hamda  o‘quvchi 
maksimal  natija  ko‘rsatishga  intilishi  natijasida  bo‘ladi.  Ayrim  harakatlardagi 
xatolar,  harakatning  oldingi  qismi  noto‘g‘ri  bajarilgani  sababli  ham  hosil  bo‘ladi. 
Masalan, yadro itqitish noto‘g‘ri boshlanishi yadroni turtib yuborish vaqtida xatoga 
olib keladi, langarcho‘p bilan sakrashda planka ustidagi xato harakatlar ko‘pincha 
yugurib  kelish  masofasini  noto‘g‘ri  belgilash  orqasida  hosil  bo‘ladi  va  hokazo. 
Agarda bir vaqtda yo‘l qo‘yiladigan 2–3 xato sezilib qolsa, asosiy xatoni aniqlash 
kerak, chunki uni tuzatish bilan qolgan kamchiliklar ham bartaraf bo‘lishi mumkin. 
Nihoyat,  shug‘ullanuvchilarning  charchashi,  shuningdek,  jismoniy  tayyorgarligi 
yetarli  emasligi  natijasida  ham  harakatlar  noto‘g‘ri  bajarilishi  mumkin.  Noto‘g‘ri 
o‘rgatish  orqali,  noto‘g‘ri  o‘rganish  qanchadanqancha  besamar  mehnat  sarf-
xarajatlarga olib  kelishini  ko‘plar  bilmasa  kerak.  O‘quvchilarning  harakatlaridagi 
xatolarni  tuzatish  uchun  quyidagi  metod  va  yo‘llardan  foydalanish  mumkin. 
Avvalo xatolarni tuzatishning tabiiy  metodini esda saqlash kerak. Bu metod bilan 
odatda,  o‘zining  tabiiyligi  tufayli  to‘g‘ri  bajariladigan,  lekin  ayrim  sabablarga 
ko‘ra  vaqtincha  xato  bajarilayotgan  harakatlar  to‘g‘rilanadi.  Masalan,  yugurish 
texnikasini  buzgan  yangi  shug‘ullanuvchilarga  300–500  m  ga  tinch  suratda 
yugurishni davom ettirish tavsiya qilinadi. Bir qadar charchab qolganlari natijasida 
ular ko‘proq tejamli va ancha to‘g‘ri harakat qila boshlaydilar. Xatolarni tuzatish 
uchun,  yaxlit  harakatdan  xato  bajarilayotgan  detalni  ajratib  olib,  uni  bir  necha 
marta to‘g‘ri bajariladi. O‘rgatayotganda xatolarni tuzatish uchun o‘ta e’tibor bilan 
bajarishni  ham  qo‘llash  mumkin.  Xatolar  ma’lum  harakatni  oshirilgan  doirada, 
yuqori  tezlikda  ortiqcha  kuchlanish  bilan,  ortiqcha  bo‘shashish  bilan  va  boshqa 
vositalar  orqali  bajarish  bilan  tuzatiladi.  Masalan,  o‘rtacha  tezlik  bilan  yugurish 
vaqtida,  yo‘lkaga  oyoqni  sust  qo‘yishni  yo‘qotish  uchun  «sidiruvchi»  harakatga 
o‘ta  e’tibor  berish  tavsiya  qilinadi;  yadroni  kichik  uchib  chiqish  burchagi  hosil 
qilib  itqitish  odat  bo‘lib  qolsa,  uni  tuzatish  uchun  yadro  ataylab  yuqorilatib 
itqitiladi;  yugurish  vaqtida  o‘quvchi  qo‘lini  butunlay  to‘g‘ri  tutib  yugurmasligi 
uchun,  qo‘llarni  ortiq  darajada  bukib  yuguriladi;  harakatlar  bemalol  bajarilishiga 
erishmoq uchun, mashqlar juda ham bemalol bajariladi. Bu yerda gap texnikaning 


138 
bir  elementini  boshqasi  bilan  to‘la  almashtirish  ustida  emas,  balki  noto‘g‘ri 
harakatni tuzatish haqidadir. O‘ta e’tibor bilan bajarishda mustahkam malaka hosil 
qilib bo‘lmaydi.  

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   400




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish