Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Sport texnikasini amaliy bajarishni o‘rgatish usullari va yo‘llari



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/400
Sana23.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#405762
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   400
Bog'liq
fayl 1815 20210915

Sport texnikasini amaliy bajarishni o‘rgatish usullari va yo‘llari 
Ko‘rsatilgan  metodlar  bilan  sport  texnikasini  o‘rgatish  jarayonida  mashqni 
birinchi bor bajarishga va to‘g‘ri bajarishga yordam beradigan turli xil usullar va 
yo‘llar qo‘llaniladi. Odatda, bu usullar va yo‘llar o‘rganilayotgan mashqni bajarish 
sharoitini  yengillashtirishga  asoslangan.  Mashqni  to‘g‘ri  bajarish  uchun,  ayniqsa 
birinchi  gal  to‘g‘ri  bajarish  uchun  tashqi  sharoitni  yengillashtirish,  ya’ni 
uloqtiruvchilar uchun asbob og‘irligini kamaytirish, g‘ov osharlar va sakrovchilar 
uchun to‘siq balandligini pasaytirish, langarcho‘p bilan sakrovchilar uchun ushlash 
balandligini  pasaytirish,  yuguruvchilar  uchun  masofani  qisqartirish  va  hokazolar 
tavsiya etiladi. Tashqi sharoitni yengillashtirish, unchalik to‘g‘ri bo‘lmagan malaka 
mustahkamlanib  qolmasin  uchun,  vaqtincha  bo‘lishi  kerak.  Bir  qator  hollarda 
mashqning  dastlabki  ijrosi  to‘g‘riroq  bo‘lsin  uchun,  uni  sekinlashtirib  bajariladi. 
Lekin kichik tezlikda ko‘p mashq qilish yaramaydi, chunki noto‘g‘ri malaka hosil 
bo‘lib  qolishi  mumkin.  O‘rgatilayotgan  harakat  yoki  faoliyatni  sekin  bajarish 
ta’lim berish uchungina kerak.  
U harakatlarni birinchi gal o‘rganayotganda to‘g‘riroq bajarish va xatolarni 
tuzatish  uchungina  qo‘llaniladi.  Dastlabki  sekin  ijroning  to‘g‘ri  bo‘lishiga 
o‘qituvchi  bilan  bir  vaqtda  bajarish  bilan  erishish  mumkin.  «Men  bilan  birga 
bajaring»-deb,  o‘qituvchi  harakatni  sekin  bajaradi,  o‘quvchi  esa,  unga  qarab 
harakatni  takrorlaydi.  Shu  usul  bilan  ayrim  harakatlarni  ham  bajarish  mumkin. 


135 
Masalan, o‘quvchi, oldinga parallel siljiyotgan o‘qituvchi bilan birga, ikki qadam 
yugurishni,  langarcho‘pni  «qayta  ushlab»,  uni  tayanch  holatiga  o‘tkazadi. 
O‘rgatishning boshlang‘ich davrida ko‘proq, alohidaalohida ketma-ket tushuntirish 
va  ijro  etish  usuli  qo‘llanadi.  Bu  usuldan  oddiy  texnikaning  dastlabki  holatini, 
gavda  tutishini,  ayrim  qismlarini  o‘rgatish  paytida  foydalaniladi.  Ayrim  holatni 
yoki harakatni qisqa tushuntirishdan keyin o‘quvchi shu qismni ijro qiladi, keyin 
yana yangi detalni o‘qituvchi tushuntirib, o‘quvchi ijro etadi va hokazo. Toki talab 
qilingan  faoliyatni  o‘quvchi  alohida-alohida,  ketmaket  to‘la  bajaradigan 
bo‘lgunicha  shunday  qilinaveradi.  Yengillashtirilgan  sharoitda  sport  texnikasini 
to‘liq yoki uning ayrim qismlariga o‘xshatib bajariladigan imitatsiya (taqlid qilish) 
mashqlari  ham  foydalidir.  Ularni  talab  qilinayotgan  harakatni  odatdagi  sharoitda 
bajarayotgandek  bajarish  kerak.  Imitatsiya  ko‘proq  uloqtirish  texnikasini 
o‘rganishda qo‘llanadi. Uloqtiruvchi bunday mashqlarda ko‘p kuch sarflamasdan, 
faqat harakat to‘g‘ri bo‘lishiga e’tibor berib, uni ko‘p marta takrorlay oladi. Yengil 
atletikaning  boshqa  turlarini  o‘rganishda  ham  texnikaning  ayrim  unsurlari  taqlid 
qilinadi.  Tajriba  shuni  ko‘rsatadiki,  imitatsiya  mashqlari,  faqat  endi  boshlovchi 
sportchilarga  emas,  balki  sport  ustalariga  ham  texnikani  bilib  olishda  va  uni 
takomillashtirishda yordam beradi.  
To‘g‘ri  bajarish  tashqi  mo‘ljallar  qo‘yish  bilan  yengillashadi.  Bunday 
mo‘ljallar  har  xil  bo‘lishi  mumkin.  Bu  avvalo  harakat  yo‘nalishini  mo‘ljallab 
olishdir.  Masalan,  asbobning  yuqori  trayektoriyada  uchishiga  erishish  va  oyoq 
kuchidan  maksimal  foydalanish  uchun,  yadroni  baland  qo‘yilgan  planka  yoki 
daraxt  shoxi  ustidan  o‘tadigan  qilib  itqitish  tavsiya  qilinadi.  Yengil  atletikada 
yerga chizilgan har xil chiziqlar keng qo‘llanadi (to‘g‘ri yo‘nalishda yugurish, uch 
hatlab sakrash,  yugurib kelish  va boshqalar  uchun). Mo‘ljallar harakat  aylanasini 
oshirishga  ham  yordam  berishi  mumkin.  Masalan,  balandlikka  sakrovchilarga 
texnikani o‘rgatish paytida balandlikka sakrab osib qo‘yilgan to‘pga siltovchi oyoq 
tagini  yetkazish  tavsiya  qilinadi.  G‘ov  ustidan  o‘tishda  tanani  oldinga  egilishini 
oshirish  uchun,  o‘quvchi  g‘ovning  narigi  tomonida  o‘qituvchi  ushlab  turgan 
ro‘molchaga oldindagi qo‘lini tekkiza olishi kerak. Yo‘lkadagi mo‘ljallar yugurish 
paytida qadamning uzunligi va shiddatini o‘zgartirishga yordam beradi. Masalan, 
qadam shiddatini oshirish uchun, yo‘lkada bir-biridan 150 sm masofada qo‘yilgan 
tayoqchalar ustidan to‘xtamasdan yugurib o‘tish qo‘llaniladi. Yo‘lkadagi mo‘ljallar 
g‘ovlar osha yugurishda, uzunlikka, balandlikka va uch hatlab sakrashda yugurib 
kelishda  qadam  ma’romini  bilib  olishga  yordam  beradi.  Masalan,  yangi 
shug‘ullanuvchi  qayerdan  tepsinishni,  qayerga  tushishni  va  to‘siqlar  o‘rtasida 
qanday  qadam  tashlashni  ko‘rib  tursa,  g‘ov  oshish  unga  osonroq  bo‘ladi.  Nayza 
uloqtirishda «tashlash» qadamlari ma’romini, tashlashni va boshqalarni o‘rgatishda 
ham  belgilar  qo‘yishdan  foydalaniladi.  Sport  texnikasini  o‘rgatishda  boshqa 
yo‘llardan ham foydalaniladi. Bir analizatorni yaxshi ishlatish uchun, ikkinchisini 
vaqtincha  ishdan  chiqarib  qo‘yish  ham  mumkin.  Masalan,  o‘quvchiga  lappak 
uloqtirish  texnikasini  o‘rgatayotganda,  ko‘zni  yumib  aylanish  tavsiya  qilinadi. 
Ko‘zni  yumish,  muvozanatning  aylanish  paytida  muvozanatni  saqlashdagi  rolini 
oshiradi.  Bunday  yo‘l  oddiy  sharoitda  aylana  oladigan  shug‘ullanuvchilarga 
beriladi.  Sport  mashqlarini  ortiqcha  mushak  kuchisiz,  erkin  bajarish  imkonini 


136 
beradigan  o‘rgatish  usullariga  alohida  to‘xtalish  kerak.  Asosiy  yo‘l-harakatlarni 
to‘liq  kuch  sarflamay  bajarib,  sekin-asta  maksimumga  yetkazish  yo‘lidir.  Sport 
texnikasini  o‘rganishda  ko‘pincha  shug‘ullanuvchilar  maksimal  kuch  sarflashga-
tezroq  yugurishga, uzoqroqqa uloqtirishga, balandroq sakrashga intiladilar.  Xuddi 
ana shu harakatlarni zo‘r bermasdan erkin bajarishni o‘rganishga to‘sqinlik qiladi. 
Sportchi e’tiborini boshqa narsaga jalb qilish yo‘li bilan ortiqcha zo‘r berishga yo‘l 
qo‘ymasligi  mumkin.  Ortiqcha  zo‘r  berishdan  qutilish  uchun,  mashqni  bajarish 
vaqtida, masalan, start tezlanishidan masofa bo‘ylab yugurishga o‘tish paytida 2–3 
qadam  va  200  m  masofaga  yugurishda  burilishdan  chiqqandan  keyin  5  qadam 
ko‘zni  yumib  yugurish  mumkin.  Kuchlanishni  bo‘shatishga  o‘rgatishning  eng 
samarali  usullaridan  biri  —  mashqlarni  goh  maksimal  jadallikda,  goh  kamroq 
jadallikda  bajarishdir.  Buning  tipik  misoli-  o‘zgaruvchan  sur’atda  yugurishdir. 
Ko‘rsatilgan  hamma  usullar  va  yo‘llarning  faqat  o‘rgatish  ahamiyati  bor  xolos. 
Sportchi ortiqcha zo‘r bermasdan, maksimal kuch sarflay oladigan bo‘lib olgandan 
keyin  bunga  ehtiyoj  qolmaydi.  O‘rgatish  jarayonida  texnikani  o‘stirishga 
mo‘ljallangan  maxsus  mashqlardan  eng  ko‘p  foydalaniladi.  Shuningdek, 
o‘rganilayotgan  mashqlarni  o‘yin  jarayonida  bajarish  (ayniqsa  yosh  sportchilar 
bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda) ham qo‘llaniladi. Bunda shug‘ullanuvchilar 
o‘rganganlarini mustahkamlaydilar hamda harakatlarni va faoliyatni ortiqcha kuch 
sarflamasdan, erkin bajaradiga bo‘ladilar.  

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   400




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish