Turli xil holatdagi oyoq bilan ichkaridan ushlab uloqtirish
Dastlabki holat. Hujum qiluvchi oʻng turish, raqib chap turish holatida.
Hujum qiluvchi oʻng qoʻli bilan raqib toʻni yoqasining orqasidan, chap qoʻli bilan
oʻng yeng tirsagidan ushlaydi. Raqib chap qoʻli bilan hujum qiluvchining
belbogʻini orqasidan ushlaydi. Raqib chap qoʻli bilan hujum qiluvchining
333
belbogʻini orqasidan ushlaydi.
Hujum qiluvchi chap oyogʻi bilan oldinga kichik qadam tashlab, uning uchini
raqib oʻng oyogʻining uchi yoʻnalishida qoʻyadi. Raqibini qoʻllari bilan gavda
ogʻirligini oʻng oyoqqa tushirishga majbur boʻladigan qilib orqaga itarib, soʻngra
tizzasidan bukilgan oʻng oyogʻini chap-old-yuqoriga koʻtaradi va kuchli siltab u
bilan raqibning chap sonini ichkaridan oʻrab oladi. Shu vaqtda gavdasini chapga
keskin burib, raqibni chapga-pastga tortib, orqasi bilan yiqitadi.
Kurash sport turlarining oʻquv-uslubiy, ilmiy-nazariy asoslari, umumiy va
maxsus mashqlari, shu mashqlarni qoidalari va bajarish texnikasini oʻrgatishni
oʻrgatish orqali ushbu ixtisoslik fanini oʻzlashtirishga qoʻyilgan talablarni amalga
oshirishga erishish mumkin boʻladi.
Nazorat savollari
1. Oʻquv faoliyatining turlariga qaysilar kiradi?
2. Mustaqil ishlarni bajarishning shakllari haqida ma`lumot bering?
3. Oʻquv faoliyatining turlari va mustaqil ishlarni bajarishning oʻquv-
metodik ta`minlash deganda nimani tushunasiz?
4. Oʻquv faoliyatining turlarining asosiy farqlarini ta`riflab bering?
5. Oʻquv faoliyatining nazariy darslarini ta`riflab bering?
6. Oʻquv faoliyatining amaliy darslarini ta`riflab bering?
7. Mutaxassislik fanlarini oʻqitish metodikasi fanidan mustaqil ishlarni
bajarishda qanday vositalardan foydalanish mumkin?
8. Umumiy oʻrta ta`lim maktablarida jismoniy tarbiyaning asosiy shakli
qanday?
9. Umumiy oʻrta ta`lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil
qilish uchun asosiy oʻquv-metodik hujjatlar qaysilar?
10. Maktablarda jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalar bilan jismoniy
tarbiya darslarini qanday tartibda oʻtkazish mumkin?
11. Umumiy oʻrta ta`lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini oʻquv-
metodik jihatdan ta`minlash uchun nimalarga e`tibor berish kerak?
12. Oliy ta`lim muassasalarida nazariy darslarga qaysilar kiradi?
13. Oliy ta`lim muassasalaridagi nazariy darslarda qanday interfaol ta`lim
texnologiyalarini bilasiz?
14. Oliy ta`lim muassasalarining jismoniy madaniyat ta`lim yoʻnalishida
mutaxassislik fanlarini oʻqitish metodikasi fanidan qaysi sport turlari boʻyicha
mashgʻulotlar oʻtkaziladi?
15. Oliy ta`lim muassasalarining jismoniy madaniyat ta`lim yoʻnalishida
mutaxassislik fanlarini oʻqitish metodikasi fanidan mashgʻulotlarni oʻtkazishni
oʻquv-metodik jihatdan ta`minlashning asosiy mezonlarini ta`riflab bering?
334
Do'stlaringiz bilan baham: |