Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Mashqni bo‘laklab o‘rgatish metodi



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet82/254
Sana23.05.2023
Hajmi5,01 Kb.
#942828
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   254
Bog'liq
MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISH METODIKASI Oquv qollanma

Mashqni bo‘laklab o‘rgatish metodi 
Bu metod yaxlit mashqning ayrim qismlari to‘g‘risida tasavvur hosil qilish, 
ularni o‘rganish, tuzatish, takomillashtirish va mustahkamlash uchun qo‘llaniladi. 
O‘quvchi birmuncha vaqt mashqning bir unsurini, qismini o‘zlashtiradi. Ayrim 
harakat yetarli darajada mustahkam o‘zlashtirilgandan so‘ng, u yaxlit faoliyat bilan 
bog‘lanadi. Buning uchun o‘quvchi tuzatilgan qismning to‘g‘ri bajarilishiga e’tibor 
berib, yaxlit faoliyatni qaytadan bajaradi. Shuni nazarda tutish kerakki, alohida 
o‘zlashtirilgan harakat yaxlit faoliyatning strukturasini o‘zgartirmasagina u bilan 
oson bog‘lana oladi. Bo‘laklab o‘rgatish metodi bilan yaxlit o‘rgatish metodi bir-
birini to‘ldiradi. O‘rgatish jarayonida ular navbatmanavbat qo‘llaniladi. Oldin 
harakat yaxlit o‘rgatiladi, keyin bo‘laklab o‘rgatiladi, keyin yana yaxlit o‘rgatiladi 
va hokazo.
Sport texnikasini amaliy bajarishni o‘rgatish usullari va yo‘llari 
Ko‘rsatilgan metodlar bilan sport texnikasini o‘rgatish jarayonida mashqni 
birinchi bor bajarishga va to‘g‘ri bajarishga yordam beradigan turli xil usullar va 
yo‘llar qo‘llaniladi. Odatda, bu usullar va yo‘llar o‘rganilayotgan mashqni bajarish 
sharoitini yengillashtirishga asoslangan. Mashqni to‘g‘ri bajarish uchun, ayniqsa 
birinchi gal to‘g‘ri bajarish uchun tashqi sharoitni yengillashtirish, ya’ni 
uloqtiruvchilar uchun asbob og‘irligini kamaytirish, g‘ov osharlar va sakrovchilar 
uchun to‘siq balandligini pasaytirish, langarcho‘p bilan sakrovchilar uchun ushlash 
balandligini pasaytirish, yuguruvchilar uchun masofani qisqartirish va hokazolar 
tavsiya etiladi. Tashqi sharoitni yengillashtirish, unchalik to‘g‘ri bo‘lmagan malaka 
mustahkamlanib qolmasin uchun, vaqtincha bo‘lishi kerak. Bir qator hollarda 
mashqning dastlabki ijrosi to‘g‘riroq bo‘lsin uchun, uni sekinlashtirib bajariladi. 
Lekin kichik tezlikda ko‘p mashq qilish yaramaydi, chunki noto‘g‘ri malaka hosil 
bo‘lib qolishi mumkin. O‘rgatilayotgan harakat yoki faoliyatni sekin bajarish 
ta’lim berish uchungina kerak.
U harakatlarni birinchi gal o‘rganayotganda to‘g‘riroq bajarish va xatolarni 
tuzatish uchungina qo‘llaniladi. Dastlabki sekin ijroning to‘g‘ri bo‘lishiga 
o‘qituvchi bilan bir vaqtda bajarish bilan erishish mumkin. «Men bilan birga 
bajaring»-deb, o‘qituvchi harakatni sekin bajaradi, o‘quvchi esa, unga qarab 
harakatni takrorlaydi. Shu usul bilan ayrim harakatlarni ham bajarish mumkin. 


135 
Masalan, o‘quvchi, oldinga parallel siljiyotgan o‘qituvchi bilan birga, ikki qadam 
yugurishni, langarcho‘pni «qayta ushlab», uni tayanch holatiga o‘tkazadi. 
O‘rgatishning boshlang‘ich davrida ko‘proq, alohidaalohida ketma-ket tushuntirish 
va ijro etish usuli qo‘llanadi. Bu usuldan oddiy texnikaning dastlabki holatini, 
gavda tutishini, ayrim qismlarini o‘rgatish paytida foydalaniladi. Ayrim holatni 
yoki harakatni qisqa tushuntirishdan keyin o‘quvchi shu qismni ijro qiladi, keyin 
yana yangi detalni o‘qituvchi tushuntirib, o‘quvchi ijro etadi va hokazo. Toki talab 
qilingan faoliyatni o‘quvchi alohida-alohida, ketmaket to‘la bajaradigan 
bo‘lgunicha shunday qilinaveradi. Yengillashtirilgan sharoitda sport texnikasini 
to‘liq yoki uning ayrim qismlariga o‘xshatib bajariladigan imitatsiya (taqlid qilish) 
mashqlari ham foydalidir. Ularni talab qilinayotgan harakatni odatdagi sharoitda 
bajarayotgandek bajarish kerak. Imitatsiya ko‘proq uloqtirish texnikasini 
o‘rganishda qo‘llanadi. Uloqtiruvchi bunday mashqlarda ko‘p kuch sarflamasdan, 
faqat harakat to‘g‘ri bo‘lishiga e’tibor berib, uni ko‘p marta takrorlay oladi. Yengil 
atletikaning boshqa turlarini o‘rganishda ham texnikaning ayrim unsurlari taqlid 
qilinadi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, imitatsiya mashqlari, faqat endi boshlovchi 
sportchilarga emas, balki sport ustalariga ham texnikani bilib olishda va uni 
takomillashtirishda yordam beradi.
To‘g‘ri bajarish tashqi mo‘ljallar qo‘yish bilan yengillashadi. Bunday 
mo‘ljallar har xil bo‘lishi mumkin. Bu avvalo harakat yo‘nalishini mo‘ljallab 
olishdir. Masalan, asbobning yuqori trayektoriyada uchishiga erishish va oyoq 
kuchidan maksimal foydalanish uchun, yadroni baland qo‘yilgan planka yoki 
daraxt shoxi ustidan o‘tadigan qilib itqitish tavsiya qilinadi. Yengil atletikada 
yerga chizilgan har xil chiziqlar keng qo‘llanadi (to‘g‘ri yo‘nalishda yugurish, uch 
hatlab sakrash, yugurib kelish va boshqalar uchun). Mo‘ljallar harakat aylanasini 
oshirishga ham yordam berishi mumkin. Masalan, balandlikka sakrovchilarga 
texnikani o‘rgatish paytida balandlikka sakrab osib qo‘yilgan to‘pga siltovchi oyoq 
tagini yetkazish tavsiya qilinadi. G‘ov ustidan o‘tishda tanani oldinga egilishini 
oshirish uchun, o‘quvchi g‘ovning narigi tomonida o‘qituvchi ushlab turgan 
ro‘molchaga oldindagi qo‘lini tekkiza olishi kerak. Yo‘lkadagi mo‘ljallar yugurish 
paytida qadamning uzunligi va shiddatini o‘zgartirishga yordam beradi. Masalan, 
qadam shiddatini oshirish uchun, yo‘lkada bir-biridan 150 sm masofada qo‘yilgan 
tayoqchalar ustidan to‘xtamasdan yugurib o‘tish qo‘llaniladi. Yo‘lkadagi mo‘ljallar 
g‘ovlar osha yugurishda, uzunlikka, balandlikka va uch hatlab sakrashda yugurib 
kelishda qadam ma’romini bilib olishga yordam beradi. Masalan, yangi 
shug‘ullanuvchi qayerdan tepsinishni, qayerga tushishni va to‘siqlar o‘rtasida 
qanday qadam tashlashni ko‘rib tursa, g‘ov oshish unga osonroq bo‘ladi. Nayza 
uloqtirishda «tashlash» qadamlari ma’romini, tashlashni va boshqalarni o‘rgatishda 
ham belgilar qo‘yishdan foydalaniladi. Sport texnikasini o‘rgatishda boshqa 
yo‘llardan ham foydalaniladi. Bir analizatorni yaxshi ishlatish uchun, ikkinchisini 
vaqtincha ishdan chiqarib qo‘yish ham mumkin. Masalan, o‘quvchiga lappak 
uloqtirish texnikasini o‘rgatayotganda, ko‘zni yumib aylanish tavsiya qilinadi. 
Ko‘zni yumish, muvozanatning aylanish paytida muvozanatni saqlashdagi rolini 
oshiradi. Bunday yo‘l oddiy sharoitda aylana oladigan shug‘ullanuvchilarga 
beriladi. Sport mashqlarini ortiqcha mushak kuchisiz, erkin bajarish imkonini 


136 
beradigan o‘rgatish usullariga alohida to‘xtalish kerak. Asosiy yo‘l-harakatlarni 
to‘liq kuch sarflamay bajarib, sekin-asta maksimumga yetkazish yo‘lidir. Sport 
texnikasini o‘rganishda ko‘pincha shug‘ullanuvchilar maksimal kuch sarflashga-
tezroq yugurishga, uzoqroqqa uloqtirishga, balandroq sakrashga intiladilar. Xuddi 
ana shu harakatlarni zo‘r bermasdan erkin bajarishni o‘rganishga to‘sqinlik qiladi. 
Sportchi e’tiborini boshqa narsaga jalb qilish yo‘li bilan ortiqcha zo‘r berishga yo‘l 
qo‘ymasligi mumkin. Ortiqcha zo‘r berishdan qutilish uchun, mashqni bajarish 
vaqtida, masalan, start tezlanishidan masofa bo‘ylab yugurishga o‘tish paytida 2–3 
qadam va 200 m masofaga yugurishda burilishdan chiqqandan keyin 5 qadam 
ko‘zni yumib yugurish mumkin. Kuchlanishni bo‘shatishga o‘rgatishning eng 
samarali usullaridan biri — mashqlarni goh maksimal jadallikda, goh kamroq 
jadallikda bajarishdir. Buning tipik misoli- o‘zgaruvchan sur’atda yugurishdir. 
Ko‘rsatilgan hamma usullar va yo‘llarning faqat o‘rgatish ahamiyati bor xolos. 
Sportchi ortiqcha zo‘r bermasdan, maksimal kuch sarflay oladigan bo‘lib olgandan 
keyin bunga ehtiyoj qolmaydi. O‘rgatish jarayonida texnikani o‘stirishga 
mo‘ljallangan maxsus mashqlardan eng ko‘p foydalaniladi. Shuningdek, 
o‘rganilayotgan mashqlarni o‘yin jarayonida bajarish (ayniqsa yosh sportchilar 
bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda) ham qo‘llaniladi. Bunda shug‘ullanuvchilar 
o‘rganganlarini mustahkamlaydilar hamda harakatlarni va faoliyatni ortiqcha kuch 
sarflamasdan, erkin bajaradiga bo‘ladilar.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish