Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


To‘g‘ri bajarishni baholash, xatolarni tuzatish



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet83/254
Sana23.05.2023
Hajmi5,01 Kb.
#942828
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   254
Bog'liq
MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISH METODIKASI Oquv qollanma

To‘g‘ri bajarishni baholash, xatolarni tuzatish
Sport texnikasini o‘rgatish va takomillashtirish jarayonida to‘g‘ri bajarilishni 
muttasil baholab, xatolarni aniqlab va ularni tuzatib borish muhimdir. 
Shug‘ullanuvchilar o‘z xato va kamchiliklarini ko‘ra bilishlari muvoffaqiyatli 
o‘rgatishning muhim sharti hisoblanadi. To‘g‘ri bajarishni baholashda aniq seza 
bilishning muhim ahamiyati bor. Bu esa shug‘ullanuvchilarning mashq jarayonida 
yaxshilana boradi. Yengil atletik turlari texnikasining to‘g‘ri bajarilishini analiz 
qilishda ikkita analizator – ko‘rish va harakatlantirish analizatorlari – hal qiluvchi 
ahamiyatga egadir. O‘z harakatlarini va texnika elementlarini nazorat qilishning 
eng yaxshi yo‘li ko‘zguda nazorat qilishdir. Kinohalqalarni ko‘rib chiqish to‘g‘ri 
bajarishni nazorat qilishning juda yaxshi vositasi hisoblanadi. O‘z harakatlarini 
ekranda ko‘p martalab kuzatish natijasida o‘quvchilar takomillashgan texnikaga 
tezroq erishadilar. Yo‘lkada qoldirilgan izdan harakatning qancha to‘g‘ri 
bajarilganini ma’lum darajada bilish mumkin. Masalan, yuguruvchi, tepsinish 
kuchi har xil bo‘lishi natijasida qadamlar uzunligi o‘zgarishini, qadamlarning 
simmetrikligini, oyoqni yerga qo‘yganda oyoq tagi qanday qo‘yilganligini aniqlay 
olishi mumkin. Yo‘lkada qoldirilgan izdan g‘ov osharlar ham, sakrovchilar ham, 
uloqtiruvchilar ham ko‘p narsalarni bilib olishlari mumkin. Ayrim texnika 
kamchiliklarini, ayniqsa kuch ko‘rsatishga mansub texnika kamchiliklarini 
aniqlashda o‘quvchi mashqlarni har xil ijro etganda (maksimal kuch berganda, 
unchalik kuch bermay va hokazo), uning harakati natijalarini (yugurish tezligini, 
uloqtirish uzunligini va hokazo) o‘lchash katta rol o‘ynaydi. Ijro to‘g‘riligini 
avvalo o‘quvchining o‘zi baholashi kerak. O‘z fikrini aytishi kerakligini oldindan 
bilgani uchun, o‘quvchi harakatlarning bajarilishiga va ularning analiziga e’tibor 
bilan qaraydi. Bu bilan shug‘ullanuvchilarning faolligi ham ortadi. Lekin, hal 


137 
qiluvchi rol bari bir o‘qituvchining pedagogik mahoratida, uning o‘rgatishni tashkil 
qila olish, eng yaxshi vosita va metodlarni qo‘llash, xatolarni oldinroq bilib, ularni 
bartaraf qila olish qobiliyatidadir. O‘qituvchi ijro to‘g‘riligini 10–15 m masofadan 
kuzatib boradi. Bu unga harakatni yaxshiroq ko‘ra olish imkonini beradi. 
O‘quvchilar harakatining to‘g‘riligini aniq baholash, undagi xatolarni topish 
uchun, ko‘p martalab kuzatish kerak. Avvalo harakatning umumiy chizmasi 
to‘g‘rimi yo‘qmi ekanini aniqlab, keyingi kuzatishlarda esa, elementlarning to‘g‘ri 
bajarilishiga e’tibor berish kerak. Keyinchalik texnikaning ayrim qismlariga diqqat 
qilinadi. Xatolarni ko‘rganda, ularning sababini aniqlash kerak. Xatolar birinchi 
galda harakat haqidagi tasavvur noto‘g‘ri, noaniq bo‘lganidan kelib chiqishi 
mumkin. Buni aniqlash qiyin emas. Buning uchun o‘quvchidan noto‘g‘ri 
bajarayotgan harakatlarini qanday tasavvur qilayotganini so‘ralsa kifoya. Odatda, 
avtomatlashgan tarzda o‘tadigan harakat qismlariga o‘quvchining ongli ravishda 
aralashishi ham xatolarga sabab bo‘ladi. Shuningdek, o‘rganuvchining ortiqcha 
hayajonlanishi hatto yetarli darajada mustahkam o‘zlashtirilgan harakatda ham 
xatoga olib kelishi ma’lum. Bu ko‘proq tomoshabinlar oldida hamda o‘quvchi 
maksimal natija ko‘rsatishga intilishi natijasida bo‘ladi. Ayrim harakatlardagi 
xatolar, harakatning oldingi qismi noto‘g‘ri bajarilgani sababli ham hosil bo‘ladi. 
Masalan, yadro itqitish noto‘g‘ri boshlanishi yadroni turtib yuborish vaqtida xatoga 
olib keladi, langarcho‘p bilan sakrashda planka ustidagi xato harakatlar ko‘pincha 
yugurib kelish masofasini noto‘g‘ri belgilash orqasida hosil bo‘ladi va hokazo. 
Agarda bir vaqtda yo‘l qo‘yiladigan 2–3 xato sezilib qolsa, asosiy xatoni aniqlash 
kerak, chunki uni tuzatish bilan qolgan kamchiliklar ham bartaraf bo‘lishi mumkin. 
Nihoyat, shug‘ullanuvchilarning charchashi, shuningdek, jismoniy tayyorgarligi 
yetarli emasligi natijasida ham harakatlar noto‘g‘ri bajarilishi mumkin. Noto‘g‘ri 
o‘rgatish orqali, noto‘g‘ri o‘rganish qanchadanqancha besamar mehnat sarf-
xarajatlarga olib kelishini ko‘plar bilmasa kerak. O‘quvchilarning harakatlaridagi 
xatolarni tuzatish uchun quyidagi metod va yo‘llardan foydalanish mumkin. 
Avvalo xatolarni tuzatishning tabiiy metodini esda saqlash kerak. Bu metod bilan 
odatda, o‘zining tabiiyligi tufayli to‘g‘ri bajariladigan, lekin ayrim sabablarga 
ko‘ra vaqtincha xato bajarilayotgan harakatlar to‘g‘rilanadi. Masalan, yugurish 
texnikasini buzgan yangi shug‘ullanuvchilarga 300–500 m ga tinch suratda 
yugurishni davom ettirish tavsiya qilinadi. Bir qadar charchab qolganlari natijasida 
ular ko‘proq tejamli va ancha to‘g‘ri harakat qila boshlaydilar. Xatolarni tuzatish 
uchun, yaxlit harakatdan xato bajarilayotgan detalni ajratib olib, uni bir necha 
marta to‘g‘ri bajariladi. O‘rgatayotganda xatolarni tuzatish uchun o‘ta e’tibor bilan 
bajarishni ham qo‘llash mumkin. Xatolar ma’lum harakatni oshirilgan doirada, 
yuqori tezlikda ortiqcha kuchlanish bilan, ortiqcha bo‘shashish bilan va boshqa 
vositalar orqali bajarish bilan tuzatiladi. Masalan, o‘rtacha tezlik bilan yugurish 
vaqtida, yo‘lkaga oyoqni sust qo‘yishni yo‘qotish uchun «sidiruvchi» harakatga 
o‘ta e’tibor berish tavsiya qilinadi; yadroni kichik uchib chiqish burchagi hosil 
qilib itqitish odat bo‘lib qolsa, uni tuzatish uchun yadro ataylab yuqorilatib 
itqitiladi; yugurish vaqtida o‘quvchi qo‘lini butunlay to‘g‘ri tutib yugurmasligi 
uchun, qo‘llarni ortiq darajada bukib yuguriladi; harakatlar bemalol bajarilishiga 
erishmoq uchun, mashqlar juda ham bemalol bajariladi. Bu yerda gap texnikaning 


138 
bir elementini boshqasi bilan to‘la almashtirish ustida emas, balki noto‘g‘ri 
harakatni tuzatish haqidadir. O‘ta e’tibor bilan bajarishda mustahkam malaka hosil 
qilib bo‘lmaydi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish