169
o‘yinboshi tezda saylanadi. Ana shunday uslubda o‘ynovchilarni tashabbusi
bostiriladi. Rahbar o‘yin boshini shu
paytda saylaydiki, bolalar bir-birlari bilan xali
tanishmasdan turib, kam vaqt yoki belgilangan o‘yin qatnashchisini tarbiyalash
maqsadida o‘yin boshi qilib saylash kerak. Rahbar o‘yin boshini saylashda o‘zi
tanlashini qisqacha qilib tushuntirish kerak, chunki o‘yin
qatnashchilari shubxa
tugʻdirmasligini va aloxida o‘yinchilarga bo‘lgan munosabatda adolatsizlik
bo‘lmasligi kerak. Qur’a tashlash bo‘yicha o‘yinboshini tanlash uslubi ham
mavjud. Qur’a tashlashni hisoblash uloqtirish va boshqa uslublar yo‘li bilan
o‘tkazish mumkin. Bolalar sanash uchun doirada turadilar va birorta “Sanoq”ni
boshlaydilar sanoqni har bir so‘zini aytgandan
keyin ular navbati bilan
o‘yinchilarni ko‘rsatadilar. Oxirgi sanoq so‘zi kimga to‘gʻri kelsa, unda u
o‘yinboshi bo‘ladi yoki doiradan chiqib ketadi. Oxirgi xolatda sanoq sh’erlari
oxirgi o‘yin qatnashchisi qolguncha aytiladi va oxirgi qolgan o‘yinchi o‘yinboshi
bo‘lib qoladi. “Sanoq” usuli nisbatan ko‘p vaqtni talab qiladi; shuning uchun uning
odatda darsdan tashqari vaqtda o‘tkaziladigan o‘yinlarda foydalaniladi. Ayrim
xolatlari “Sanoq” doirada ham foydalaniladi chunki kuchli qo‘zgʻalish keyin
bolalarni bir muncha tinchlashtirish uchun qo‘llaniladi “Sanoq” matin bilan ongli
ravishda qo‘shib aytiladi u bolalarni nutqini rivojlantiradi.
Qur’a tashlash yo‘li bo‘yicha o‘yinboshini aniqlash uchun “tayoq tortishish”
mumkin. O‘yin qatnashchilari
tayoqni pastdan ushlaydi, so‘ngra, ikkinchisi,
uchinchisi va x.k. O‘yin boshi shu o‘yinga bo‘lishi mumkinki, kimda- kim tayoqni
oxirida ushlasa yoki qopqoq qilib yopasan bo‘ladi. Bu usul 2-3 o‘yinchilar bilan
o‘yna olganda qo‘llaniladi.
O‘yin boshini ajratishini eng ko‘p qulay usullaridan biri-o‘ynovchilarni
tanlashidir. Bu usul pedagogik jixatdan yaxshi bo‘lib u bolalarni jamoa bo‘lib
kelgan xohishini namoyon qilishga imkon beradi. Ammo kam tashkil qilingan
bolalar bilan o‘ynaladigan o‘yinda bu usulni qo‘llash qiyin bo‘ladi, chunki bunda
o‘yin boshi xizmatiga ko‘ra saylanmasdan, balki ko‘proq kuchli,
tirishqoq
bolalarni toziyqi
ostida saylanadi. Rahbar bolalarga o‘yin boshini tanlashda, kim
yaxshi yuguradigan, sakraydigan, aniq nishonga tegizadigan
bolalarni saylashni
tavsiya qilish mumkin.
Eng yaxshisi o‘yinboshini saylashda yoki tayinlashda navbatga qo‘yib
quyish yaxshi, chunki har bir o‘yin qatnashchisi ushbu rolni bajaradi. Bu faolik va
tashkilotchilik malakalarini tarbiyalashga yordam beradi.
O‘yin boshini oldingi o‘yin natijalariga ko‘ra saylash mumkin. Oldingi
o‘yinlarda ko‘proq epchil, tezkor, chaqqon bo‘lgan o‘yinchilar o‘yinboshi bo‘ladi.
Bu xaqda o‘yin qatnashchilariga oldindan e’lon qilinishi kerak chunki ular
o‘yinlarda zarur bulgan sifatlarni namayon qilishga harakat qilishlari kerak. Bu
usulni salbiy tomoni shundaki, ya’ni o‘yinboshi rolida bo‘sh va epchil bo‘lmagan
bolalar bo‘la olmaydilar.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘yin boshini saylash usullarini qo‘yilgan
vazifalarni, mashgʻulotni shartiga, o‘yinni
harakteriga, o‘ynovchilarni soniga va
ularni kayfiyatiga qarab almashtirib borish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: