Quyida mamlakatlar miqyosida bitkoin tizimini elementlari (tarmoq ishtirokchilari) soni keltirilgan (2017 yil sentyabr xolati)
1. AQSH
|
2567 (27,58%)
|
2. Germaniya
|
1688 (18,13%)
|
3. Frantsiya
|
657 (7,06%)
|
4. Xitoy
|
558 (5,99%)
|
5. Niderlandiya
|
445 (4,78%)
|
6. Kanada
|
378 (4,06%)
|
7. Noma’lum mamlakatlarda
|
332 (3,57%)
|
8. Angliya
|
322 (3,46%)
|
9. Rossiya
|
305 (3,28%)
|
10. Singapur
|
210 (2,26%)
|
Bitnodesning 14 sentyabr 2017 yilgi ma’lumotlari
|
|
2017 yil sentyabr oyida Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov
kriptovalyutalarni boshqarish bo’yicha qonum loyihasini shu yilning oxirigacha tayyorlashini bildirdi. Dekabr oyida Moskvada o’tkaziladigan slyotda bu masalaga birmuncha oydinlik kiritilishi mumkin. Ministrning aytishicha, bu xujjatni tayyorlashdan asosiy maqsad – mamlakatda aldanib qoladigan investorlar bo’lmasligiga erishishdir. Moliyaviy bozorlar bo’yicha davlat dumasi komiteti raisi Anatoliy Aksakov ham kriptovalyutalar bo’yicha qonun loyihasini yil oxirigacha qabul qilish mumkinligini bildirdi. Rossiya davlat banki kriptovalyutalarni raqamli mahsulot deb tan olgan xolda uni ham soliqqa tortish kerakligini bildirdi. Ammo kriptovalyutalar oltin zahiralari bilan ta’minlanmaganligi tufayli, ularni ko’plab miqyosda chiqarish valyuta bozoriga parokandalik olib kelishi mumkin. Insonlar pul o’rniga kriptovalyutyalarni ommaviy ishlata boshlashsa, u asta-sekin pulnini o’rnini egallab olishi mumkin. Rossiyadagi va dunyoning bir qancha mamlakatlaridagi huquq-tartibot organlari ko’pchilik kriptovalyuta birjalariga internet orqali kirishni yopib qo’yayaptilar – ularning fikrlaricha raqamli
valyutalarning anonimlilik xususiyati tufayli “kriptovalyutalar narkotik moddalar, qurol-yaroq, qalbaki xujjatlar savdosida va boshqa turdagi noqonuniy jinoyat ishlarida qo’llanilishi mumkin”. Ya’ni, nazorat qilib bo’lmaydigan trahschegaraviy kriptooperatsiyalar terrorizmni moliyalashtirish uchun xizmat qiladi. Ammo, kriptovalyutalar to’liq anonym emasligi g’arb davlatlaridagi politsiya xizmatlari va maxsus xizmatlar amaliyotidan allaqachon ma’lum bo’lgan, chuni ular bitkoin- hamyonlar egalarini mahsus dasturiy ta’minot yordamida bemalol aniqlay oladilar. Masalan, 2017 yil boshida Daniya politsiyasi internet orqali narkotik moddalar zakaz qilgan va unga bitkoinlar yordamida pul to’lagan shaxsni aniqladi. Uning qancha pulga narkotik moddalar zakaz qilganini aniqlagan xolda bu shaxsni sakkiz yilga qamoq jazosiga xukm qilindi (Berlingske nashriyotidan). Bu operatsiyani amalga oshirish uchun Chainanalysis deb nomlangan amerika kompaniyasining shu nomdagi analitik dasturidan foydalanildi. Ushbu dasturni Daniyalik Yan Moller ishlab chiqqanligi aniqlandi. Lekin bu huquq-tartibot organlari tomonidan bitkoin-hamyonning egasi aniqlangan (deanonimizatsiya) birinchi xodisa emas.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, bitkoin yaratuvchining kimligi xaligacha ma’lum emas, bu esa bundan eng avval kim foyda olgan va uning (yoki ularning) maqsadlari nima bo’lganini aniqlashga imkon bermaydi. Xuddi shuning uchun ham Chronopay kompaniyasining R&D-bo’limi boshlig’i Dmitriy Artimovich quyidagi fikrni bildiradi: “Bitkoin uni dollar yoki boshqa turdagi valyutaga almashtirish mumkin bo’lmgagani qadar mavjud bo’ladi. Hech qanday mamlakat o’z moliyaviy tizimini qandaydir tushunarsiz valyuta ixtiyoriga berib qo’ymaydi. Chunki bitkoinning rivojlanishi bir qancha savollarni yuzaga keltiradi: Kim bu ishni moliyalasjtirgan? Kim birinchi marta kriptovalyuta almashtirish punktlarini tashkil qilgan? Kriptovalyutalar ko’proq kimning qiziqish va intilishlariga mos keladi? Kriptovalyutalar kimlarning maqsadlarini amalga oshirish uchun xizmat qiladi? va xakazolar. Boshqa tomondan qaraganda, jahondagi ko’pchilik moliyaviy oqimlarni mahsus hizmatlar nazorat qilishga intiladilar. Shuning uchun ham kriptovalyutalar tizimi o’z-o’zidan paydo bo’lgan degan fikrga ishonish qiyin.
Do'stlaringiz bilan baham: |