Оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi “mirzo ulug’bek” nomidagi o’zbekiston milliy univеrsitеti "iqtisodiyot" fakulteti iqtisodiyot nazariyasi



Download 42,48 Kb.
bet1/5
Sana03.07.2022
Hajmi42,48 Kb.
#736484
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
BOZOR IQTISODIYOTI. REFERAT JAVOHIR.


O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI
ОLIY VА O’RTА MАХSUS TА’LIM VАZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK” NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVЕRSITЕTI




"IQTISODIYOT" FAKULTETI


IQTISODIYOT NAZARIYASI


fаnidаn


REFERAT


MAVZU; BOZOR IQTISODIYOTIGA O’TISHNING “O’ZBEK MODULI”
Topshirdi: MATCAHNOV JAVOHIR
Qabul qildi: GULNORA ZAHIROVA


TOSHKENT - 2022

Mavzu; Bozor iqtisodiyotiga o’tishning “O’zbek Modeli”


Reja:

  1. Kirish.

  2. Asosiy qism.

  1. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning “O’zbek Modeli” ni kelib chiqishi.

  2. O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tishning tamoyillari va xususiyatlari.

  3. O`zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo`nalishlari.

  1. Xulosa.

  2. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



  1. Kirish.

Bozor iqtisodiyoti bu erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot bo'lib resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uyg'unlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi.
Bozor iqtisodiyoti - tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud bo'lgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyotining asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xo'jalik emas, balki tovar xo'jaligi hukmron bo'ladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega bo'ladi, ya'ni ular bozorda oldi-sotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyotiga barter emas, balki tovar ayirboshlash, ya'ni oldi-sotdi yuritish xos. Shu bois natural iste'mol o'rniga tovar iste'moli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, ya'ni erkinlik, mulkiy erkinlik va xo'jalik yuritish erkinligiga asoslanadi.
Bozor iqtisodiyotida yakka tartibda, o'z mulki va mablag'iga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga ko'tarib ish yuritish usullari mavjud bo'ladi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy sub'yektlar alohidalashganidan ular manfaati to'qnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo bo'ladi. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini ta'minlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iqtisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy rag'batlantirish mexanizmi bo'lib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni ko'plab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Bozor iqtisodiyotida pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi bo'lmagan, tovarlar mo'lko'lligi ta'minlanadigan iqtisodiyotdir.
Hozirgi Bozor iqtisodiyoti madaniylashgan iqtisodiyot bo'lib, unga quyidagi belgilar xos: mulkiy xilma-xillik, tartiblanadigan iqtisodiyot, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, madaniy va xalol raqobat, kuchli hamkorlik aloqalari, iqtisodiy tangliklarning qisqa davrda va yengil kechishi, ommaviy farovonlik, ijtimoiy tabaqalanishning chuqur bo'lmasligi, o'ziga to'q va farovon yashovchi o'rtahol tabaqa mavqeining oshib borishi, ijtimoiy muvozanatning saqlanishi va fuqaroviy to'qnashuvlarga o'rin qolmasligi va boshqa. Bu belgilar hozirgi Bozor iqtisodiyotini harakterlaydi, lekin uning taraqqiyoti shu bilan cheklanmaydi.
Bozor iqtisodiyoti modellari — bozor iqtisodiyotining turlari. Bozor iqtisodiyoti modellari modelning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos bo'lgan aralash iqtisodiyot, ijtimoiy bozor xo'jaligi va korporativ iqtisodiyot ko'rinishlari mavjud.

Iqtisodivotda bozor atamasi ostida bozor subyektlari (xaridorlar va sotuvchilar) orasidagi pul-mol almashinuvi tizimi tushuniladi. Bozor — 1) sotuvchilar bilan haridorlar o'rtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan iste'molni o'zaro bog'lovchi mexanizm. 2). Savdo-sotiq qilinadigan muayyan joy, maydon.




  1. Download 42,48 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish