1. Jismoniy talablar — oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va
boshqalar.
2. Xavfsizlik talabi — yaxshi mehnat sharoiti, kelajakka ishonch
va boshqalar.
3. Ijtimoiy talablarning jamoaga bogMiqligi.
4. Hurmatga b o‘lgan talab. Yuqori xizmat darajasiga erishish,
ishiga baho olish, o ‘ziga diqqat-e’tibomi qaratish va boshqalar.
Hozirgi zamon menejmenti Abraham Maslou tomonidan
yuqorida ko‘rsatilgan talablarga berilgan baho va shu bilan birga
taklif qilgan talablarni qondirishni qurol sifatida ishlovchilaming
unumli faoliyat sharti deb o ‘z qo‘liga oldi. Maslouning fikricha,
taraqqiy topgan davlatlarda jismoniy talablar va birinchi, ikkinchi,
uchinchi darajalar kafolatli qondirilgan. Shunday ekan, menejment
ning vazifasi — insonning ishini shunday tashkil qilish kerakki,
unda yuqoriroq darajalardagi talablari ham to ‘laligicha qondirilsin.
Muammo izlanuvchilari bu kabi ish tashkil qilinishida mehnat un-
umdorligi 5%dan 40%gacha o ‘sishini qayd etishlari mumkin.
Inson resurslari nuqtai nazarining yorqin vakillari sirasiga
amerikalik olim Duglas MakGregor (1906-1964) kiradi. Duglas
MakGregor «inson munosabatlari» maktabining atoqli namoyan-
dalaridan hisoblanadi. U inson xulq-atvorining ikki modeli, xodimn
ing o ‘z mehnatiga ikki xil munosabatda bo‘lishi mumkinligini ino
batga olib, ikki jildlik «X» va «U» nazariyasini yaratadi.
«X» nazariyasi muallifning fikri bo‘yicha boshqaruvga
50
an’anaviy yondashuvni — ma’muriy buyruqbozlik jarayonini aks
ettiradi. Bu nazariyaga ko‘ra, namunaviy yollanm a xodim — tabi-
atan yalqov boMgan kishi, shu sababli u topshirilgan ishdan bo‘yin
tovlashga urinadi, unda izzattalablik, m as’uliyat sezish, fahm-
farosat yetishmaydi. Bunday holatda xodimni doimo majburlash,
nazorat qilish, jazolash va jarima solish bilan qo‘rqitib turish zarur.
Duglas MakGregorning fikricha, bu kabi boshqaruv nazariyasiga
qarama-qarshi «U» nazariyasi turishi kerak. Yollanma ishchilar
tabiatan faol, ularga tashabbuskorlik va uddaburonlik, o‘z zimma-
siga mas’uliyat olish salohiyati xosdir. Bunday holda menejerning
vazifasi kishilar o ‘z maqsad va manfaatlariga g ‘oyat maqbul tarzda
erishadigan shart-sharoitni yaratishdan iborat boMadi. Kompaniyan-
ing siyosati va istiqboli esa xodimlaming xulq-atvoriga asoslangan
holda tashkil etilishi kerak. Bu nazariyaga muvofiq keluvchi ish-
chini rag‘batlantirish va unga qulay muhit yaratib berishgina kifoya
qiladi.
Albatta, har ikkala nazariya ham faqat nazariyadir. Amaliyot-
da ular sof ko‘rinishda uchramaydi. Inson murakkab va ziddiyatli
mavjudot. U o‘zida ham birinchi, ham ikkinchi modellar sifatini
mujassamlashtiradi. Boshqarishning yuksak san’at ekanligi ana shu
ikki jihatni uyg‘un!ashtiradi. Agar kengroq fikr yuritadigan boMsak,
unda MakGregorning «U» nazariyasini inson resurslari boshqaru-
vining nuqtai nazari hamda inson axloqiy ta ’limoti umumiy naz-
ariy qoidalarining aks etishi deb tushunish mumkin. Bu masalaning
pirovard natijasi sifatida 1960-yillarda sotsiolog D o n al’d Neyting-
eylning quyidagi fikrlarini keltirish mumkin: menejerlar iqtisodiy
masalalaming ustivorligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari shunday
moddiy farovonlik andozalarini bunyod etdiki, ulardan biz hozirgi
kunda foydalanmoqdamiz. Bulaming hammasiga juda katta boylik-
lar evaziga erishilgan.
Axloqiy fanlar ta’limotiga 1950-60-yillarda uyg‘ongan
qiziqish shunchalik ulug‘ ediki, u o‘sha davr boshqaruv tizimining
deyarli hamma sohasini qamrab olgan edi. Shundan keyin boshqaruv
ta ’limotida yangi yo‘nalishlar davri keldi. Mana, 20-25 yil o‘tsa
51
ham bu ta ’limot g ‘oyasi, inson munosabatlari ta’limoti kabi yana
zamonaviy jam iyat ishlab chiqarishning taraqqiyoti, yangi davrda
ustivorlik holatini egalladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |