Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. M. Ziyavitdinova, Y. M. O‘rinov, Sh. N. Xayitov menejment


Miqdoriy tizimli va zamonaviy menejment maktabi



Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/335
Sana08.01.2022
Hajmi8,58 Mb.
#330075
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   335
Bog'liq
30 Менежмент N M Ziyavitdinova 2012 й Ўқув қўлланма

Miqdoriy tizimli va zamonaviy menejment maktabi
 
(1950-yildan  hozirgacha).
Namoyandalari 
G.Saymon,  P.Druker,  E.D eyl
 va boshqalar.
•  Murakkab  boshqaruv  muammoiarini  chuqurroq  tushunish 
maqsadida turli  modellarni  ishlab chiqish  va qo‘llash;
•  Murakkab 
vaziyatlarning 
yechim i 
bo‘yicha 
boshqaruv 
xodimlariga yordam beruvchi miqdoriy  usullarni  ishlab chiqish.
Shunday  qilib,  menejment  nazariyasi  va  amaliyoti  turli 
davrlarda o ‘ziga xos ko‘rinishlarda shakllangan:
•  1950— 60-yillarda  boshqaruvning  diqqat  markazida 
tashkiliy
 
tarkib
 turgan;
39


•  1960-—70-yillarda 
strategik rejalashtirish
 vujudga keldi;
•  1980-yiIlardan  boshlab  esa,  ilg‘or  G‘arb  firmalarida  strategik 
rejalashtirishdan 
strategik boshqaruvga
 o ‘tiladi.
Hozirgi zamon boshqaruv fani —  fanlararo  fandir.  Boshqaru­
vning har bir funksiyasini  bugun maxsus fanlar:
•  industrial-muhandislik sotsiologiyasi;
•  ijtimoiy psixologiya;
•  ijtimoiy injeneriya (erganomika);
•  marketing kabilar o ‘rganadi.
Menejmentning  marketing  nazariyasi  bilan  uyg‘unlashuvi 
boshqarishning  bozor  konsepsiyasi  vujudga  kelishiga  asos 
bo‘ldi.  Hozirgi  davrda  boshqaruv  nazariyasi  va  amaliyotida  sodir 
b o ‘layotgan o ‘zgarishlar 
«Tinch boshqarish inqilobi»
 nomini olgan.
3.2. Ilm iy   m enejm ent nazariyasi
Ilmiy  menejment  maktabi  XIX  asrning  oxiri  va  XX  asming 
boshlarida Amerikada  shakllana boshlagan.  Bu  maktab  boshqacha 
nom  bilan,  ya’ni  «Boshqaruvning  mumtoz  maktabi»  deb  ham 
yuritilgan.  Bu  maktab  sarchashmalarida  amerikalik  muhandis  va 
ixtirochi  olim  F re d e rik   Teylor  (1856— 1915)  turgan  edi.  Ushbu 
ta ’limot yana ham to ‘liqroq  uning  «sanoat korxonalarini  m a’muriy 
texnika tashkiloti»,  «Boshqaruvni  ilmiy  tashkil  qilishning  usuli  va 
prinsiplari»,  «Korxona  boshqaruvi  prinsiplari»  nomli  kitoblarida 
o ‘z  aksini  topgan.  Teylor  nazariyasi  keyinchalik  «Teylorizm» 
degan nom olgan.  U  yaratgani tizim esa ishchilarning  «siqib  suvini 
olish»ning  ilmiy  tizim i  deb  atalgan.  F.Teylor  ta ’limotining  asosiy 
mazmuni —  yollanma  ishchilar  unumdorligini  oshirishda g ‘oyatda 
samarador va maqbul usullam i izlashdir.
Uning prinsiplariga binoan:
•  mehnatning  har  bir  jarayoni,  uning  ko‘lami  va  ketma-ketligi 
aniq puxta ixtisoslashtirilishi  shart;
•  har bir mehnat turi  q at’iy vaqt oralig‘ida taqsimlanishi  lozim;
•  har  bir  mehnat jarayoni  va  hatto  har  bir  harakat  puxta  ishlab 
chiqilgan qoidalarga bo ‘ysundirilgan boMishi kerak;
40


•  yuqoridan  belgilab  berilgan  ish  usullari  va  qoidalami  bajarish 
uchun doimiy talabchan nazorat am alga oshirilishi lozim;
•  ishchilar  malakasi  va  saviyasiga  qarab  joy-joyiga  qo‘yilishi 
shart;
•  boshqaruvchi  bilan  boshqariluvchi  m as’uliyatini  aniq  belgilash 
va vazifalarni to‘g ‘ri taqsimlash  shart.
Teyloming  nuqtai  nazari  bo‘yicha, 
ishchilarning  asosiy
 
vazifasi
 — 
bajaruvchanlik.
F.Teylor boshqarishni  «aniq  qonun va qoidalarga tayanadigan 
haqiqiy  ilm,  shuningdek,  nima  qilish  kerakligini  aniq  bilish  va 
uni  puxta  hamda  arzon  usulda  bajarish  san’ati»  deb  baholagan. 
F.Teylor  «Boshqaruvning  mumtoz  maktabi»ni  yaratishga  asos 
soldi.  U  yaratgan  boshqaruv maktabi  faqat Amerikada  emas,  balki 
Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham  turli  nazariya  va oqim lar 
ko‘rinishida rivojlanib bordi.
Amerika  ishlab  chiqarishni  boshqaruvi  bo‘yicha  am erikalik 
mutaxassis  Frenk  Gilbert  AQShda  birinchi  bo‘lib  mehnatni  ilm 
asosida tashkil  qiladigan  instruktorlar tayyorlaydigan  maxsus m ak- 
tabni  tashkil  qildi.  Teylorga  ergashib  Gilbert  ishlami  bajarishning 
«birdan-bir»  ilmiy  usulini  ishlab  chiqdi  va  uning  uchun  zaruriy 
shartlami  o ‘matdi:  ish joyini maqsadga muvofiq tuzish,  m ateriallar 
yetkazib  berish  usuli,  hamda zaruriy  moslama,  asbob  va  uskunalar 
bunyod  etdi.  F.Gilbert keng  oshkor  boMgan  «Mehnatni  ilm  asosida 
tashkil  qilish  alifbosi  va  harakatlami  o ‘rganish»  nomli  kitoblam i 
yozdi.  Bu kitoblar  1924 va  1934-yillarda Rossiyada bir necha m arta 
nashr  qilingan.  Teylorning  zamondoshi  va  ishining  davomchisi 
amerikalik  iqtisodchi  G .Em erson  mehnatni  ilmiy  tashkil  qilish 
bo‘yicha  yirik  mutaxassislardan  bo‘lib,  u  boshqarish  va  m ehnatni 
tashkil  qilishning  kompleks,  sistemali  tizimini  ishlab  chiqqan. 
Uning  asosiy  qoidalari  «Mehnat  unumdorligining  12  prinsipi» 
nomli  asarida yoritilgan.
G.Emerson  ilmiy  boshqaruv  prinsipini  mohiyatiga  k o ‘ra 
quyidagi ketma-ketlikda bayon qilgan:
1. Konkret qo‘yilgan maqsad  va g ‘oyalar.
41


2.  Oqil,  sog‘lom fikr.
3.  Jozibali, e’tiborli  maslahat.
4.  Intizom.
5.  Xodimga nisbatan  adolatli  bo‘lish.
6.  Tezkor,  ishonchli,  to ‘liq, aniq va muntazam  hisob-kitob.
7.  Dispetcherlik  ishini  olib  borish.
8.  M e’yorlar vajadvallar.
9.  Sharoit bilan ta’minlash.
10.  Operatsiyalarni  m e’yorlash.
11.  Standart yo‘riqnomalami  tayyorlash.
12.  Unumdorlikni  rag‘batlantirish.
K o‘rinib  turibdiki,  G.Emersonning  diqqat-e’tiborida,  eng 
avvalo ikki aniq qo‘yilgan maqsad v ag ‘oya, shuningdek, oqilonafikr 
turibdi.  G.Emerson  ishchining  ish vaqtida  bajaradigan harakatlarini 
o ‘rganib,  ishchiga  beriladigan  ish  hajmi  m e’yorlarini,  ishni 
bajarishning  ortiqcha,  unumsiz  harakatlarini  bartaraf  etuvchi  eng 
muvofiq usullarini ishlab chiqdi. Bunda masalan, nisbiy ish haqining 
maxsus  tizimi  oqilona  fikr  asosida  qo‘llanilib,  unga  ko‘ra  berilgan 
m e’yorni  bajargan  ishchilarga  tarif  stavkalari  va  koeffitsientlari 
oshirilar,  uni  bajara  olmagan  ishchilarga esa  stavkalar  20—-30  foiz 
pasaytirilib,  jarim a  solinar  edi.  Lekin,  berilgan  vazifani  yuqori 
darajada bajarilishi uchun  sharoit ham yaratilishi  kerak.
«Ilmiy  menejment»  maktabining  vakillari  o ‘z  ilmiy  ishlarini 
asosan 
korxona, 
tashkilot 
boshqaruvini 
takomillashtirishga 
bag‘ishlashgan.  Ular  boshqaruvning  quyi  darajasidagi  boshqaruv 
bilan  shug‘ullanishgan.  M a’muriy  maktabning  vujudga  kelishi 
esa  mutaxassislarning  umumtashkilot  darajasidagi  boshqaruv 
muammolari bilan shug‘ullanishlari  uchun  imkon yaratgan.
«Mumtozchilar» 
tashkilotga 
keng 
qamrovli 
kelajak 
nuqtai  nazaridan  yondashib,  undagi  umumiy  xususiyatlar  va 
qonuniyatlarni  aniqlashga  urinishgan.  Maqsad  —   boshqarishning 
universal  usullarini  yaratish  orqali  muvaffaqiyatga  erishish  edi. 
Ular boshqarishning quyidagi  ikki jihatiga e’tibor qaratishgan:
42


•  Tashkilotning  oqilona  boshqaruv  tizimini  ishlab  chiqish.  Ular 
tashkilotni  bo‘linmalar  yoki  ishchi  guruhlarga  bo'lishni,  moliya, 
ishlab  chiqarish  va  marketing  boshqarishni  takomillashtirishning 
muhim tomonlari deb hisoblashgan.
•  Tashkilotning  oqilona  tarkibi  va  ishlovchilaming  oqilona 
boshqarilishiga erishish.  Shu maqsadda boshqarishda yakkaboshlik 
bo‘lishini  va  ishchi  faqat  bitta  boshliqdan  topshiriq  olishi  va  unga 
bo‘ysunishi  lozim degan g ‘oyani  ilgari  surishgan.
Ilmiy  menejmentning  Yevropa  yo‘nalishidagi  ta ’limotning 
XIX  asr  oxiri  va  XX  asrning  20-yillarida  eng  yorqin  arbobi  A nri 
Fayol  hisoblanadi.  Anri  Fayol  boshqaruv  fanining  rivojlanishiga 
salmoqli  hissa  qo‘shgar.  fransuz  olimidir.  U  Fransiyadagi  k o ‘mir 
qazib  oluvchi  yirik  kompaniyani  boshqargan.  Anri  Fayol  o ‘zining 
boy  amaliy  tajribasini  «Umumiy  va  sanoat  boshqaruvi»  (1916) 
nomli  kitobida umumlashtirgan.

Download 8,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish