Qo’lda kashta tikish uchun juda oddiy asboblar kerak. Bular: igna,
angishvona,
qaychi, santimetr, o’tkir uchli dukcha, kergi;
bundan tashqari, millimetrlangan
qog’oz, kalka, kopirovka qog’ozi.
Kashta tikish uchun chо‘zinchoqroq kо‘zli kalta (1- va 2-nomerli kashta
tikadigan hamda turlanadigan)
ignalar
tanlangani ma’qul. Ignaning kо‘zi
katta
bo’lsa, bir necha qavat ipni o’tkazish
shuningdek, vladimiricha chokli kashtalarni
tikishda ishlatiladi. Bu ignalar ipni sanash va ajratib olish uchun juda qulay.
Jun ipni ignaga o’tkazish qiyin. Bu ipni o’tkazish uchun sotuvdagi ignalar
komplektidagi ip o’tkazgichdan foydalanish mumkin. Uni bir qatim ipak yoki
ingichka g’altak ip bilan o’tkazsa ham bo’ladi.
Ipakni ikki qavat qilib, xosil
bo’lgan petlya ichiga jun ip bilan birga tortib olinadi.
Zich va yupka (markizet, polotno, shoyi, batis) gazlamaga kashta tikishda,
kо‘zi kichkina ingichka igna kerak buladi. Yugon igna sanchilgan joylarda teshik
koladi., katta kо‘zda esa ingichka ipni yaxshi tutib bulmaydi.
Buyumlarni biriktirib ko’klash uchun 1- va 3-nomerli
ignalar ishlatish
qulayroq.
Kashtani kergisiz tikishda, bir necha qavat gazlamaga igna sanchishda,
buyumlar chetini buklab tikish va xokazolarda ignani gazlamadan o’tkazish uchun
angishvona
kerak bo’ladi. U barmoqni igna qirishidan saqlaydi. Angishvona o’ng
qo’lning o’rta barmog’iga
taqiladi, uning barmoqning yug’onligiga qarab
tanlanadi, lekin u barmoqni siqib yoki undan tushib qolmasligi kerak.
Ishlash uchun uch xil: uchni ingichka kichkina
qaychi
– kashta tikayotganda
ip uchini qirqish uchun; katta
qaychi
– gazlama va kalava iplarni kirkish uchun.
Qaychilar yaxshi charxlangan, tig’larining uchi to’la yopiladigan bo’lishi
kerak.
Santimetrli lenta tikish ishlarida buyum o’lchamlarini aniqlash, gazlamaga
bezakni rejalash, tikish ishlarini bajarishda foydalaniladi.
Uchli dukcha (suyakdan, yog’ochdan yoki plastmassadan) oq tekis chokli
kashta tikishda teshikchalar xosil qilish uchun ishlatiladi.
Dukchaning diametri
taxminan 5 mm, uzunligi 6-8 sm bo’lishi lozim.
Kergilar gazlamani tarang tortib turish va deformatsiyalanishdan saqlash
uchun ishlatiladi. Kergilar to’g’ri burchakli yoki doira shaklida bo’ladi. Doira
shaklidagi yog’och kergi juda qulay. Kergilar diametri 20 – 40 sm li ikkita
gardishdan iborat bo’lib, bir-birining ichiga tushib turadi. Agar
kichik gardish katta
gardish ichiga qiyin tushadigan bo’lsa, katta gardishning ichki tomonini jilvir bilan
tozalash kerak, u juda kichik bo’lib, katta gardishdan tushib ketadigan bo’lsa,
atrofiga yupqa gazlama o’rab qo’yish mumkin.
Kashta tikiladigan gazlamani keragiga tortishda uni kichik gardish ustiga
qo’yib, iplarini qiyshaytirmaydigan qilib to’g’irlanadi. Katta gardishni uning
ustiga qo’yib, bosib gazlama tarang tortib qo’yiladi. Kergiga tortilayotgan yupka
gazlama yirtilmasligi, shuningdek, kashta tikiladigan gazlama ish paytida kir
bo’lmasligi uchun, uning ustiga o’rtasi kergining diametridan kichikroq doira
qilib uyilgan boshqa gazlama qo’yiladi.
Kergilar stolga maxkamlab qo’yish uchun vintli bo’lishi ham mumkin.
Millimetrli kog’oz
naqshlar, ayniqsa geometrik, sanama naqshlar tо‘zishda
kerak bo’ladi.
Kashta gulni gazlamaga kuchirishga tayyorlashda kalka ishlatiladi.
Naqsh
avval originaldan kalkaga ko’chiriladi, keyin kalkadan gazlamaga ko’chiriladi.
Kashta gulini gazlamaga ko’chirish uchun kopirka qog’ozi ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: