Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari


-mavzu. O‘rta Osiyo xalqlari hayotida IX -XII asrlarda



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

 
8-mavzu. O‘rta Osiyo xalqlari hayotida IX -XII asrlarda 
yuz bergan uyg‘onish davri. Fan va madaniyat ravnaqi 
IX-XII asrlar madaniy yuksalishining shart -sharoitlari.
Ilm-fan 
 
Fanda “Uyg‘onish davri” deb ataladigan davr G‘arbiy va 
Markaziy 
Yevropa 
mamlakatlarda 
XIV -XVI 
asrlardagi 


155 
rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalash uc hun 
ishlatilgan. Birinchi marotaba “uyg‘onish” atamasini XVI asr 
italyan rassomi va tarixchisi J.Vazari o‘z asarlarida ishlatadi. 
“Uyg‘onish”, “uyg‘onish davri” atamalari XIV -XVI asr 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish mohiyatini ochib bermasdan, 
ko‘proq antik davr merosini, ya’ni antik madaniyatga o‘xshash 
madaniyatni qaytadan “tirilishi”, “uyg‘onishi” ma’nosida 
ishlatila boshlandi. Keyinchalik fanda bu atama keng qo‘llanila 
boshlandi. Shu ma’noda ko‘pchilik tadqiqotchilar IX -XII asrlar 
O‘rta Osiyo xalqlari tarixida madaniyatning rivojlanishini 
o‘ziga xos xususiyatlarni ham “uyg‘onish” davri deb atalishi 
yuqorida qayd qilinganidek, shartlidir deb hisoblaydilar.
IX-XII asrlar O‘rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va 
ma’naviy hayotning rivojlanishida oldingi davrl arga nisbatan 
keskin yuksalish davri bo‘ldi. VIII asrda Arab xalifaligi hozirda 
O‘rta Osiyo deb atalmish hududni fath etib bo‘lgan, bosib 
olingan yerlarda islom dini keng yoyilib, ijtimoiy -iqtisodiy va 
ma’naviy hayot Arab xalifaligi tartib -qoidalariga butunlay 
bo‘ysundirilgan edi. Xalifalik tarkibiga kiritilgan o‘lkalarda 
faqat islom dinigina emas, balki arab tili va uning imlosi ham 
joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning davlat tili bo‘lsa, 
islom dini uning mafkurasi edi. Shu sababli bu mamlakatlarda
arab tilini o‘zlashtirishga intilish kuchli bo‘lgan. Islomni qabul 
qilgan aholining arab tili bilan muloqoti, ibodat vaqtlarida 
qur’on suralarini tilovat qilishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 
mahalliy zodagonlar arab tilini xalifalik ma’murlari bilan 
yaqinlashish va mamlakatda o‘z siyosiy mavqelarini tiklab uni 
mustahkamlashning garovi deb hisoblaydilar. Arab tiliga 
bo‘lgan bunday ehtiyoj va intilish tufayli ko‘p vaqt o‘tmay 
Movaraunnahrda xatto o‘z ona tilidan ko‘ra arab tili va yozuvi 
o‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo‘ldi. Chegaralari borgan 
sari kengayib, ulkanlashib borayotgan xalifalik uchun ilm ahli 
suv va havodek zarur bo‘lib qoldi. Davlatni boshqarishda 
xalifalik ma’muriyati bilimdon siymolarga muhtoj edi. Chunki 
arablar orasida bu paytda davlat is higa yaroqli bo‘lgan 
bilimdonlar ham oz bo‘lib, borlari ham zaif edi.
Bu 
hol 
o‘z 
navbatida 
arab 
tili 
va 
yozuvini 
Movarounnahrda keng yoyilishiga imkoniyat yaratib berdi. 
Ammo VIII asr oxiri IX asr boshlarida bo‘ysundirilgan 


156 
xalqlarni mutloq itoatda saqla b turish nafaqat xalifalik markazi 
ma’murlariga, balki o‘lkalarga tayinlangan noib uchun ham 
tobora qiyinlasha boshladi.
821 yilda Xuroson va Movaraunnahrning noibi etib 
tayinlangan Tohir ibn Husayn xalifalik o‘ylaganidek siyosat 
yurgizmadi. U xalifa nom ini xutba nomozidan chiqarib 
tashlashga ko‘rsatma berdi. Tohiriylar shunday qilib so‘zda 
o‘zlarini xalifalikning noibidek ko‘rsatsalar -da, amalda 
mustaqil ish yuritish harakatini boshlab yubordilar. Bu borada 
diqqatga sazovor tomoni shundaki, tohiriylar na faqat siyosiy 
mustaqillikka 
intildilar, 
balki 
xo‘jalikning 
ko‘pgina 
tarmoqlarini o‘zlari xohlaganday tartibga solishga harakatlar 
qildilar. Ular qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida suv 
ta’minotini yaxshilashga katta e’tibor qarata boshladilar. Kat ta-
katta ariqlar, kanallar qazdirdilar. Suv ta’minoti haqida 
fiqhshunos olimlar risolalar yozib, bu ishni aniq tartib -qoidaga 
binoan olib borish lozimligini isbotlab berdilar. Shunday qilib, 
mustaqil davlatlarning paydo bo‘lish uchun zamin paydo bo‘ldi.
873-yilda Tohiriylar hukmronligi o‘rniga Safforiylar 
hukmronligi o‘rnatildi. Bu o‘z navbatida Movarounnahrni 
Xurosondan ajralib, o‘z mustaqilligini tiklab olishi uchun asos 
bo‘ldi. IX asrning oxirgi choragida Movarounnahr Somoniylar 
qo‘l ostiga o‘tib, mustaqillikni yanada mustahkamlab oladi. 
Somoniylar sulolasining eng yirik vakillaridan biri bo‘lmish 
Ismoil Somoniy kuchli davlat tuzishga harakat qiladi va bu 
ishni muvaffaqiyatli ravishda uddasidan chiqadi.
Somoniylar o‘z davlatlarini o‘zlarigacha bo‘lgan sharq 
davlatlarining boshqaruv an’analarini chuqur o‘rgangan holda, 
ularga suyanib, zamon talablarini hisobga olgan holda 
o‘zgartirishlar kiritib boshqarishga harakat qildilar.
Movaraunnahr deb ataladigan bu hududda mustaqil 
davlatlarning tashkil topishi 
ularda siyosiy barqarorlik, 
iqtisodiy rivojlanish va madaniy hayotning ravnaqiga katta 
ta’sir ko‘rsata boshladi. Buxoro, Samarqand, Urganch va Marv 
kabi shaharlar ilm-fan va madaniyat markazlari sifatida 
shakllanib, rivojlana boshladi.
O‘rta Osiyoda IX-XIII asr boshlarida Somoniylar, 
Qoraxoniylar, G‘aznaviylar va Xorazmshohlar davlatlari hukm 
surdilar. Bu davlatlar xalqaro maydonda o‘z mavqei va tutgan 


157 
o‘rni jihatidan katta e’tibor va nufuzga ega bo‘ldilar. Ahmad 
Nasr, Ismoil Somoniy, Alptakin, Mahmud G‘aznaviy, 
To‘g‘rulbek, Sulton Sanjar, Otsiz, Takash singari tadbirkor va 
uzoqni ko‘ra oladigan davlat arboblari davrida O‘rta Osiyoda 
hayotning barcha jabhalarida yuksalishlarga erishildi, davlat 
hokimiyati mustahkamlandi, nisbatan tinchlik, osoyishtalik va 
barqarorlik vujudga keldi. 
Tarixchi 
Abu 
Mansur 
as -Saolobiyning 
Somoniylar 
Buxorosiga bergan ta’rifi butun O‘rta Osiyo davlatlarining IX -
XIII asrlardagi ahvoliga tegishlidir: “...shon -shuhrat makoni, 
saltanat ka’basi va zamonasining ilg‘or kishilari jamlang an, yer 
yuzi adiblarining yulduzlari porlagan hamda o‘z davrining 
fozillari yig‘ilgan (joy) edi”. O‘rta Osiyo hukmdorlari ilm ahli 
bilan yaqinlashdilar. Mamlakatni boshqarishda ularning bilimi 
va maslahatlaridan foydalandilar. Hukmdorlarning aksariyati bu 
davrda o‘z saroylarida olim, shoir va usta san’atkorlar, turli 
sohalar 
bo‘yicha 
qimmatbaho 
kitoblarni 
to‘plashga 
odatlandilar. 
Saroyga 
jalb 
etilgan 
olim 
va 
shoirlar, 
kutubxonalardagi 
nodir 
qo‘lyozma 
asarlar 
bilan 
mag‘rurlanardilar. 
Damashq, Qohira, Bag‘dod, Kufa, Basra va boshqa katta 
shaharlarda O‘rta Osiyodan borib fan, madaniyat taraqqiyotiga 
o‘z hissasini qo‘shgan avlod-ajdodlarimiz bu davrga kelib 
ko‘paya bordi. Bag‘dod shahri Sharqning ilm -fan markazi 
sifatida olamga tanildi, chunki IX asrda bu yerda “Bayt ul-
hikma”-(“Donishmandlar uyi”) Sharqning fanlar akademiyasi 
tashkil etildi. Bunga monand holda X asr oxirlarida Xorazmda 
ham xalifa Ma’mun davrida (995-997-y.) “Donishmandlar uyi”-
“Bayt 
ul-Hikma”-“Ma’mun 
akademiyasi” 
(Xorazm 
akademiyasi) tashkil topdi. Bu ikki ilm o‘chog‘larida Sharqning 
mashhur va ma’lum olimu-allomalari tahsil ko‘rganlar. Ular 
orasida Ahmad Farg‘oniy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino va 
boshqa buyuk allomalarning nomlari bor.
Muhammad ibn Muso 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish