Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

mis-tosh (eneolit)
davri bo‘lganligi aniqlangan. Bu davr metall 
qurollarning barchasi bronzadan qilinmay, sof misdan yasalganligi 
ma’lum. O‘rta Osiyoda eneolit davri nisbiy tarzda mil. avv. IV ming 
yillikning oxiri-III ming yillikning boshlarini o‘z ichiga oladi. Bu davrda 
mis o‘zining kimyoviy xossalari (tez eruvchanlik, egiluvchanlik) tufayli 
xo‘jalik hayotda ustunlik qila olmadi. Ishlab chiqarishda avvalgidek tosh 
qurollar asosiy o‘rinda bo‘lib qoldi. Shuning uchun ham bu davr mis-tosh 
asri deb yuritiladi. 
Mezolit oxirida va neolit davrida terib-termachlab, ovqat topishdan 
yovvoyi o‘simliklarni ekish va o‘tkazish yo‘li bilan madaniylashtirish 
orqali vujudga kelgan dehqonchilik eneolit zamonida yuqori xo‘jalik 
turiga aylanib bordi. Dehqonchilik bilan uy chorvachiligi ortiqcha 
mahsulot yetishtirishga va mol ayirboshlashni tartibga solishga asos 
bo‘lgan. O‘rta Osiyo hududlarida quyidagi yangi tarixiy-madaniy 
jarayonlar eneolit davri bilan bog‘liqdir: 
1.
Xo‘jalikning 
boshqa 
hamma 
turlariga 
qaraganda 
haydama 
dehqonchilikning ustunlik qilishi; 
2.
Toshdan ishlangan qurollar ko‘p bo‘lgan holda mis qurollarning paydo 
bo‘lishi; 


30 
3.
Katta-katta jamoalarning paxsadan va xom g‘ishtdan tiklangan katta-
katta uylari; 
4.
Kulolchilikda muhim texnika yutug‘i - xumdonlarning ishlatilishi; 
5.
O‘troqchilik xo‘jaligining rivojlanishi, jamoa birlashmalarining uylari 
va qurilishida xom g‘ishtning paydo bo‘lishi; 
6.
Turli hayvonlarning loydan yasalgan va ona urug‘i tuzumiga 
(matriarxatga) xos haykalchalari; 
7.
Rangdor sopol buyumlar, ya’ni turli tasvirlar ishlangan sopol 
buyumlarning mavjudligi. 
Eneolit davrida O‘rta Osiyo aholisining madaniyati bir bosqich 
yuqoriga ko‘tariladi. Lekin bu hududlardagi qabilalarning madaniy va 
ijtimoiy taraqqiyoti bir xil darajada emas edi. 
Qadimgi qabilalar mis-tosh davriga o‘tgach, madaniy, xo‘jalik va 
ishlab chiqarish taraqqiyotining yangi bosqichi boshlanadi. Yangi xo‘jalik 
turlari - dehqonchilik va chorvachilik avvalgidek, Turkmanistonning 
janubi-g‘arbidagi qulay geografik sharoitda rivojlanadi. Bu paytda quyi 
Zarafshon va Amudaryo havzalarida yashovchi qabilalar hali madaniy 
o‘simliklar o‘stirishga o‘tmagan edilar. O‘rta Osiyoning sharqiy qismidagi 
tog‘li hududlar aholisi xo‘jaligida esa ovchilik ustun edi. Demak, ilk va 
rivojlangan mis-tosh davrida O‘rta Osiyo qabilalarining ijtimoiy-iqtisodiy 
va madaniy rivojlanishida katta farqlar va notekisliklar saqlanib qoladi. 
Dasht va tog‘ hududlaridan topilgan xilma-xil moddiy manbalarni 
o‘rganish natijalari (sopol idishlar, tosh qurollar, hayvonlar va qushlar 
suyaklari) qabilalarning iqtisodiy hayotida qo‘shimcha xo‘jaliklar - 
ovchilik va baliqchilik asosiy manba bo‘lganligidan dalolat beradi. Shu 
bilan birga dasht odamlari tarixida chorvachilikning ilk bosqichi 
boshlanadi deyish mumkin. Lekin neolit davri an’analari o‘z ahamiyatini 
yo‘qotmagan. Aholining asosiy qismi daryolarning irmoqlari sohilida va 
ko‘llar atrofida yashagan. Tabiiy boyliklar eneolit davri odamlari uchun 
hayot manbai hisoblangan. 
Eneolit davriga oid muhim yodgorliklar Janubiy Turkmanistondagi 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish