424
Komissiya Konstitutsiya loyihasini tayyorlash jarayonida xalqaro
huquq qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining hujjatlariga,
Butunjahon inson huquqlari Deklaratsiyasiga amal qildi. Dunyoning
ko‘pgina taraqqiy etgan va rivojlanayotgan mamlakatlarining
konstitutsiyaviy hujjatlari o‘rganib chiqildi. Shu bilan birga boy
tariximizdagi davlat boshqaruv tizimi
va adolatli qonunshunoslik
an’analari ham chuqur o‘rganildi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o‘z mohiyati
va ahamiyati jihatidan Sovet davridagi Konstitutsiyalardan, xususan,
1978-yilgi O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasidan tubdan farq qilishi kerak
edi. Sotsialistik O‘zbekiston Konstitutsiyasi o‘zining mazmuni, ruhi bilan
sobiq Ittifoq Konstitutsiyasidan kelib chiqib, O‘zbekistonni bu Ittifoqqa
qo‘l-oyog‘i bilan zanjirband etdi. Sinfiylik, partiyaviylik g‘oyalari bilan
sug‘orilgan Konstitutsiya g‘oyat darajada mafkuralashtirildi va
siyosiylashtirildi. Inson manfaatlariga nisbatan
davlat manfaatlari ustun
qo‘yildi.
Mustaqillik Konstitutsiyasi loyihasida O‘zbekistonda yuz bergan
tarixiy o‘zgarishlar hisobga olindi. Xususan, O‘zbekiston mustaqilligini
qonunlashtirish, iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o‘tishning shartlari,
davlat va jamiyat qurilishida demokratik tizimning tamoyillari, inson
huquqining ustuvorligi ifodasini topdi. Konstitutsiyada bayon etiladigan
masalalarni birma-bir o‘rganib chiqish uchun 35 kishidan iborat ishchi
guruh va har bir bo‘limini alohida tayyorlaydigan
kichik guruhlardan
iborat komissiyalar tashkil etildi.
Ishchi
guruh
va
komissiyalar
1991-yilni
oktyabrida
Konstitutsiyaning birinchi, 1992-yilni bahorida ikkinchi nusxasini
tayyorladi va shu nusxasi 1992-yilni 26-sentabrida umumxalq
muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Joylardan tushgan minglab
takliflar o‘rganib chiqilib, noyabr oyida ikkinchi marta matbuotda bosib
chiqildi.
Tuzatishlar va aniqlashlardan keyin mustaqil O‘zbekiston
Respublikasining Asosiy Qonuni 1992-yili 8-dekabrda O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida qabul qilindi.
Mustaqillik Konstitutsiyasi muqaddima, olti bo‘lim, 26 bob, 128
moddadan iborat bo‘ldi. Birinchi bo‘limda
Konstitutsiyaning asosiy
prinsiplari bayon etilib, unda Davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi,
Konstitutsiya va qonunning ustunligi, tashqi siyosatning bosh
yo‘nalishlari o‘z ifodasini topdi. Asosiy Qonunning Ikkinchi bo‘limi 35
moddadan iborat bo‘lib, Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari,
425
erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan. Bunda, O‘zbekiston
Respublikasining barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklariga ega
ekanligi,
O‘zbekistonning
butun
hududida
yagona
fuqarolik
o‘rnatilganligi, fuqarolarning shaxsiy
huquqlari va erkinliklari, vijdon
erkinligi va uning kafolatlanishi yoritilgan. Insonning davlat va jamiyat
ishlarini boshqarishga bevosita hamda o‘z vakillari orqali qatnashishlari,
siyosiy partiyalar va harakatlarga qo‘shilish huquqlari ta’kidlab
ko‘rsatilgan.
Asosiy Qonunda fuqarolarning mulkdor bo‘lishi, mehnat qilish,
nafaqa olish, o‘z vaqtida dam olish, malakali tibbiy xizmatdan
foydalanish, bilim olish huquqlariga ega ekanligi aniq qilib bayon etilgan
va bu huquqlari va erkinliklari davlat tomonidan ta’minlanadi deb
taqqoslab qo‘yilgan. Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan
burchlarni, chunonchi,
qonunlarga rioya qilish, xalqimizning tarixiy,
ma’naviy meroslarini avaylab saqlash, atrof tabiiy muhitni asrash, soliqlar
va mahalliy yig‘imlarni o‘z vaqtida to‘lash, Vatanni himoya qilish kabi
burchlari majburiy ekanligi ta’kidlangan.
Konstitutsiyaning “Jamiyat va shaxs” bo‘limida O‘zbekiston
iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslanishi, uning negizini xilma-xil
mulk shakllarining teng huquqga ega ekanligiga kafolat berildi.
Ishbilarmonlik, tadbirkorlik va tashabbuskorlik harakatiga keng yo‘l ochib
berildi va mulkdorlar tabaqasini vujudga keltirish tamoyillari ishlab
chiqildi. Jamiyat ijtimoiy birlashmalari, oila va ommaviy axborot
vositalarining o‘rni aniq bayon etib berilgan.
O‘zbekiston
Respublikasining
ma’muriy-hududiy
tuzilishi,
O‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘zaro
munosabatlariga maxsus to‘rtinchi bo‘lim ajratilgan.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining
tashkil
etilishi beshinchi bo‘limda (50 modda) o‘z ifodasini topgan. Davlat va
hokimiyat organlari, Prezident, Vazirlar mahkamasining vakolatlari,
ularni shakllantirish yo‘llari aniq va ravshan bayon etilgan. Shu bilan
birga bu bo‘limda mahalliy hokimiyat organlari, sud va Prokuratura,
Davlat Mudofaasi masalalari o‘z ifodasini topgan.
Mustaqillik Konstitutsiyasining qabul qilinishi g‘oyat katta siyosiy,
huquqiy va xalqaro ahamiyatga ega bo‘ldi.
Asosiy Qonunimiz
mamlakatda demokratik tamoyillarni amalga oshirish, xalqimizni huquqiy
ma’naviy va mafkuraviy tarbiyalashda katta o‘rin tutmoqda.
Prezident
I.Karimovning
“O‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishiga
426
asosan Konstitutsiyaning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini o‘rganish, yosh
avlodning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini yuksaltirish, uning
mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish uchun 20 kishidan iborat maxsus
komissiya tuzildi. Prezidentimizning Asosiy Qonunni ”...bolalar
bog‘chasidan boshlab o‘rganishni, maktablarda darslik tariqasida
o‘qitishni, oliy o‘quv yurtlarida maxsus bir dars sifatida o‘rganishni
barcha mutasaddi rahbar va tashkilotlarga topshiriq tariqasidagi...”
ko‘rsatmasi butun Respublikada Mustaqillik Konstitutsiyasini tashviqot
va targ‘ibot qilishning dasturi bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: