405
hurfikrli kishilarni bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik haqidagi mahfiy
ko‘rsatmalar bejiz emas edi. 1985 yilda oliy o‘quv yurtlari soni 42 taga
yetdi.
1946-47 o‘quv yilida respublikada 4483 maktab bo‘lib, 212.000
o‘quvchi o‘qigan bo‘lsa, 1965-66 o‘quv yilida 9716 ga undagi o‘quvchilar
soni 2.476.000 kishiga yetdi. Oliy o‘quv yurtlarida talabalar soni 21.190
dan 168.800 taga yetdi. Bu miqdor “mahalliy millat yigit qizlari bilim
uchun emas, diplom uchun qiziqsin” degan
aqidaga asoslanganligini
ko‘rsatadi. Shunday bo‘lishiga qaramay O‘zbekistonliklarni, xususan
o‘zbeklarni ilmga chanqoqligi har qanday sun’iy to‘siqlarni yenga
boshladi.
O‘zbekistonda fan va texnikaning hamma sohalarida yirik olimlar
yetishtirilib, fan nomzodlarini va doktorlarini tayyorlash bo‘yicha sobiq
SSSRda oldingi qatorlarga chiqdi.
1950 yil O‘zbekistonda 1760 fan nomzodi 180 fan doktorlari ilmiy
ish olib bordi. 1965 yilda esa, fan nomzodlarining soni 4000 va fan
doktori 324 ga yetdi. 50-60 yillari Respublika
Fanlar Akademiyasining
olimlari ayniqsa matematika-mexnanika, tibbiyot,
energetika, qishloq
xo‘jaligi sohalarida ishlar olib bordi. Bir qancha ilmiy-tekshirish
institutlari travmatologiya va ortepediya, energetika, matematika,
onkologiya va radiologiya, O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash va elektrlashtirish, kibernetika va boshqa bir qancha
institutlar shu yillarda ishga tushirildi. Fanlar Akademiyasi qoshida
Falsafa va Huquq instituti tashkil etilib, Sharqshunoslik instituti
faoliyati
kengaytirildi.
50-yillardan boshlab respublikada ilmiy-tadqiqot ishlarida atom
quvvatidan foydalana boshladi. Dastlabki paytda atom quvvati Toshkent
va
Samarqand
Davlat
Universitetlari
laboratoryalaridan
Fanlar
akademiyasining fizika-texnika institutida, Politexnika va meditsina
institutlarida ishlatildi. Lekin texnika bazasi yetarli bo‘lmaganlikdan atom
quvvatidan foydalanish doirasi tor bo‘ldi. 1956-yil boshlarida
Toshkentdan 30 km yiroqda, 750 shtat birligida mo‘ljallangan
ilmiy-
tadqiqot yadro insituti va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan shaharcha
qurilib, 1958-yili ishga tushirildi. Uning birinchi direktori etib yirik fizik
olim, akademik Ubay Orifov tayinlandi.
1951-1954 yillari respublikada yana bir yirik ilmiy markaz bunyod
etildi. 80 gektar maydonda, ittifoqda yagona tibbiy sharoitda o‘sadigan,
Toshkent botanika bog‘i yaratildi. 1956-yili 5-noyabrda O‘rta Osiyoda
406
birinchi Toshkent telemarkazi ishga tushirildi. Keyinchalik 1962 yil
Urganchda, 1964-yil Nukusda ham televizon markazlar ish boshladi.
O‘zbekistonlik olimlarning bir qanchasi, ayniqsa tabiiy fanlar
sohasida, o‘zlarining ilmiy yutuqlari bilan nafaqat sobiq Ittifoq doirasida,
balki jahon miqyosida tan olindi
va yuqori darajadagi davlat
mukofotlariga sazovor bo‘ldilar. O‘zbek olimlaridan matematiklar-
T.N.Qori-Niyoziy,
T.A.Sarimsoqov,
S.X.Sirojiddinov,
fiziklar-
U.O.Orifov,S.A.Azimov,
ximiklar-O.S.Sodiqov,
S.YU.
Yunusov,
M.I.Nabiyev,
geologlar-X.M.Abdullayev,
I.X.Xamraboyev,
G.A.Mavlonov, biologlar- A.M.Muzaffarov, K.Z. Zokirov, T.Z.Zohidov,
texnika sohasida M.T.O‘razboyev, X.A.Rahmatullin, X.Fayziyev,
jamiyatshunoslik fani sohasida I.M.Mo‘minov, H.Sulaymonova,
YA.G‘.G‘ulomovlar shular jumlasidandir.
Respublika ziyolilari qatorida 125 mingdan ortiq oliy va o‘rta
maxsus ma’lumotga ega mutaxassislar bo‘lib, shulardan 25 mingdan
ko‘prog‘i muhandis va texniklar, 10 ming qishloq xo‘jalik mutaxassislari,
24 ming vrachlar va 60 mingdan ortiq o‘qituvchilar, yuzdan ortiq
yozuvchi, shoir, dramaturglar, rassomlar uyushmasida 105 kishi,
kompozitorlar uyushmasida 26 nafar a’zolari bor edi. 1956 yilning
oxirlarida respublika ziyolilarini birinchi qurultoyi bo‘lib o‘tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: