16 mavzu. Urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonning iqtisodiy
va madaniy hayoti. Iqtisodiy va ma’naviy qaramlikning
oqibatlari
Urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy-
siyosiy hayoti
Urushdan keyingi yillarda O‘zbekiston xalq xo‘jaligining
tinch qurilishga o‘tishi murakkab xalqaro vaziyatda kechdi. Urush davrida
umumiy dushman fashizmga qarshi kurash antifashist davlatlar va
xalqlarni birlashtirgan bo‘lsa, urush tugagandan keyin bu ittifoqdagi
davlatlar orasida ajralish yuz berdi va ikki o‘rtada sovuq urushlar
munosabati boshlanib ketdi.
Urushdan so‘ng fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga katta hissa
qo‘shgan O‘zbekiston xalqlari oldida harbiylashgan xalq xo‘jaligini tinch
qurilish yo‘liga solish, uni urushdan oldingi darajaga yetkazish va
rivojlantirish kabi murakkab vazifalar turardi.
394
Urush davridagi harbiy-iqtisodiy hamkorlik tajribasi urushdan
keyingi vayron bo‘lgan iqtisodiyotni tiklash va rivojlantirishda ham g‘arb
davlatlari bilan hamkorlik qilish zarurligini ko‘rsatdi. Lekin haddan
tashqari
mafkuralashgan
sovet
tizimi
Respublikalarni
xorijiy
mamlakatlardan “temir qo‘rg‘on” bilan ajratib, mamlakatni ortiqcha
qiyinchiliklar va qurbonga mahkum etdi. Sobiq Ittifoq boshqa
mamlakatlardagi tiklanishning ilg‘or tajribalaridan, chet el sarmoyalaridan
foydalanishni istamadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov
II jahon urushida vayron bo‘lgan Yevropa, Yaponiya, Janubiy Koreya
mamlakatlari birinchi navbatda, albatta, “o‘z kuchiga tayanib, o‘z
imkoniyatlariga suyanib yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarildi”,-deydi.
Lekin, ularning bu yutuqlarida chetdan kelgan sarmoyalar ham katta o‘rin
egallagan. Amerika Qo‘shma Shtatlarida qabul qilingan “Marshall plani”
asosida ajratilgan taxminan 50 mlrd. dollar Yevropa mamlakatlarining
iqtisodini o‘nglab, hayot darajasini ko‘tarishga, ilg‘or texnologiyalarni
joriy etishda hal qiluvchi kuch bo‘ldi. Sovet davlatining g‘oyat
mafkuralashgan iqtisodiy siyosati esa yakkalanib qoldi va bu
xalqimizning boshiga ortiqcha kulfat olib keldi.
O‘zbekiston urushdan keyingi yillarda o‘z xalqining arzon
kuchidan, boy xom-ashyo manbalaridan cheksiz ravishda foydalanishiga
asoslangan, kompartiya chizib bergan besh yillik rejalarni bajarishga
kirishdi. Bir tomonlama, Markaz manfaatiga bo‘ysundirilgan Respublika
iqtisodiyotini
urushdan
oldingi
darajaga
yetkazish
va
yanada
rivojlantirishga
qaratilgan
vazifani
bajarishda o‘zbek xalqining
mehnatsevarligi, sabr-toqatli va tinchliksevarligi kabi fazilatlardan
foydalanildi.
Iqtisodiyot oldiga qo‘yilgan eng muhim vazifalar O‘zbekiston SSR
Oliy Kengashining 1946 yil avgustida chaqirilgan 8-sessiyasida qabul
qilingan 1946-1950 yillarga mo‘ljallangan rejada belgilandi. Bunga ko‘ra,
xalq xo‘jaligining barcha sohalariga 3 mlrd. 900 mln. so‘m kapital
mablag‘
ajratildi.
Sanoatni
rivojlantirish
ishlari
jumhuriyat
iqtisodiyotining yetakchi sohasi paxtachilikni rivojlantirishga qaratildi.
Elektr quvvati ishlab chiqarishga alohida e’tibor berildi. 5 yilda 8 ta yirik
va o‘rta hajmdagi elektrostansiyalar, shu jumladan 300 000 kv. soat
kuchga ega bo‘lgan Farhod suv elektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu
stansiya
sobiq
ittifoqda
uchinchi o‘rinda bo‘lib, urushgacha
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan elektr quvvatiga teng quvvat beradigan
bo‘ldi.
395
Qisqa davr oralig‘ida, 20-30 yillardagi “sotsializm qurish” azoblari,
ayniqsa ikkinchi jahon urush davri qiyinchiliklarini, mashaqqatlarini
boshdan kechirgan O‘zbekiston xalqi iqtisodni tiklash va rivojlantirish
yo‘lida ham hormay-tolmay mehnat qildi. Besh yilda sanoat
mahsulotining yalpi hajmi 71 foizga ko‘paydi, bu urushdan oldingi
darajadan 1,9 barobar ko‘p edi. Sanoatning xalq xo‘jaligidagi salmog‘i
47,7 foizni tashkil qilgan edi. Shu yillarda Farhod, Oqqovoq-2, Bo‘zsuv-2
elektrostansiyalari, jami 150 ta yangi sanoat korxonalari ishga tushirildi.
O‘zbekistonning kelajakdagi taraqqiyoti rejalari Ittifoq markazida
ishlab chiqarilib, aksariyat hollarda mahalliy sharoit, ijtimoiy ahvol
hisobga olinmasdan iqtisodni bir tomonlama, ya’ni o‘lkani xom-ashyo
bazasi sifatida saqlab qolishga qaratildi. Sanoat, xalq xo‘jaligining deyarli
barcha tarmoqlari paxtachilikni rivojlantirishga bo‘ysundirildi. Sovet
hukumatining 1946 yil 2 fevraldagi O‘zbekistonda paxtachilikni tiklash va
yanada rivojlantirish choralari to‘g‘risidagi qarori O‘zbekistonda paxta
yakkahokimligini kuchaytirish uchun asos bo‘ldi.
Iqtisodiyotni tiklash ishlari qishloq xo‘jaligida ayniqsa paxtachilikda
qiyinchilik bilan o‘tdi. O‘zbekistonda paxtachilikni rivojlantirish
to‘g‘risida sovet hukumatining urushdan keyin qabul qilgan ijtimoiy-
siyosiy va iqtisodiy jihatdan asoslanmagan o‘nlab qarorlari izchillik bilan
amalga oshirilmadi, shuning uchun ham kutilgan natijalarni bermadi.
1947-1948 yillarda paxta tayyorlashning davlat rejasi bajarilmadi. 1949
yildan boshlab ahvol birmuncha o‘zgardi. 1950 yili 2 mln. 222 ming tonna
paxta yetkazib berildi, hosildorlik gektaridan 20,7 sentnerga yetdi. 1950
yildan paxtaning xarid narxi oshirilib, 1 tonnasiga 2200 so‘m ya’ni
avvalgidan ikki baravar ko‘p haq to‘landi. Lekin dehqonchilikning boshqa
sohalarida ekin maydonining qisqartirilganligi oqibatida g‘alla va
sabzavot tayyorlashda urushdan oldingi darajaga yetmadi.
Iqtisodni rejali ravishda rivojlantirish bilan bir qatorda ba’zi ijtimoiy
masalalarga ham e’tibor qilindi. Jumladan, ish haqi oshirildi, harbiy soliq,
kartochka tizimi bekor qilindi. Pul islohoti o‘tkazildi, qisqartirilgan ish
soati joriy etildi, kundalik iste’mol mahsulotlarining narxi arzonlashtirildi.
Bu tadbirlar pulning xarid quvvatini oshirish imkonini tug‘dirdi. Lekin
shunga qaramasdan narx navo hali ancha yuqori edi. 1950 yili
O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari 1940 yilga nisbatan deyarlik ikki
barobar qimmat edi.
Keng iste’mol mollarini ishlab chiqarish tobora kamaydi. Ular
asosan chetdan keltiriladigan bo‘ldi natijada Respublika aholisining yengil
sanoat, oziq-ovqat mollariga ehtiyoji kuchaydi.
396
Jumhuriyat aholisining uchdan ikki qismini tashkil qilgan qishloq
aholisining moddiy ahvoli achinarli edi. Ularning oylik daromadi o‘rtacha
20 so‘mni tashkil qilgan holda, bu ko‘rsatkich ishchilarda 64 so‘m edi.
Vaholanki, urushdan keyingi xo‘jalikni tiklash va rivojlantirishning asosiy
og‘irligi qishloq mehnatkashlari zimmasiga tushdi. O‘zining bog‘ va
mevalari bilan mashhur bo‘lgan O‘zbekiston aholisi haddan tashqari ko‘p
olinadigan soliq tufayli bog‘laridan voz kechdi. Chorvadorlar shu sababga
ko‘ra mol boqib foyda ko‘rmadi. Ahvol shu darajaga yetdiki, aholining
shaxsiy mollari soliq hisobiga davlat va jamoa xo‘jaliklari foydasiga
olindi. Sotishdan bosh tortganlar jinoiy javobgarlikka tortildi. Oqibatda
shaxsiy xo‘jaliklarda chorva mollarining soni keskin kamaydi. Bunday
zo‘ravonliklar urush oqibatlari, vaqtinchalik, o‘tkinchi holat deb
tushuntirildi.
50-60 yillarda qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirishga va shu asosda
paxta va g‘alla yetishtirishni ko‘paytirish choralari ko‘rildi. O‘zbekistonda
uch yil ichida (1953-1955 yy.) 130 ming gektar yangi yerlar ochildi. 1956
yili Mirzacho‘lning o‘zida sug‘oriladigan maydon 205.000 gektarga yetdi.
Shu yillarda Markaziy Farg‘onani o‘zlashtirish munosabati bilan
Katta Farg‘ona kanali qayta ta’mirlandi. Toshkent viloyatida Ohangaron
suv omborining 2-navbati, Yuqori Chirchiq suv tarmog‘i, Buxoro
viloyatida Quyimozor suv ombori, Sirdaryo viloyatidagi Janubiy
Mirzacho‘l magistral kanali qurilib foydalanishga topshirildi. 1960 yili
respublikada sug‘oriladigan yer maydoni 2.571 ming gektarga yetdi.
Paxtachilikni
rivojlantirish
uchun
mineral
o‘g‘itlardan
foydalanishga katta e’tibor qaratildi. Respublikada 1951 yilda 0,9 mln t.
mineral o‘g‘it ishlatilgan bo‘lsa, 1980 yilda uning miqdori 5 mln.
tonnadan oshib ketdi. G‘o‘za barglarini to‘kish va zararkunandalarga
qarshi kurashda ishlatilgan o‘ta zaharli ximikatlar (butifos, merkaptafos va
b.)dan haddan tashqari keng miqyosda foydalanish, aholi sog‘ligiga
keskin yomon ta’sir qildi.
Dunyo bo‘yicha pestitsidlar har bir kishiga 300 gr.dan, AQSh da
800 gr.dan to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, respublikaning paxta ekiladigan
hududlarida har bir kishiga 1989 yil 25-45 kg.dan to‘g‘ri keladi.
Respublika bo‘yicha bo‘lsa, bu har bir kishiga 7-8 kg.ni tashkil etdi.
Paxta xom-ashyosi yetishtirish 1946-1985 yillarda 5,5 barovar
ko‘paydi, paxta ekiladigan maydonlar 1 mln. ga. dan ortdi. 1966-1986
yillar maboynida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 45 mlrd. so‘m mablag‘
ajratilgan bo‘lib, shundan 17,1 mlrd. so‘mi sug‘orish tarmoqlariga
sarflandi. Shu davrda 1,5 mln. ga. yer o‘zlashtirildi. O‘zlashtirilgan
397
yerlarda yangi 160 ta sovxozlar tashkil etilgan bo‘lib, 20 yil davomida bu
yerlarda 10,4 mln tonna paxta xom ashyosi yetishtirildi.
Qishloq xo‘jaligining ekstensiv yo‘ldan rivojlantirilishi, totalitar
rejimning sug‘orish texnologiyasiga qo‘pol aralashuvi og‘ir ekologik va
boshqa turli noxush ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqardi.
1985 yilga keliboq respublikada 900 ta sug‘orish tarmog‘i 92 ming
gidrotexnik qurilmalar, 10 mlrd m
3
hajmda suv to‘playdigan 23 ta suv
omborlari mavjud edi. 70-80 yillarda suvning tabiiy muvozanatini
buzilishi yer, suv, hattoki havoning zaharlanishiga olib keldi.
Mavjud
suv
zahirasi
imkoniyatlaridan
ortiq
yerlarning
o‘zlashtirilishi, tog‘ yon bag‘irlariga ekin ekilishi, o‘rmonlarni
shafqatsizlik bilan kesilishi, daryo va ko‘l suvlarining ifloslanishi
hayvonot olamida halokatli o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Orol dengizi
yaqin o‘tmishda dunyodagi eng katta ko‘llardan hisoblanib, baliqchilik,
ovchilik, transport sohasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan edi. Biroq bir avlod
umri davomida bir dengiz quridi. Bir mustabid tuzum rahbariyatining
respublikadagi paxta yakka hokimligi siyosati, ma’muriy buyruqbozlikka
asoslangan iqtisodiyot, Orol atrofida favqulodda halokatli ekologik
xatarni keltirib chiqardi.
Orol dengizining qurishi 1960-70 yillarda yiliga-18 sm, 1971-1980
yillarda-53 sm, 1981-1985 yillarda-78 sm, 1985 yilga kelib esa-87 sm.ga
yetdi. 1961 yildan 1991 yilgacha dengiz haji 3 baravar qisqardi, dengiz
o‘z qirg‘og‘ida 75-80, ba’zi joylarda 100 km.ga chekindi. 1980 yillarning
boshida Orol dengiziga suv kelishi deyarli butunlay to‘xtab, nodir suv
makoni quriy boshladi. Bu yerlarda 2 mln. ga tuz va qumdan iborat
maydon ochilib qoldi.
Sanoat va qishloq xo‘jaligida yuzaki islohotlar xalqning turmush
ahvolida deyarli o‘zgarish yasamadi. Ayniqsa, sobiq ittifoqdagina emas,
balki mehnat sharoiti eng og‘ir bo‘lgan o‘zbek paxtakorlarining turmush
darajasi ayniqsa achinarli ahvolda bo‘ldi.
O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari “sotsializm uzil-kesil
g‘alaba qilgan” davrda aholining jon boshiga hisoblaganda quyidagicha
edi: go‘sht 29 kg, sut 150 litr, tuxum 78 dona, qand-shakar 21,2 kg,
kartoshka 28, sabzavot va poliz mahsulotlari 66 kilogramdan to‘g‘ri keldi.
Bu miqdor umumittifoq darajasidan ancha past edi. Qishloq aholisining
iste’mol darajasi bu o‘rta hisobdan ko‘ra yana ham achinarli edi.
Paxta yakkahokimligining kuchayishi qishloq xo‘jaligini boshqa
sohalarini qoloqlikka olib keldi, g‘alla, chorvachilik mahsulotlari,
sabzavot-mevaga aholining talabi qondirilmadi. Buning ustiga tomorqaga
398
nisbatan noto‘g‘ri siyosat olib borildi. 50-yillarning boshlarida respublika
rahbarlarining tashabbusi bilan sug‘oriladigan yerlarda tomorqa hajmi 25
sotihdan 13 sotihga tushirildi. Bu ko‘rsatkich joylardagi rahbarlarning
o‘zboshimchaligi bilan 10 sotihgacha, Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida
esa, hatto 6-8 sotihgacha kamayib ketdi. Bu holat respublika qishloq
aholisining turmush darajasini g‘oyat og‘ir qilib qo‘ydi.
1990 yil boshiga kelib respublikada 9 mln. yoki respublika
aholisining 45 foizi jon boshiga hisoblaganda oyiga 75 so‘mdan kamroq
daromadga ega edi. Bu esa kun kechirish uchun zarur bo‘lgan eng past
darajadagidan ham kamdir. 80-yillarda kundalik hayotda hammaga kerak
bo‘lgan mebel garnituri, xolodilnik, sifatli chang yutkich va boshqalarni
topish muammoga aylanib qoldi.
50-yillarda sanoat va qurilish, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi
tarqoqlikning respublika iqtisodini kompleks rivojlanishiga to‘sqinligi
yanada kuchaydi. Respublikaning sanoat va qurilish ishlari uchun huquqi
va ma’suliyati cheklanganligi sababli, 1953 yili respublika ixtiyoridagi
korxonalar jami sanoat mahsulotlarining 31 foizni ishlab chiqargan bo‘lsa,
ittifoqqa bo‘ysungan korxonalarga 69 foiz to‘g‘ri keldi. 1956 yilida esa
sanoat mahsulotlarining salmog‘i 55% foizga ko‘tarildi.
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda xatolarga ham yo‘l
qo‘yildi. Xususan Toshkent va Toshkent viloyatida yirik sanoat
korxonalari
qurilib,
sanoat
ishlab
chiqarish
joylashtirishda
nomutanosiblikni keltirib chiqardi. 1955 yil dekabrda O‘zbekiston
Kompartiyasining birinchi kotibi lavozimiga avval Vazirlar Kengashining
rayisi vazifasida ishlagan Nuriddin Muhiddinov saylandi.Shu davrdagi
ko‘plab ijobiy o‘zgarishlarda N.Muhiddinovning shaxsan hissasi katta
bo‘ldi. Uning tashabbusi bilan Markaz qaramog‘idagi yuzlab sanoat
korxonalari respublika ixtiyoriga o‘tkazildi. 1960 yillarda O‘zbekiston
sanoatida bir qancha o‘zgarishlar yuz berdi. 1959-65 yillar 450 dan ziyod
sanoat korxonalari (shundan 150 yirik) va sexlar ishga tushirildi. Toshkent
(birinchi navbati) Navoiy, Taxiatosh issiqlik elektrostansiyalari, gazli gaz
koni shular jumlasidandir.
1953 yili Setalontepa, 1955 yilda Jarqoq, 1956 yilda Gazli neft
konlarining ochilishi natijasida gaz sanoatining moddiy bazasi yaratildi.
1958-1960 yillarda Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent magistral gaz
quvuri qurilishi bilan respublika sanoat korxonalari, shahar va ayrim
qishloqlarni gazlashtirish boshlandi.
Respublika aholisining aksariyat ko‘pchiligi tabiiy gazga
muhtojligini qondirish va butun iqtisodiy ishlab chiqarishini gazlashtirish
399
asosida qayta qurish mumkin bo‘lgan sharoitda chetga tabiiy gazni olib
ketish avj oldi. O‘zbekiston tabiiy gazi sobiq ittifoqning Yevropa qismi,
Ural, Qozog‘iston, Tojikiston, Boltiq bo‘yi mamlakatlari va boshqa
mintaqalarga uzluksiz jo‘natib turildi. Vaholanki, tabiiy gaz yetishtirish
Respublikada yildan-yilga ortib bordi. Masalan, 1960 yilda 447 mln m
3
hajmda tabiiy gaz olingan bo‘lsa, 1970 yilga kelib bu miqdor 32 mlrd. m
3
ni tashkil qildi.
Rangli metallurgiya sanoati sohasida Ohangaron, Olmaliq havzasi
va Zarafshon tizma tog‘lar konlari o‘zlashtirildi.
Mashinasozlikning qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan sohasi 1959-
1965 yillarda 1952-58 yillarga nisbatan keskin oshib ketdi.
Sobiq SSSRning 50-60 yillarda fan-texnika sohasidagi erishgan
yutuqlarida O‘zbekistonning qo‘shgan hissasi katta bo‘ldi. Mahalliy
aholining mashaqqatli mehnati hisobiga yetishtirilgan qimmatbaho
mahsulotlari sovet mamlakatining iqtisodiy va harbiy kuch qudratini
oshirishga bo‘ysundirildi. Urushdan avvalgi yillarda ham, Farg‘ona
vodiysida uranning bir necha manbalari ochilgan bo‘lib, urushdan keyin
barcha uran konlari ittifoq ixtiyoriga o‘tkazilgan edi. 1948 yil yanvaridan
O‘rta Osiyodagi uran qidirish tashkilotlari yagona-Krasnogorskiy
ekspeditsiyasiga birlashdi. 1951 yil ana shu “10-korxona” deb nom olgan
tashkilot bazasida Krasnoxolm ekspeditsiyasi tuzilib, ittifoq geologiya
vazirligiga bo‘ysundirildi. Qizilqumda 50-60 yillarda jami 27 kompleks
uran konlari ochildi. Navoiy, Uchquduq, Zarafshon, Zafarobod, Nurobod
shaharlarida bir necha yuz kilometrni tashkil etgan temir yo‘l, avtomobil
yo‘llari qurildi.
Urushdan keyingi qiyin sharoitda transport qurilishiga alohida
e’tibor berildi. Amudaryoning chap qirg‘oqlari bo‘ylab 400 km masofaga
Chorjo‘y-Urganch temir yo‘li qurildi. Bu bilan Ashxobad, Samarqand,
Dushanbe, Toshkent va boshqa shaharlardan tovar, yo‘lovchi poyezdlari
Rossiya orqali Yevropa mamlakatlariga yo‘l oldi.
1966-1970 yillarda sanoatda zo‘raki jadallashtirish natijasida yangi (
oltin, uran, neft ishlab chiqaruvchi) sohalar rivojlandi. Respublikada
kimyo tolasi, organik sintez mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, boshqarishning butkul
markazlashtirilishi ko‘p o‘tmay samara bermay qo‘ydi. 70-yillardan
boshlab yildan-yilga sanoat va qishloq xo‘jalik rejalari bajarilmay qoldi.
70-80 yillarning birinchi yarmida xalq xo‘jaligini ishchi kadrlarga
bo‘lgan talabi ilmiy asoslangan tarzda o‘rganilmadi. Natijada kadrlar
tayyorlashni rejalashtirishda jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yildi, ba’zi
400
sohalarda keragidan ortiq ishchi kadrlar tayyorlandi, boshqa sohalarda,
ayniqsa texnika taraqqiyotini belgilaydigan tarmoqlarda mahalliy millat
vakillaridan ishchi kadrlar tanqisligi sezilib qoldi.
Ikkinchi jahon urushi O‘zbekiston aholisining soni va tarkibiga,
respublika iqtisodiy taraqqiyotiga nihoyatda salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Lekin, 1971 yildan - 1985 yillarga qadar O‘zbekiston xalq xo‘jaligida
ishchi va xizmatchilar soni 2641,5 mingdan 4833,5 ming nafarga
ko‘paydi. Biroq, bu o‘sish sun’iy ravishda, ya’ni respublikamizga
tashqaridan ko‘plab kishilarni ko‘chirib keltirish hisobiga ro‘y berdi.
Aholi tarkibida ishchilar soni anchagina o‘sganiga qaramay,
respublikamiz bu ko‘rsatkich bo‘yicha sobiq Ittifoq respublikalari ichida
1979 yilgi ma’lumotga ko‘ra, 13 o‘rinda turar edi. O‘zbekiston ishchilar
sinfining milliy salmog‘i jihatidan orqada qolmoqda edi. Masalan,
o‘zbeklar 1973-1983 yillarda sanoatda 51,1 foizni, qurilishda 46,5
transportda 38,6 aloqada-40,6 kimyo va neft kimyosida 24,9 foizni tashkil
qilar edi.
Toshkent shahrida 1985-1986 yillarda mehnat resurslari ortiqchaligi
200 ming kishi bo‘lishiga qaramay, respublikaga tashqaridan 125 mingga
yaqin ishchi va mutaxassislar jalb qilindi.
Shu bilan birgalikda ishlab chiqarishda band bo‘lmagan aholi soni
ortib bordi. Ularning soni 1983 yilda 836 ming nafarni tashkil qildi.
Sanoatning zamonaviy tarmoqlarida “o‘zbek xalqi go‘yo ishlashga
qodir emasligi” va shu munosabat bilan ko‘p yoshlar ishsiz yurganligi
haqida
asossiz
turli
mulohazalar
keng
tarqaldi.
Darhaqiqat
respublikamizda 80-yillar oxirida bir mln.ga yaqin ishsizlar bor edi.
Biroq, buning boisi ularning ishlash ishtiyoqi yo‘qligidan emas, balki
yuqorida ta’kidlanganidek, asosan markazning maxsus yo‘naltirilgan
siyosati tufayli va qolaversa ba’zi mahalliy mutasaddi rahbarlar
tomonidan ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning zamonaviy
usullari yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi, ularning ish joylari, turar joy,
bolalar bog‘chalari, hunar-texnika bilim yurtlari bilan ta’minlash imkonini
yetarlicha yarata olmaganidandir. O‘n yillar davomida mahalliy yoshlar
orasidan ishchi kadrlar tayyorlash bilan astoydil shug‘ullanish o‘rniga
milliy g‘ururi toptalgan holda Rossiya va Ukrainadan tayyor kadrlar
keltirish siyosatini ma’qul ko‘rdilar.
Respublika iqtisodiyotini ahvoli, jamiyatni boshqarish usullarini
qayta ko‘rib chiqishni, ularni yangi sharoitga moslashtirishni talab qilsa
ham O‘zkompartiya, uning qo‘mitalari, urush davrining ish tajribasini
401
davom ettirib, markazda va joylarda hokimiyatni o‘z qo‘lida mahkam
ushlab, ma’muriy buyruqbozlik tizimini yana ham kuchaytirdi.
Urushdan keyingi yillari partiya va hukumat rahbarligiga nazariy
jihatdan kam tayyorlangan, ish tajribasi yetarli bo‘lmagan xodimlar keldi.
Davlatni boshqaruv tizimida mahalliy xalq vakillari faqat 47 foizni tashkil
qildi. Partiyaga qabul qilishga yuzaki, to‘ralarcha yondashuv natijasida
qabul qilinganlarning ko‘pchiligini ishchi va dehqonlar tashkil qilib, ilg‘or
ziyolilar, malakali mutaxassislar rahbarlik ishlaridan chetlashtirildi.
O‘zbekiston SSR Oliy va mahalliy kengashlariga saylovlar yuzakilashib,
oldindan tuzilgan ro‘yxat va reja asosida deputatlikka nomzodlar
ko‘rsatildi. Saylovchilarning 99,9 foizi ovoz berishda qatnashib,
“yakdillik” bilan kommunistlarning vakillariga ovoz berdi. Bu qanchalik
haqiqatga to‘g‘ri keladi, tushunish qiyin emas. Sovetlar faoliyatida
yuzakichilik, qog‘ozbozlik kuchaydi. Oliy Savetning, ayniqsa mahalliy
sovetlarning sessiyalari vaqtida chaqirilmasdan undagi masalalar
ko‘pincha muhokama qilinmay yoki hurfikrliliksiz qabul qilinardi.
Saylangan sovetlar vazifasini uning ijroiya qo‘mitalari bajaradigan bo‘ldi.
Sovetlarga deputat bo‘lib saylanganlarning aksariyat qismi jamiyat
taraqqiyotining qonunlaridan xabarsiz, umuman hokimiyatni boshqarish
masalalari bilan qiziqmaydigan shaxslar edi. Ayniqsa oliy sovetlarga
saylangan deputatlar rus tilida olib borilgan sessiya majlislarida
respublika manfaatlarini himoya qiladigan darajada faoliyat ko‘rsata
olmasdi. Partiya va jamoat tashkilotlarining oliy organlariga a’zo bo‘lib
saylanganlar, bu tashkilotlarning anjumanlariga delegat bo‘lib borganlar
orasida ham o‘z vazifalarini tushunmaydigan, tushunsa ham uni ro‘yobga
chiqarishni bilmaydiganlar, loqaydlar ko‘pchilikni tashkil qilar edi.
Bunday deputatlar va delegatlar ichida Respublikamiz nomiga dog‘
tushirganlar ham oz bo‘lmadi.
Respublika Oliy Kengashining I chaqiriq deputatlaridan 158
deputat, II chaqiriq deputatlaridan esa 167 nafari qayta saylangan. Bular
Do'stlaringiz bilan baham: |