Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari


Ibtidoiy tasviriy san’at. Bronza davri yutuqlari



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

 
Ibtidoiy tasviriy san’at. Bronza davri yutuqlari 
Yozuv haqida yangi ma’lumotlar 
Dunyo tarixida ibtidoiy tasviriy san’at, xususan, g‘orlarning 
devorlariga turli tasvirlar tushirish so‘nggi paleolit davriga oiddir 
(Ispaniyadagi Altamir g‘ori). O‘rta Osiyoda ungurlar va qoyatoshlarga 
ishlangan rasmlar mezolit davrida paydo bo‘ladi. Neolit davriga kelib, bu 
san’at yangi asosda rivojlanish bosqichiga o‘tadi. Kaltaminor, Hisor, 
ayniqsa, Joytun madaniyatiga mansub yodgorliklardan ibtidoiy san’atning 
namunalari topilgan. O‘tmish tariximizning xilma-xil yodgorliklari 
orasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va O‘rta Osiyoning tog‘lik 
tumanlarida keng tarqalgan qoyatosh rasmlari ishlanish usuliga ko‘ra ikki 


32 
xildir. Bir xillari bo‘yoq (oxra) bilan, ikkinchi xillari esa-urib-o‘yib 
ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan rasmlar (petrogliflar) keng 
tarqalgan. 
O‘lkamizdagi qoyatosh rasmlarning eng nodir namunalari 
Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Ko‘ksaroy, Takatosh, Teraklisoy 
kabilar bo‘lib, ular yuzdan ziyoddir. Mazkur joylardagi qoyatoshlarda 
O‘zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami vakillarining 
rasmlarini kuzatish mumkin. Ular buqalar, sherlar va yo‘lbarslar, qoplon, 
tulki va bo‘rilar, bug‘u va jayronlar kabilardir. Rasmlar orasida o‘q-yoy, 
qopqon kabi narsalar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Mavjud qoyatosh 
rasmlari mazmunan boy va manzarasi jihatdan xilma-xildir. Unda 
odamlar, ov, yirtqich hayvonlar to‘qnashuvlari manzaralari tasvirlangan. 
Respublikamizdagi eng qadimgi rasmlar 
Zarautsoyda
bo‘lib 
(Surxondaryo), bu rasmlar mezolit-neolit, ya’ni, mil.avv. VIII-IV ming 
yilliklarga oiddir. Qoyatosh rasmlari orqali o‘sha davr odamlarining ov, 
mehnat va jangovar qurollarini bilib olishimiz mumkin. Shuningdek, 
qoyatosh rasmlar qadimgi avlodlarimizning g‘oyaviy qarashlari va diniy 
e’tiqodlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga egadir. Undan tashqari, 
qoyatosh suratlari mazmun va manzaralarining boyligi bilan ajralib turadi 
va ular keng tarqaladi. Ushbu suratlar ishlanish uslubi xilma-xil bo‘lib, 
arxeologik yodgorliklarning bir turi hisoblanadi. Ularning mazmun va 
manzarasi ma’nosidan kelib chiqib, ibtidoiy yoki qadimgi davr 
kishilarining xo‘jalik hayoti haqida, hayvonlarni ov qilish, qo‘lga 
o‘rgatish va xonakilashtirish, chorvachilikni paydo bo‘lishi haqida 
ma’lum tasavvurlarga ega bo‘lishimiz mumkin. Ayni paytda qoyatosh 
rasmlari o‘ziga xos san’at asari bo‘lib, ular orqali biz ibtidoiy va qadimgi 
odamlarning san’ati, estetik iste’dodi o‘sha davr nuqtai nazaridan yuqori 
darajada bo‘lganligini bilib olishimiz mumkin. 
Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikriga qaraganda, bronzaning vatani 
Kichik Osiyo va Mesopotamiya bo‘lgan. Qadimgi Misr, Mesopotamiya, 
Kichik Osiyo va Eronning janubi-g‘arbida mil avv. III- II ming yillikning 
boshlarida rivojlangan jamiyat keng ravnaq topadi. O‘rta Osiyoda 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish