Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari


-Mavzu. 20-30 yillarda sovet hokimiyatining O‘zbekistonda



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

 
14-Mavzu. 20-30 yillarda sovet hokimiyatining O‘zbekistonda 
yuritgan iqtisodiy va madaniy siyosati, uning mustamlakachilik 
mohiyati. Siyosiy qatag‘onlik.
O`zbekistonda sovet hokimiyatining iqtisodiy va ijtimoiy
siyosati mohiyati 
 
20-yillar tariximizga o`ta murakkab va ziddiyatli, turli ijtimoiy 
guruh va kuchlar siyosiy qarama-qarshiligi avj olgan, Turkistonda 
Markazning imperiyacha munosabatlar mustahkamlanayotgan, o`lkadagi 
ochlik, iqtisodiy tanglik, vayronaga aylangan sanoat, transport, qishloq 
xo`jaligini tiklash, ya’ni sho`rolarning “tinch sotsialistik qurilish” yo`liga 
o`tish davri bo`lib kiradi. Ushbu davrdagi eng dolzarb masalalardan biri 
bu- hokimiyat masalasi edi. Milliy muxolif kuchlar esa hokimiyat 
masalasini birinchi navbatda xalqning o`z taqdirini o`zi belgilashda 
ko`rishar edi. Sanoat va qishloq xo`jaligining inqirozi, ochlik, inqilobcha 
zo`ravonlikning kuchayishi mahalliy xalq milliy manfaatlarining 


339 
ochiqdan-ochiq inkor etilishi Turkistondagi turli ijtimoiy qatlamlar 
orasida sovet hokimiyatiga nisbatan ishonchsizlik va norozilikni keltirib 
chiqarmoqda edi. Aholining aksariyati sovet hokimiyatini qizil 
armiyachilarning quroli yordamida zo`rlik bilan olib kirilgan hokimiyat 
sifatida tan olmas, ular tashkil etayotgan sovetlar va ularning ijroiya 
qo`mitalari tub aholi orasida obro`ga ega emasligi sovet tuzilmalariga 
qarshi chiqishlarni keltirib chiqarmoqda edi.
Kommunistik partiya o`zining siyosiy pozisiyalari hamda sovet 
davlat tuzumini mustahkamlash bilan birga sovetlarning ijroiya 
qo‘mitalarini qaytadan tiklash ishlarini olib bordi. Ushbu tartib joylarda 
o`lkaning ijtimoiy-siyosiy hayotida demokratik jarayonlarni kengaytirish, 
xalq hokimiyatini tiklash shiorlari ostida o‘tdi. Ammo, tarix ko`rsatib 
turganidek, aslida bu jarayon tashviqot-mafkuraviy xarakterda bo`lib, 
jamiyat va davlat boshqaruvida keng xalq ommasining ishtirokini 
ko`rsatishdek tuyulardi. Lekin haqiqatda bunday emas edi. Ko`p joylarda 
mahalliy aholi saylash huquqidan mahrum edi. Masalan, “BXSRda sud 
qurilishi haqida nizom”ning xalq maslahatchilarini saylash tartibi haqidagi 
3-bob 
20-moddasida 
ko`rsatilishicha, 
taqsimot 
taxminan 
maslahatchilarning 25% ishchilardan, 50% qishloqlar va kentlardan, ya’ni 
dehqonlar va 25% harbiy qismlardan bo`lishi hisobida edi. Bolsheviklar 
keng huquqlar va imtiyozlar bergan ishchi va soldatlarning mutlaqo 
ko`pchilik qismi ruslar bo`lib, oqibatda, rahbar lavozimlarning aksariyati 
ulardan tashkil topgan, milliy ziyolilarning asosiy qismi esa saylov 
huquqidan umuman mahrum qilingan, bu erda ziyoli tabaqa umuman odil 
sudlovga yaqinlashtirilmagan. 1923 yilda Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona 
viloyatlarida saylovga xalq sud’yasi va 46624 ta xalq maslahatchilarining 
tarkibi 73,5% ishchi, 19% dehqon va 7,5% qizil askarlardan iborat. 
Bundan ko`rinib turibdiki, xalqni himoya qilishi kerak bo`lgan sudga 
birorta mutaxassis yaqinlashtirilmay, faqat bolsheviklarning siyosatini 
to`g‘ri, degan kishilar kirgizilgan. TASSRda esa 1920 yilda aholining 93-
97 %ni musulmon aholisi, 3-7 %ni ruslar tashkil qilgani holda, xalq 
sud’yalarining 48%ni ruslar, 52%ni musulmonlar, sud hay’ati a’zolarining 
75%ni ruslar, 25%ni musulmonlar tashkil etgan. 
Sovet hukumati mahalliy aholiga nisbatan bepisand bo‘lib, aksariyat 
tarzda ham unga ishonmas edi. Shuning uchun ham u o`z siyosiy 
tuzilmalariga milliy xodimlarni nihoyatda kam jalb qilgan edi.
Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish